Imtiyozli kredit olish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan tijorat banklariga taqdim etiladigan hujjatlar: Kredit olish to‘g‘risidagi ariza.
Korxonaning nizomi, ta’sis hujjatlari va guvohnomasi (nusxa).
Hisobot yili uchun korxonaning buxgalteriya balansi va moliyaviy hisoboti (nusxa).
Tovarlar, xizmatlami xarid qilish bo‘yicha xorijiy hamkor bilan imzolangan kontrakt (nusxa).
Xarid qilinadigan tovar, xizmatlar yetkazib berish bo‘yicha kamida 3 ta firma yoki kompaniyadan olingan tijorat takliflari.
Loyihaning Biznes-rejasi.
Loyihaning ekologik ekspertizasi bo‘yicha xulosa (viloyat tabiatni muhofaza qilish boshqarmasining xulosasi; lozim hollarda (atrof-muhitga yuqori darajada ta’sir ko'rsatuvchi loyihalar uchun) respublika tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xulosasi).
Garov ta’minoti bo'yicha tegishli hujjatlar (kredit summasidan 125% dan kam bo'lmagan miqdorda).
3-ilova Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “O'zbekiston Respublikasida chorvachilik tarmog'ini rivojlantirish” loyihasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “O'zbekiston Respublikasida chorvachilik tarmog'ini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi PQ-3283-sonli qarori mazkur Loyihani amalga oshirish uchun me’yoriy-huquqiy asos hisoblanadi.
Loyihaning asosiy shartlari: * Loyihaning maqsadlari: