Quritilgan sabzavotlarning tavsifi.
Kartoshka, sabzi, lavlagi, oq ildizlar, karam, piyoz va boshqa sabzavotlar quritiladi.
Quritilgan sabzavotlarning kimyoviy tarkibi. (Ye.N.Volkov ma‘lumoti)
Mahsulotning nomi
|
Quruq modda
|
Oqsil |
Uglevod
|
Kaloriyasi
100 g mahsulot
uchun, kkal
|
Kartoshka
Sabzi
Lavlagi
Karam
Piyoz
Ko’k no’xat
|
89,0
86,0
86,0
88,0
88,0
88.4
|
5,25
7,44
7,36
12,64
11,64
20,56
|
71,73
52,96
54,32
39,61
52,96
43,27
|
315,6
247,6
252,9
214,2
265,7
261,7
|
Quritilgan kartoshka xo’raki kartoshka navlaridan olinadi. Quritish oldidan tugunaklar yuviladi, po’chog’i archiladi, uzunchoq, parrak, kubik qilib to’g’raladi, keyin bug’lanadi, sovitiladi va tarkibida 12 % nam qolguncha 75-80°S li haroratdagi quritkichlarda quritiladi. Sifatiga ko’ra quritilgan kartoshka 1– va 2– navlarga bo’linadi.
Quritilgan kartoshka turli tusdagi sarg’ish rangli, uzunchoq, to’g’rami qattiq, buksa sinadigan bo’lishi kerak. Navi qandayligiga qarab norma doirasida muayyan miqdorda maydalanib ketganlari, qovurilib qolgan zarrachalari, shuningdek dog’ tushgan zarrachalar bo’lishi mumkin.
Quritilgan ildizmevalar lavlagidan, sabzi va oq ildizlardan tayyorlanadi. Quritishdan oldin ularning po’chog’i archiladi, payraxa yoki ugra tarzida to’g’raladi, bug’lanadi (oq ildizlardan tashqari) va tarkibida 12 % gacha nam qolguncha quritiladi.
Quritilgan ildizmevalar 1– va 2– nav qilib chiqariladi. Ularning ranggi tabiiy ranglariga yaqin, konsistentsiyasi ─ salgina mo’rtroq elastik bo’lishi kerak. Navga baho berayotganda maydasi, qovurilib ketgan qirindisi qanchaligi hisobga olinadi.
Quritilgan karam oq karamdan va rangli karamdan olinadi. Bir xil payraxasimon to’g’ralgan oq karamni oldin bug’lanadi, keyin esa tarkibida 14 % nam qolguncha quritiladi.
Quritilgan karam 1– va 2– navlarga bo’linadi. U bir tekis to’g’ralgan, och–sariq rangli, yashilroq tusi bo’lishi mumkin. Rangli karam rangi oq, konsistentsiyasi qayishqoq bo’lishi kerak.
Boshpiyozning achchiq va nimachchiq navlari quritiladi. Piyozbosh archilgandan so’ng yaproq, halqa qilib to’g’raladida, tarkibida 14 % nam qolguncha quritiladi. Quritilgan piyoz 1– va 2– nav qilib chiqariladi. Rangi och–sariq yoki pushtiroq–binafsha, yashilroq tusli bo’lishi ham mumkin.
2– nav quritilgan piyozda jigar rangliroq tus bo’lishi ham, qovurilib ketgan va qora nuqtalar tushganlari bo’lishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |