Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, o’zlashtirish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga keldaigan munosabatlar;
Renta munosabatlari – yerdan foydalanish natijasida vujudga kelaigan qo’shimcha sof daromadni taqimlash va o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga keladigan munosabatlar ;
Differentsial renta – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;
Differentsial renta I – yerlarning tabiiy unumdorligidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;
Differentsial renta II – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;
Absolyut renta – qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdari yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta;
Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo’lib, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta;