1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Qalami gul shakllari bilan tanishish, qorako‘l terilarning barra tiplarini va gul xususiyatlarini o‘rganish.
Darsning maqsadi – qorako‘l terisidagi qalami gul shakllari bilan tanishish, qorako‘l terilarning barra tiplarini va gul xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
Dars uchun kerakli jihozlar:har xil barra tiplariga xos qo‘zi terilari, albomlar.
Darsning mazmuni:Qalam gullar. Gulning enidan uzunligi xar doim ortiq bo‘ladi, jingalaklangan jun tolalarining uzunligi o‘qi esa teri satxiga yondosh joylashgan.
YArim doira normal qalam gullar.Bunday gullarning kengligi balandligi bilan teng bo‘ladi. Bu xil qalam gullar odatda to‘liq jingalaklangan bo‘lib, gulning usti tekis, tolalari chambarak shaklida egilgandir. YArim doira normal qalam gullarning ochiq tomonyjo‘pincha qo‘zining boshiga qaragan bo‘ladi.
YArim doira qalam gulli qo‘zilar zotda etakchi tip bo‘lgan jaket barra tipiga, terilari esa eng qimmatli xisoblangan jaket barra gruppasiga kiritiladi.
YAssi qalam gullar. Bu gullarning yarim doira qalam gullardan farqi shundaki, ularning eni balandligidan ancha ortiq, gullar orasidagi choklari juda tor yoki u butunlay bo‘lmaydi. Gullarning kengligi o‘rtacha 8,8 mm, balandligi 2,2 mm bo‘ladi. YOki boshqacha qilib aytganda, yassi qalam gullarning eni balandligidan uch barobardan xam ortiqdir. Gulni xosil qiluvchi jun tolalarining uzunligi yarim doira qalam gullarnikiga nisbatan ancha qisqa bo‘lib o‘rtacha 7,7 mm ni tashkil qiladi.
Qovurg‘asimon qalam gullar. Bu xildagi qalam gullarning sirtida qovurg‘aning qirrasiga o‘xshash ikkita qirra mavjuddir. Qovurg‘asimon qalam gullarni xosil qiluvchi jun tolalari doira shaklidagi chambarak bo‘lib egilmasdan, ikki joydag sinib, qirrali o‘roqsimon jingalaklangan bo‘ladi.Qovurg‘asimon qalam gullarning eni 7,7 mm (4 mm dan 12 mm gacha), balandligi 5,6 mm (3 mm dan 9 mm gacha) ga tengdir. Gullar orasidagi choklarning kengligi 1-3 mm ni tashkil qiladi. Qovurg‘asimon qalam gullarni xosil qiluvchi jun tolalarining uzunligi 9,2 mm (6 mm dan 14 mm gacha) bo‘ladi.
YOl gullar. Bunday gulni hosil qiluvchi jun tolalari gulning urta qismida ikki qarama-qarshi tomoniga o‘tkir burchak bo‘ylab tarqalgan bo‘ladi. YOl gullarning o‘rta qirrasidan chiziq o‘tkazilganda uning ikki tomoni teng bo‘lsa "simmetrik", bir tomoni kengroq, ikkinchi tomoni tor bulsa -"anmetrik" yol gul deyiladi. YOl gullar tashqi kurinishga qarab keng, tor va qisqa yol gullarga bulinadi.