2.3.
End Devices guruhidan Server-PT (server namunasi) tanlang va uni ham
ishchi sohaga joylashtiring
3.
Ishchi maydonga joylashtirilgan qurilmalarni bir biri bilan bog„lang:
3.1.
Connections (bog„lanish) guruhini tanlang.
3.2.
Connections guruhidan Automatically Choose Connection Type (bog„lanish
turini avtomatik tanlash) piktogramasini sichqoncha chap tugmasi orqali
chertib, qurilmalarni 1.14-rasmda ko„rsatilgandek bog„lang, dastlab
sichqoncha chap tugmasi orqali birinchisi, so„ng ikkichisi tanlanadi.
4.
PC0 kompyuterini sozlang:
4.1.
Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini kompyuter piktogrammasiga
chertish orqali PC0
shaxsiy kompyuterini tanlang, shundan so„ng ekranda
tanlangan qurilma parametrlarini sozlash oynasi hosil bo„ladi.
4.2.
Shaxsiy kompyuterda Ethernet-bog„lanish parametrlarini sozlash uchun
Config bo„limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.
4.3.
FastEthernet bog„lanishi uchun Static punktiga belgi qo„yib, statik IP
konfiguratsiyalarini tanlang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni
belgilang (1.15-rasm).
4.4.
PC0 shaxsiy kompyuter parametrlari oynasini yoping.
1.15-rasm. PC0 kompyuterida FastEthernet interfeysi parametrlarini sozlash.
1.
Server0 serverini sozlang:
1.1.
Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini server piktogrammasiga chertish
orqali Server0
serverini tanlang, shundan so„ng ekranda tanlangan qurilma
parametrlarini sozlash oynasi hosil bo„ladi.
1.2.
Server0 oynasidan Config bo„limini tanlang va FastEthernet tugmasini
bosing.
1.3.
FastEthernet bog„lanishi uchun statik IP konfiguratsiyasini tanlang,
192.168.1.2 manzil va 255.255.255.0 niqobni belgilang (1.15-rasm).
1.4.
Server0 oynasini yoping.
2.
Qurilma parametrlari sozlamalari to„g„riligini nazorat qiling:
2.1.
“Kattalashtiruvchi lupa” uskunasini tanlash uchun o„ng tomondagi uskunalar
panelidan Inspect tugmasini bosing.
2.2.
Lupani PC0 usiga olib boring vas hu holatda bir necha sekund ushlab turing.
Shundan so„ng ekranda kompyuter IP-manzilini
aks ettirivchi oyna hosil
bo„ladi.
2.3.
Lupani Server0 usiga olib boring va shu holatda bir necha sekund ushlab
turing. Shundan so„ng ekranda server IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil
bo„ladi.
3.
O„ng tomondagi uskunalar panelidan Select tugmasini bosib,
qurilmalarni
tanlash rejimiga o„ting.
4.
Bog„lanish kabellar oxiridagi indikator-nuqtalarning holatini tekshiring. Bu
nuqtalar tarmoq adapterining yorug„lik diodlari ishini akslantiradi, agar
kompyuter va server o„trasida bog„lanish o„rnatilgan bo„lsa ular yashil rangda
bo„ladi. Agar kabel oxiridagi nuqtalar qizil rangda bo„lsa, demak bog„lanish
mavjud emas va tarmoq adapterlari parametrlarining sozlamalari to„g„riligini
tekshirish lozim bo„ladi.
5.
Ishchi sohadan PC0 shaxsiy kompyuterini sichqoncha chap tugmasi
yordamida tanlang.
6.
Tarmoq holatini TCP/IP protokollari steki diagnostic utilitasi yordamida
tekshiring.
6.1.
PC0 oynasida Desktop bo„limiga o„ting.
6.2.
Desktop bo„limidan Command Prompt tugmasini bosing.
6.3.
Dostları ilə paylaş: