Tarmoqqa ishchi stansiya sifatida bog„lanadigan shaxsiy kompyuter (PC)
uchun qo„llanilgan shartli belgi 1.3-rasmda ko„rsatilgan.
1.3-rasm.
Shaxsiy kompyuter shartli belgisi
Server –
bu ish stantsiyalarini muvofiqlashtirish va texnik xizmat ko'rsatish
va resurslarni taqsimlash bo'yicha umumiy funktsiyalarni bajaradigan kuchli,
yuqori unumdorlikka ega kompyuter. Serverning shartli belgisi 1.4-rasmda
ko„rsatilgan.
1.4-rasm. Serverning shartli belgisi.
Konsentrator
(Hub) – bir nechta Ehernet qurilmalarini umumiy segmentga
birlashtirish uchun mo„ljallangan tarmoq qurilmasi.
Konsentratorning shartli
belgisi 1.5-rasmda ko„rsatilgan.
1.5-rasm. Konsentratorning shartli belgisi.
Ko‘prik
(Bridge) – portlaridan biriga tarmoq orqali kelgan signalni barcha
aktiv portlarida takrorlaydi. Ko„prik kolleziyalarning
cheklangan domenini
ta‟minlaydi. Ko„prikning shartli belgisi 1.6-rasmda ko„rsatilgan.
1.6-rasm. Ko‘prikning shartli belgisi.
Kommutator
(Switch) – kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini bir
segment chegarasida bog„lash uchun mo„ljallangan tarmoq qurilmasi. Bir portiga
ulangan qurilma trafigini qolgan barcha qurilmalarga tarqatadigan konsentratordan
farqli, kommutator ma‟lumotni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Kommutatorning
shartli belgisi 1.7-rasmda ko„rsatilgan.