Hozirgi Termizdagi Qora-tepa, Fayoz-tepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O’rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg’ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan.

Xristianlik buddizm va islom dinlari qatorida jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ushbu din taravdorlarining miqdori boshqa dinlarga qaraganda eng ko’p bo’lib, bu ko’rsatkich dunyo aholisining deyarli uchdan birini (220 mamlakatda 2,4 mlrdni ) tashkil etadi. Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Falastin erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. YAngi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq.