Iso nomiga qo’shiluvchi “Masih” so’zi qadimiy yahudiy tili – ivritdagi meshiax so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. YUnon tilida bu so’z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i – «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniya deb ham ataganlar. Keyinchalik bu nom nasroniya shaklini olgan.

Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvchisi apostollar – havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «YAngi Ahd» qismini tashkil etadi. Xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. SHu bois xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.