. Xristianlikning ham zardushtiylik, buddizm kabi O’rta Osiyo xalqlari tarixida o’ziga xos o’rni bor. Bu din O’rta Osiyoga, xususan, O’zbekistonga ikki yo’l bilan kirib kelgan: bunga, bir tomondan, xristianlikka da’vat etuvchi missionerlarning targ’ibotchilik faoliyati, ikkinchi tomondan, O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining bu hududga ko’plab ko’chib kelishi sabab bo’ldi. Bu din missionerlari O’rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Taroz (Merke) cherkovlari qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida episkoplik va missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar tashkil bo’lgan. Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lganlar. Ular Sosoniylar va Qoraxitoylarga qarashli erlarda yashaganlar.