Markaziy Osiyo hududida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo’lgan. XIX asrning 70-yillari O’rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladilar. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar, masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo’ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi.

Rossiya armiyasi tomonidan Birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g’arbiy evropalik askarlarning Turkiston o’lkasiga surgun qilinishi ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo’ldi. Bu, o’z navbatida, evropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30-yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav yoki 5340 masjidga 306 cherkov to’g’ri kelgan. Bundan tashqari, e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 26 ming yahudiy diniga va 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar bo’lgan. Pravoslav yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent) eparxiyasini ochishga qaror qilindi.