1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 5


Maktabgacha talim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish



Yüklə 332,5 Kb.
səhifə5/11
tarix06.06.2023
ölçüsü332,5 Kb.
#127852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish (1)

3. Maktabgacha talim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish

Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.


“Iqtisodiyot nazariyasi” va “Moliya” fanlaridan bizga ma’lumki, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sohalari ikki yirik sohadan iborat:
1. Moddiy ishlab chiqarish sohasi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish (yoki noishlab chiqarish) sohasi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida moddiy qiymatliklar yaratiladi, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi, ishlar bajariladi. Noishlab chiqarish sohasida turli xizmatlar (maishiy, kommunal, ijtimoiy, davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi, milliy xavfsizlik, ichki ishlar xizmatlari) ko’rsatiladi. Noishlab chiqarish muassasa va tashkilotlarining bir qismi tijorat hisobi asosida ish yuritsalar, bir qismi notijorat faoliyatini olib boradilar. Bu faoliyatning pirovard maqsadi tijorat foydasiga ega bo’lish bo’lmaydi, lekin ularning qo’shimcha daromadlarni jalb qilishga bo’lgan intilishlarini ham inkor etmaydi. Bunday muassasalarning aksariyati “byudjet tashkiloti” maqomida faoliyat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-moddasida byudjet tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tashkiloti – davlat funktsiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot”7. Bu tashkilotlar asosan yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, ularning faoliyati bu maqomning barcha talablariga (moddiy-texnika bazasi va faoliyat sohasi bo’yicha xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish uchun etarli sharoitning mavjudligi, buxgalter kadrlarning mavjud bo’lishi, shaxsiy hisobraqamining mavjud bo’lishi va sh.k.) javob berishi kerak.
Xarajatlar smetasi8 – byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag’larining hajmi, maqsadli yo’nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo’yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida” gi nizomiga muvofiq, byudjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo’llaniladi: – yakka (individual) smetalar; – jamlanma smetalar; – byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalar; – markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi – byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi.


Yüklə 332,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin