1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 5


Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi



Yüklə 332,5 Kb.
səhifə6/11
tarix06.06.2023
ölçüsü332,5 Kb.
#127852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish (1)




4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi

o’rganish

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining eng kam pensiya va nafaqa miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarini inobatga olib, 2021-yilning 1-iyulidan boshlab:
a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov (keyingi o‘rinlarda — qo‘shimcha to‘lov) joriy etilsin.
Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshiriladi;
b) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 000 so‘mga yetkazilsin;
v) zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 so‘mdan 400 000 so‘mga yetkazilsin;
g) boquvchisini yo‘qotganlik:
- pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilsin;
- pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshirilsin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lansin;
- nafaqasi oluvchi oilalarning barcha a’zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori 400 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 150 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilansin;
d) bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 so‘mdan 565 000 so‘mga oshirilsin.
2. Moliya vazirligi ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi qoldiq mablag‘lari hamda respublika budjeti hisobidan ajratilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston9 Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Bugungi kunda mamlakatimizda keng ko‘lamlarda amalga oshirilayotgan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi va uning alohida ustuvor yo‘nalishlari ham inson hayoti va uning manfaatlarini himoyalash bilan bog‘liq yo‘nalish va tarmoqlarni o‘zida mujassam etgan ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, uni yangi bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi muammolarni yechish, bu sohalar rivojining iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan. Muhtaram Prezidentimiz SH. Mirziyoyev bu boradagi ishlarga baho berib: “O’zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g‘oyat muhim yo‘nalishi bo‘lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. Ma’lumki, aholimizni, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap”, - deb ta’kidladilar. Bu chora-tadbirlar, shubhasiz, muayyan moliyaviy resurslarni talab etadi.
Davlat byudjetining asosiy parametrlari ijrosi yuzasidan 2018-yil I-chorak uchun taqdim etilgan ma’lumotlar ham davlat byudjeti xarajatlati ichida eng ko‘p mablag‘ ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga (7 021,5 mlrd) sarflangan. 2018-yil 1-choragida xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolingan bo‘lib, ijtimoiy xarajatlar davlat byudjetining 55,2 foizini yoki YaIMga nisbatan 10,9 foizni tashkil etgan. 2018-yil I-choragida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘larning qariyb 80 foizi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan . Ushbu xarajatlarning tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirish bo‘yicha davlat Dasturida “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish” ko‘zda tutilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan edi.
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
- aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalar sonini va aholining daromadlari boʻyicha farqlanish darajasini yana-da kamaytirish;
- byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya surʼatlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish.

Yüklə 332,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin