1 Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish (1)
5. Sog’liqni saqlash muassasalari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmini o’rganish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanish nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o’zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Moliya, byudjet, soliq intizomiga etarli darajada rioya qilinmayotganligi va byudjet mablag’larini maqsadsiz ishlatilishida ko’p sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazoratini kuchaytirishning zarurligini ko’rsatmoqda.
Albatta, byudjet mablag’larini sarflashda byudjetdan qilinadigan xarajatlarning cheklanganligi, byudjet taqchilligining mavjudligi, byudjetda ijtimoiy sohalardan tashqari boshqa xarajatlarga-aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash, iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ham zaruriyat mavjudligini hisobga olishimiz kerak bo’ladi.
Byudjet mablag’larini sarflashda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldiga qo’yilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi ijrosi chuqur tahlil qilinishi, talab darajasida nazorat o’rnatilishi, byudjet tashkilotlarida mablag’larni maqsadli sarflash to’g’risida keng doiradagi tushuntirish ishlari etarli darajada olib borilishi lozim. Byudjet tashkilotlarining xarajatlarni katta qismini kommunal xizmat haqlari egallaydi va ular bilan shartnomalarni aniq, to’g’ri hisoblar bilan tuzish muhimdir. Byudjet tashkilotlarida kommunal xizmatlar (issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya), gaz va elektr energiya sotib olish xarajatlari limitlariga qat’iy rioya etish talab etiladi.
Bank tizimida byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi tasdiqlanganidan so’ng bir hafta ichida kommunal xizmatlari ko’rsatuvchi, gaz, va elektr energiyasi sotuvchi korxonalar bilan shartnomalarni ushbu xizmatlarga smetalarida ko’zda tutilgan limitlar doirasida tuzishni ta’minlash, hisob- kitoblarni oyma-oy amalga oshirib borish, limitdan ortiqcha ko’rsatilgan xizmatlarga haq to’lamaslik muassasalarda ushbu xarajatlarga mas’ul bo’lgan xodimlarni buyruq bilan biriktiriladi. Kommunal xizmatlar gaz va elektr enegiyasini sotib olishga tuzilgan ikki tomonlama shartnomalarni hududiy moliya idoralarida nazorat-taftish boshqarmalari tekshirgandan so’ng ro’yxatdan o’tkazish va bu jarayondagi intizomga, ta’riflarga va haqiqiy ehtiyojlarga qarabxarajat qilinishining doimiy monitoringi olib boriladi. Suv, issiqlik, gaz, elektr energiyasi is’temol qilinayotgan byudjet tashkilotlarida o’lchov asboblarining to’liq o’rnatilishi va ishlashi nazorat qilinadi.
Hozirgi vaqtda byudjet muassasalarida ortiqcha mablag’ sarflanishini bartaraf etish maqsadida gaz, sovuq suv, issiq suv, elektr energiya tarmoqlari bo’yicha mutaxassislar shartnoma to’g’ri tuzilishi va byudjet mablag’larini maqsadli ishlatilishini nazorat qilib, mablag’larni iqtisod qilishi mumkin. Kommunal xizmatlar bo’yicha shartnomalar tuzilish davrida shartnomalarni sifatli va asosli tuzishni ta’minlash maqsadida malakali xodimlarni jalb qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish rejasini va byudjet majburiyatlari limitini byudjet mablag’larini taqsimlovchilariga va byudjet mablag’i oluvchilariga Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy, vazifa jihatidan, tashkiliy tasniflari ko’rsatkichlari ko’rsatilgan holda, etkazishni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan byudjet mablag’laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro’yxatli bo’lishini, byudjetdan mablag’ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish byudjet mablag’laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini ta’minlashni taqozo etadi.
Kelgusida davlat byudjeti xarajatlarini boshqarishda mablag’larni maqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, davlat moliya- byudjet, shtat-smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda g’aznachilik tizimidagi moliyaviy nazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan byudjet nazoratini kuchaytirish, byudjet intizomini mustahkamlash va uni takomillashtirish yo’llarini belgilashda amalga oshirilgan tahlil natijalariga tayanish bilan birgalikda shu muammolarga nisbatan ilg’or xorijiy mamlakatlarning tajribalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan qayd etish lozimki, so’nggi yillarda iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda samaradorlik nazorati deb nomlanuvchi nazorat turi keng qo’llanilmoqda. Bunda an’anaviy nazorat usullari dasturli baholash, so’nggi natijaga keltirilganligi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga muvofiqligi kabi yangi vositalar bilan to’ldirilmoqda.
Ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribalarining ko’rsatishiga, bu mamlakatlarda byudjet mablag’laridan foydalanish yuzasidan olib boriladigan nazorat rentabelli hisoblanadi. Masalan, AQShda nazorat organlari tomonidan sarflangan 1 dollar byudjetga 5 dollar bo’lib tushadi, ya’ni shuncha miqdorda mablag’larning byudjetga qaytarilishi ta’minlanadi. Buyuk Britaniyada esa nazorat organlarining faoliyati uchun sarflangan 1 funt sterling 13 funt sterlingni byudjetga tiklashga olib kelar ekan. Mazkur masalani o’rganish O’zbekiston Respublikasi uchun butkul dolzarbhisoblanadi.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida, bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish hududiy boshqarmalari hamda viloyat xokimliklari moliya boshqarmalari tomonidan barcha byudjet muassasalari hisobchilari egallab turgan vazifasiga loyiqligi yuzasidan har moliyaviy yilning 15 yanvariga qadar attestatsiyadan o’tkazilishi lozim. Shu vaqtgacha qonunda belgilanmagan uzrli sabablar bilan attestatsiyadan o’tmagan shaxs bosh hisobchilik vazifasidan vaqtincha chetlashtirilishi lozim. Shuningdek, hududiy moliya bo’limlari bosh hisobchilarining ham byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish kerak. Chunki xozirgi vaqtda noqonuniy xarajat qilingan byudjet mablag’lari bo’yicha faqat moliya bo’limlari boshliqlari va byudjet inspektsiyasining boshliqlari javob berishmoqda. Holbuki, barcha moliyalashtirishda bosh hisobchi bevosita ishtirok etadi
Ana shularni hisobga olgan holda, bizning fikrimizcha, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: