1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 5


Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari



Yüklə 332,5 Kb.
səhifə2/11
tarix06.06.2023
ölçüsü332,5 Kb.
#127852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish (1)

1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari


Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjet daromadlari ko‘rsatkichlari bajarilishini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarining moliya organlari xodimlari tomonidan bajarishga doir vazifalari va tartibini belgilaydi1.


Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda moliya organlari deb ataladi) tomonidan mavjud rezervlarni mobilizatsiya qilish bo‘yicha har kuni o‘tkaziladigan monitoringni hisobga olgan holda budjetni ijro etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining malakali mutaxassislari har oyda joylarga borgan holda qo‘shimcha rezervlarni aniqlash va shu asosda mahalliy budjetning daromadlar bazasini kengaytirishni hisobga olgan holda, tuman (shahar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasi va sur’atlaridan kelib chiqib aniqlashtirilgan prognozlarni shakllantirishda va davlat soliq xizmati organlariga yetkazishda qatnashadilar.
2-bob. Rezervlarni aniqlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish bo‘yicha tuman moliya bo‘limlarida ishlarni tashkil etish tartibi
Mahalliy budjet daromadlar qismining shakllanishi masalalariga mutasaddilik qiluvchi moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari har oyda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning prognoz tushumlarini ishlab chiqarish dinamikasi va sur’atlarining o‘zgarishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ochilishi va soliq to‘lovchilar sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib hisob-kitob qiladi.
Moliya bo‘limlari mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda tushumlarning aniqlangan qo‘shimcha manbalarini, shu jumladan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasida hisobda turmagan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi.
Moliya bo‘limi rahbari oyma-oy bo‘lingan mahalliy budjet prognoz parametrlarini tuman (shahar) hokimlariga tasdiqlash va keyinchalik uning ijrosini ta’minlash uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yetkazish uchun kiritadi.
Moliya bo‘limi rahbari o‘z buyrug‘i bilan har bir xodimga 5 tadan kam bo‘lmagan daromadlar manbaini biriktiradi va ushbu manbalar bo‘yicha tuman moliya bo‘limi xodimi tomonidan tuman (shahar) moliya bo‘limlari va tuman davlat soliq inspeksiyalari ma’lumotlar bazasi bo‘yicha monitoring amalga oshiriladi.
Moliya bo‘limining mas’ul xodimi amalga oshirilayotgan monitoring doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
- moliya organlarining ma’lumotlar bazasini statistika organlari, Davlat xizmatlari markazlari, ichki ishlar tuman bo‘limlari va notariuslar, tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib beruvchilarning ma’lumotlar bazasini taqqoslash orqali qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilari — yakka tartibdagi tadbirkorlarni, shuningdek ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
- jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymatini aniqlashning to‘g‘riligini va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlari tomonidan yer uchastkalari va mol-mulkning to‘liq hisobga olinganligini tekshirish orqali jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i tushumlarining to‘liqligini o‘rganadi;
- vaqtinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan soliq to‘lovchilarning faoliyatini joylarga borib o‘rganishlarda ishtirok etadi;
- soliq qarzini uzish uchun maqsadli marshrutlarni ishlab chiqish va mablag‘larni keyinchalik budjetga yo‘naltirish maqsadida yuridik shaxslarning soliq qarzdorligi holatini o‘rganadi;
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha oborotlarning, ishchilar sonining, o‘rtacha ish haqining va eksport hajmining to‘liq hisobga olinishini kuzatib boradi;
- faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi munosabati bilan soliq solinadigan bazaning o‘zgarishini tahlil qiladi;
Moliya organlarining mas’ul xodimlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini ham olib boradi. Monitoring qilish maqsadida moliya bo‘limi rahbari o‘zining buyrug‘i bilan har bir xodimga 10 tadan kam bo‘lmagan miqdorda hududiy dasturlarni biriktiradi.
Moliya organlarining va moliya-taftish boshqarmasining mas’ul xodimlari monitoring natijalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniqlangan qo‘shimcha rezervlar to‘g‘risida, alohida shakl bo‘yicha yozma yoki elektron tarzda axborot taqdim etadilar. Olingan manbaalaridan qatʼiy nazar barcha daromadlarga soliq solinishi shart. Soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo‘lishi kerak. Bizga maʼlumki, soliq kodeksga asosan soliqlar 2 xil turda mavjuddir:
Umumdavlat soliqlari2
• Mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlar va yig‘imlar stavkalarning miqdorlari (stavkasi ushbu Kodeks bilan belgilanadigan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi. Аmalda davlat budjeti daromadlari tarkibida mahalliy budjetlarning ham ulushi katta hisoblanadi. Mahalliy budjetlarning iqtisodiy mohiyati ularning vazifalarida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradilar:
- mahalliy hokimiyat organlari faoliyati moliyaviy taʼminoti uchun pul fondlarini shakllantirish;
- bu fondlarni xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida taqsimlash va foydalanish;
- bu hokimiyat organlari boshqaruvida bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish.
Mahalliy budjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadirlar, birinchi navbatda davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda. Bu mablag‘lar tuman, shahar budjetlarini o‘z ichiga oluvchi mahalliy budjetlar tizimi orqali o‘tadi. Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish katta moddiy va moliyaviy resurslarni talab qiladi. Budjet tizimi zvenolari o‘rtasida umumdavlat pul resurslarini taqsimlash asosida mahalliy budjetlar mustaqilligi va ularni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash printsipi yotadi. Bu printsiplardan kelib chiqqan holda mahalliy budjetlar va tartibga soluvchi daromad manbalari hisobiga shakllantiriladi.
Mahalliy budjetlarning daromadlari strukturasi quyidagicha:

Mahalliy byudjet daromadlari







O’z daromadlari



Markaziy byudjetdan tushumlar



Soliqli



soliqsiz

Davlat subsiydiyalari

Mahalliy soliqlar:to’g’ri soliq va egri soliq



Mahalliy hokimyatlarga qarashli bo’lgan korxona va tashkilotlardan tushimlar mahalliy hokimyatlarga qarashli bo’lmagan lekin ularga qarashli bo’lgan hududlarda faoliyat yurityotkan tashkilotlardan tushumlar

Umumiy yo’nalishi: defitsitlarni qoplash uchun dotatsiyalar ajratish.
Mahsus yo’nalishli: subventsiyalar maxsus harakterga ega bo’ladi



Yüklə 332,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin