1.Ekskyrsiyalar va ularni tashkil etish. Ekskursiya. Ma’lumki boshlang‘ich sinflarda tabiatdan anchagina keng ma’lumotlar byeridi. O‘simliklarning insonlar hayotiga va tabiatdagi roli, o‘simliklar dunyosining hilma-xilligi ulardan foydalanish va muhofaza qilish tugrisidagi dastlabki ma’lumotlar beriladi. Sinfda olingan bilimlarni mustaxkamlashda va umuman tabiatga nisbatan o‘quvchilarning muxabbatini oshirishda ekskursiyaning roli nixoyatda kattadir. O‘qituvchi ekskursiya tashkil qilishdan oldin bolalarga ular ekskursiyaga borishlarini, u yerda jonajon o‘lkamizning boylilari; bilan tanishishlarini, O‘zbekiston nima bilan mashhur ekanligini bilib olishlarini tushuntiradi. Sinfdan tashqari ish o‘quv materiali asosida va unga bog‘liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi,ammo uni to‘ldiradi va tabiat haqidagi fanning qiziqarlihamda kerakli tomonlarini ochib beradi. Ekskursiyalarda bolalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo'jaligida, muzeylarda o'simlik va hayvonlar bilan tanishtiriladi. Ekskursiyanin kalendar ish rejasi o'quv yilining boshida bir yil uchun chorakla bo'yicha mahalliy sharoit hisobga olingan holda tuziladi. Har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va odatda quyidagicha bosqichlardan tashkil topadi:
— ekskursiyalarning kalendar rejasini tuzish;
— aniq o'quv-tarbiya vazifalarini belgilash;
— obyekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish;
— kengaytirilgan ish rejasini tuzish;
— ekskursovodni yoki korxona xodimlarini o'quvchilar bilan suhbat o'tkazishga tayyorlash, ularni ekskursiyaning maqsadi v vazifalari bilan tanishtirish;
— o'quvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumi vazifalarini qo'yish, topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskur siyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtirish, anjom-aslaha v jihozlarni tayyorlash);
— kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib, eng maqsadga muvofi yo'nalish tanlash;
— ekskursiya o'tkazish uchun yordamchilami tayyorlash. Ekskursiya vaqtida o'tkaziladigan va bajariladigan ishlar quyi dagilardan iborat: 1) ekskursiya vaqtida o'quvchilar ekskursiy joyigacha yo'l-yo'lakay kuzatishlar o'tkazib boradilar; 2) eks kursiya davomida o'qituvchi tushuntirib boradi; 3) ekskursiya joyid o'quvchilar odamlar va mashinalar harakatini yoki tabia obyektlari va hodisalarini kuzatadilar; 4) ishchilar va muhan dislar bilan suhbatlashadilar; 5) tabiiy material yig'adilar v oldindan tayyorlab qo'yilgan jild, quticha, bonkalarga soladilai 6) o'lchov ishlarini (daryoda, tuproq kesmalarida, tepalikda olib boradilar; 7) kompas bo'yicha yo'nalishlami aniqlaydilai 8) rasm chizadilar, xulosalar chiqaradilar, xulosalarn umumlashtiradilar; 9) kuzatayotgan obyektda baholi qudra ijtimoiy foydali mehnat qiladilar. Ekskursiya vaqtida to'plangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi (tartibga keltiriladi). Ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma material bo'lib xizmat qiladi yoki ulardan ko'rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda, shuningdek, rasmlar, albomlardan ham foydalaniladi. Ekskursiyada to'plangan materiallardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish mumkin. Chunonchi, 1- sinfda ≪Alifbe≫ o'qitilayotgan davrda o'quvchilar bilan ≪Kuz≫ mavzusi bo'yicha ikkita ekskursiya o'tkaziladi, ekskursiyalar vaqtida o'quvchilar xiyobonda erta va kech kuz davrida o'simliklar hayotidagi o'zgarishlar bilan tanishadilar. Bolalar qushlaming uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material yig'adilar. Qish va bahorda o'quvchilarning o'simliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqlami ko'rishlari uchun kelgusi ekskursiyalar o'sha obyektlarda o'tkaziladi. 2- sinfda tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar mavzusi bilan bog'lq holda ekskursiyalar o'tkaziladi, ularda o'qituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, tabiat haqida aniq tushunchalami shakllantiradi. 1- sinfda bolalar ekskursiyalarda 3—4 o'simlik bilan tanishadilar va ulami yil davomida kuzatib boradilar. 2- sinfda bunga yana 3—4 o'simlik turi qo'shiladi, 3- sinfda, bahorning oxiriga kelib, ular 6—8 o'simlik turlari (daraxt, buta va o't o'simliklari)ni taniy va ta’riflay olishlari, 4- sinfda esa 8—10 turni yaxshi bilib olishlari kerak.
2. Bahorgi “Yurak va qon mavzusini” pedtexnologiya loyihasida dars ishlanmasi 3.O‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘stirish yo‘llari 4.Oz komplektlangan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o`ziga xosligi. 5.Darsdan tashqari mashg‘ulotlar va ularning ta‘lim tarbiyaviy ahamiyati