Umumlashtirish shunay mantiqiy amalki, bunda tushunchalar hajmini kengaytirish yuli bilan tur tushunchalar mazmunidan tur belgilari tushirila boradi. Umumlashtirishda tushuncha mazmuni borgan sari sayozlashadi, yaxlitlashadi, mavhumlashadi. Natijada tushunchalik haqiqatlilik darajasi pasayadi. Umumlashtirish ham xuddi chegaralash amali kabi cheksiz emas. Umumlashtirishning chekli kategoriyalaridir. Umumlashtirishga misol keltiramiz:
A - “Ulug’bek” navi
|
D - o’simlik
|
B - kuzgi bug’doy
|
E - tirik mavjudot
|
C - bug’doy
|
F – mavjudot
|
Bu o’rinda shu narsani maxsus izohlab o’tish lozimki, odata bilimlarimiz doimo haqiqatga chuqurroq kirib borishga intiladi.
Tushunchaning turlarini sanab o’tish yuli bilan uning hajmini aniqlashga xizmat qiladigan mantiqiy amal tushunchani bo’lish deyiladi.
Bo’lish amalida bo’linmalar ko’p bo’lishi ham mumkin. Bu bo’linuvchi tushunchaning hajmini tashkil qiluvchi tushunchalar miqdoriga bog’liq.
Faqat bilishni osonlashtirish maqsadida ulardan bir nechtasi sanab o’tiladi.
A – o’simlik
B - bir yillik o’simlik
C- ikki yillik o’simlik
D - ko’p yillik o’simlik
2. Mulohaza tafakkur shakli sifatida. Mulohazaning kompleks tahlili
Narsalar va hodisalarning belgilari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr mulohaza deyiladi.
Masalan, “O’zbekiston mustaqil davlatdir”; “Hamma mustaqil davlatlar o’z konstitutsiyasiga egadir”; “Inson ongli mavjudotdir”; “Hech bir inson orzu - umidsiz yashamaydi”; “Hech bir jism harakatsiz turmaydi”, desak, narsa va hodisalarning biror xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaymiz va inkor etamiz.
Kundalik hayotda, ba’zan, chin bo’lgan fikrlar xato sifatida, aksincha, xato fikrlar chin o’rnida qabul kilinishi mumkin. Fikrning chin yoki xatoligini belgilash uchun maxsus qoidaga amal qilinadi. Bu quyidagicha bo’ladi:
1. Agar A fikrning chinligi isbotlangan bo’lsa, uni chin deb e’tirof etish chin bo’ladi.
2. Agar A fikrning chinligi isbotlangan bo’lsa, uni xato deyish xato bo’ladi.
3. Agar A fikrning xatoligi isbot etilgan bo’lsa, uni chin deyish xato bo’ladi.
4. Agar A fikrning xatoligi isbot etilgan bo’lsa, uni xato deb e’tirof etish chin bo’ladi.
Oddiy mulohazalar va ularning tarkibiy tuzilishi. Mulohazaning tarkibi - mantiqiy ega (sub’ekt - subjectum), mantiqiy kesim (predikat - Pradicatum) va mantiqiy bog’lovchidan tashkil topadi. Sub’ekt - fikrimiz qaratilgan narsa yoki hodisadir; predikat esa sub’ektga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsatadi. Mantiqiy bog’lovchi ega bilan kesim o’rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Mulohazaning sub’ekti lotincha Subektum so’zining birinchi harfi S bilan, predikatni esa lotincha Predikatum so’zining birinchi harfi - P bilan belgilanadi. Mantiqiy bog’lovchi “dir”, “emas” qo’shimchalari yordamida ifodalanadi. Ba’zan bu qo’shimchalar tushib qolishi ham mumkin. Masalan, “o’simlik tirik organizm”. Bunda “dir” qo’shimchasi tushib qolgan bo’lsada “tirik organizm” ekanlik o’simlikka xos bo’lgan xususiyatligi mantiqan anglashiladi.
Dostları ilə paylaş: |