1. Havfli va havfsiz o‘smalar haqida tushuncha Onkologik bemorlarni davolash tamoyillari



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə2/2
tarix24.11.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#133988
1   2
24-mavzu o

Xavfsiz o‘smalar yetilgan to‘qimalardan o‘sib ko‘payadi, qo‘shni to‘qimalarni ich-ichiga kirmasdan surib o‘sadi, kapsula hosil qilib o‘sadi, metastazlar bermaydi, umumiy holsizlikka sabab bo‘lmaydi va kaxeksiyaga olib kelmaydi, o‘smalar yetilib parchalanmaydi.
Tashxis qo‘yishda anamnez ma’lumotlari, bemor shikoyatlari, obyektiv tekshirish natijalari; aniq tashxis qo‘yishga imkon beradigan tekshirishlar: sitologik tashxis – o‘sma hujayralarini topish maqsadida punktat yoki surtma olish, biopsiya – o‘sma tuzilishini aniqlash maqsadida gistologik tekshirish uchun to‘qima bo‘lakchasini olish, obzor rentgenografiya, tomografiya, UTT, radioizotop tashxis, endoskopik tekshirishlar muhim ahamiyatga ega.
Davosi. Xavfsiz o‘smalar – radikal xirurgik operatsiya qilinadi. Xavfli o‘smalar davosi: jarrohlik operatsiyasi (radikal yoki pal liativ), nur bilan davolash, kimyoterapiya, gormonoterapiya. Ko‘pincha bu usullar birgalikda qo‘llaniladi.
Rak oldi holati. Xavfli o‘smadan oldin yuzaga keladigan va ko‘pin cha xavfli o‘smaga aylanadigan turli xil holatlarni rak oldi holati deb ataladi. Bunday holatlar jumlasiga rivojlanish nuqsonlari, surunkali yallig‘lanishlar, to‘qima regeneratsiyasining buzilishi, giperplastik bu zi lishlar kiradi. Rak oldi kasalliklari bor kishilar dispanser hisobida turishi va yiliga kamida 2 marta
ko‘rikdan o‘tishi shart.
2-reja: Onkologik kasalliklarni davolash O‘smalarni davolashda jarrohlik, kimyo va nur terapiyasi qo‘llaniladi. Ko‘pincha 2 yoki undan ortiq usullardan aralash holda foydalaniladi. Masalan, jarrohlik usul nur terapiyasi bilan birga qo‘llaniladi. Kompleks davo deganda barcha uch usullarning birgalikda o‘tkazilishi tushiniladi.
Nur bilan davolaganda teri qizaradi (eritema). Ko‘pincha terida I darajali termik kuyish kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. Katta kuchlanishli nur terapiyasi o‘tkazilganda terida I - II darajali kuyishda kuzatiladigan o‘zgarishlar (terida pufakchalar paydo bo‘lib, yuza qavati nekrozi ham) aniqlanishi mumkin. Bemorlarni parvarishlash paytida nur bilan shikastlangan teridagi yaralarga infeksiya tushirmaslikka harakat qilish kerak. Terining mahalliy o‘zgarishlari yuzaga kelgan joylariga tarkibida aloe, linol, sigerol, A, E vitaminlari bo‘lgan malhamlar, emulsiyalar, kremlar surtish tavsiya etiladi. Agar o‘zgarishlar to‘g‘ri ichak yoki qin shilliq qavatida yuzaga kelgan bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarni mikro huqna yoki tamponlar yordamida qo‘llash kerak. SHunday qilinganda nur terapiyasi asoratlari bir necha haftada bitib ketadi.
Rentgenoterapiya bilan davolanayotgan bemorlarning qonida ham o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Bemorlarda behollik, qusish, ichak faoliyati buzilishi, ishtaha bo‘g‘ilishi, bosh og‘rishi, tana harorati ko‘tarilishi, ayrim hollarda esa nur kasalligi simptomlari paydo bo‘lishi mumkin.
Kimyo va gormonal terapiya kasallik jarayoni organizmning barcha sohalariga tarqalib ketganda, operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlarda yagona davolash usuli bo‘lib hisoblanadi. Nur va kimyo terapiyasi ba’zi bemorlarni operatsiyaga tayyorlash davrida ham o‘tkazilishi mumkin.
Xavfsiz o‘smalarni jarrohlik usulida davolashda ularni sog‘lom to‘qimalar chegarasida batamom olib tashlashni nazarda tutiladi. O‘sma butunligicha qobig‘i bilan birga olib tashlanishi zarur. Xavfli o‘smalarni olib tashlashda hosilaning o‘zini olib tashlashning o‘zi etarli emas. Operatsiya vaqtida onkologiyaning tadbirlariga: ablastika, antiblastika, zonallik, fassiyalikka rioya qilish zarur.
Ablastika – operatsiya vaqtida o‘sma tarqalib ketmasligi uchun qo‘llaniladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy tadbirlarga: barcha kesmalarni sog‘lom to‘qimalarda o‘tkazish, o‘sma to‘qimasini mexanik shikastdan saqlash, o‘smani ajratib olish uchun sog‘lom to‘qimalarni salfetkalar bilan chegaralash, o‘smani olib tashlagandan keyin jarrohlik asboblari, qo‘lqoplar, bog‘lov materiallarni almashtirish kiradi.
Antiblastika – operatsiya vaqtida o‘smaning asosiy qismidan ajralib qolgan bo‘laklarni yo‘qotish uchun bajariladigan tadbirlar majmuasidir. Quyidagi antiblastika usullari tafovut qilinadi:
1. Kimyoviy antiblastika – bu o‘smani olib tashlagandan keyin jarohat yuzasiga 70% spirt eritmasi bilan ishlov berish, venaga o‘smaga qarshi preparatlarni operatsiya stolida yuborish, o‘smaga qarshi kimyo preparatlarini regionar perfuziya qilish.
2. Fizik antiblastika – bu elektropichoq, lazer ishlatish, o‘smani operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi erta davrda nurlantirish kiradi.
3. Zonallik - bu o‘smani kesib ajratayotganda atrof to‘qimalardagi rak hujayralari bo‘lishi mumkin sohani ham qo‘shib olib tashlashdan iborat.
4. Fassiyalik - bu fassial g‘ilof kletchatkasini ajratayotganda uni fassiya bilan birga kesib olib tashlashdir.
Bemorlarni operatsiyaga tayyorlash boshqa murakkab turdagi operatsiyaga tayyorgarlashdan farq qilmaydi. Ammo o‘sma bilan kasallangan bemorlarda kaxeksiya rivojlanayotganligi sababli, ularni operatsiyaga tayyorlash vaqti chegaralangan bo‘ladi. Shu sababli ularga qon quyish, kuchli ovqatlar berish, ko‘proq uxlab, dam olishlari uchun sharaoit yaratish zarur.


3-reja: Onkologik bemorlarni parvarish qilish xususiyatlariOnkologik kasalliklari bor bemorlarni parvarish qilishning o‘ziga xos tomonlari bor. Bemorlardan haqiqiy tashxisni yashirish, ya’ni bemor ruhiyatini avaylab muhofaza qilish zarur. «Rak», «Sarkoma» terminlarining o‘rniga «yara», «to rayish», «qattiqlashish» kabi so‘z larni ishlatish lozim. «Kanser», «s-r»,
«neoplazma» singari lotincha terminlarni ham qo‘llamaslik kerak, ko‘pchilik bemorlar termino logiyani yaxshi bilishadi. Ko‘pchilik onkologik bemorlarning ruhiyati nozik bo‘ladi, ular juda ta’sirchan bo‘lib qoladilar, shuning uchun o‘sma kasalligi og‘irlashgan bemorlarni davolashning boshidayoq boshqa bemorlardan ajratgan ma’qul. Bemorga tegishli hujjatlar tasodifan uning qo‘liga tushib qolishi dan ehtiyot bo‘lish kerak. Haqiqiy tashxis haqida bemorning eng yaqin qarindoshlariga (ota-ona, farzandlar, opa-ukalar) ma’lumot be rish mumkin, biroq ularning bemorga haqiqiy tashxisni aytib qo‘ymaslik larini tayinlash zarur. Operatsiyaga tayyorgarlik davridagi, operatsiyadagi va operatsiyadan keyingi hamshiralik parvarishi darslikning barcha tegishli bo‘limlarida kasalliklar bilan birga yoritilgan.
Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin