1. islom dinining ilm-fanga munosabati



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə2/4
tarix22.06.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#128348
1   2   3   4
Islomda fan va ta\'lim, madaniyat va san\'atga munosabat

Islomning bashariyat ilm-fani va madaniyatiga o'tkazgan ulkan ta'sirini ko'plab insofli g'ayrimusulmon g'arb olimlari e'tirof etishadi.Frantsiyalik olim Jolivet Kostelot o'zining “Tarix qonuni” kitobida bunday yozadi: “Payg'ambar vafotidan keyin arablar katta taraqqiyotga erishdilar. Islom yoyilishi zamon talabi edi. Shu bois musulmonlar taraqqiyoti juda tezlab ketdi. Natijada aqlni lol qoldiruvchi Islom madaniyati yuzaga keldi. Fathlar bilan birga Islom madaniyati hamma joyga yoyildi. Islom madaniyatining asari san'at, adabiyot, she'r va ilmlarda aks etdi. Shu bilan falsafa, falakiyot ilmi, kimyo, tibbiyot va ruhiy ilmlar mash'ali bir qancha asr musulmonlar qo'lida qoldi. Ular ixtirochilarga aylandilar. Shunchaki ixtirochilar emas, balki ilm asoslarini juda o'tkir va o'ta qobiliyat bilan qo'lga kiritgan ixtirochilar edi. Islom madaniyatining qoldirgan asari hammani lol qoldirgandi. Darhaqiqat, X asrdan to XIV asrgacha taraqqiyotiga sabab bo'lgani va Yevropada o'rta asrlarda sust harakat qilgan ilmiy falsafiy fikrni Islom madaniyatidan olgani uchun Yevropa Islom madaniyatidan qarzdordir. Islom madaniyati, musulmonlarning ilmi, odob-axloqi, san'ati oldida Yevropa qoloq va johil ko'rinardi. Ilm va madaniyat bayrog'ini musulmon olimlari ko'targan, hatto Yevropada ham Islom madaniyatidan o'zga madaniyat bo'lmagan to'rt asr mobaynida musulmonlar fikridan foydalanganini Yevropa tan oladi”.

  • Islomning bashariyat ilm-fani va madaniyatiga o'tkazgan ulkan ta'sirini ko'plab insofli g'ayrimusulmon g'arb olimlari e'tirof etishadi.Frantsiyalik olim Jolivet Kostelot o'zining “Tarix qonuni” kitobida bunday yozadi: “Payg'ambar vafotidan keyin arablar katta taraqqiyotga erishdilar. Islom yoyilishi zamon talabi edi. Shu bois musulmonlar taraqqiyoti juda tezlab ketdi. Natijada aqlni lol qoldiruvchi Islom madaniyati yuzaga keldi. Fathlar bilan birga Islom madaniyati hamma joyga yoyildi. Islom madaniyatining asari san'at, adabiyot, she'r va ilmlarda aks etdi. Shu bilan falsafa, falakiyot ilmi, kimyo, tibbiyot va ruhiy ilmlar mash'ali bir qancha asr musulmonlar qo'lida qoldi. Ular ixtirochilarga aylandilar. Shunchaki ixtirochilar emas, balki ilm asoslarini juda o'tkir va o'ta qobiliyat bilan qo'lga kiritgan ixtirochilar edi. Islom madaniyatining qoldirgan asari hammani lol qoldirgandi. Darhaqiqat, X asrdan to XIV asrgacha taraqqiyotiga sabab bo'lgani va Yevropada o'rta asrlarda sust harakat qilgan ilmiy falsafiy fikrni Islom madaniyatidan olgani uchun Yevropa Islom madaniyatidan qarzdordir. Islom madaniyati, musulmonlarning ilmi, odob-axloqi, san'ati oldida Yevropa qoloq va johil ko'rinardi. Ilm va madaniyat bayrog'ini musulmon olimlari ko'targan, hatto Yevropada ham Islom madaniyatidan o'zga madaniyat bo'lmagan to'rt asr mobaynida musulmonlar fikridan foydalanganini Yevropa tan oladi”.
  • Yana Gustav Lebon o'zining “Arablar madaniyati” nomli kitobida bunday deydi:
  • “Musulmonlarning tadqiqotga bag'ishlagan himmati kishini hayratga soladi. Ilm va tadqiqotda musulmonlar bilan teng millat bo'lishi mumkin, ammo taxminimcha musulmonlardan ustuni bo'lmagan. Musulmonlar hukmiga o'tgan shaharlarda masjid va madrasa qurishga katta e'tibor berardilar. Agar shahar katta bo'lsa, u holda bir emas, bir nechta masjid va madrasa qurilardi. Ana shular qatorida 1173 yilda vafot etgan Benyamin Totbaliy guvoh bo'lgan Iskandariyadagi 20 ta madrasa ham turadi. Bundan tashqari Bag'dod, Qohira, Kordova va shunga o'xshash katta shaharlarda labaratoriya, rasadxona hamda ilmiy tadqiqotga asqotadigan barcha sharoit yaratilgan, kitobga boy kutubxonalarga ega jome'a – universitetlar qad ko'targandi. Musulmon tarixshunoslari rivoyatiga ko'ra, birgina Ispaniyada arablarga tegishli yetmishta kutubxona bo'lgan. Xalifa “Al-hakamus-saniy”ning Kordova shahridagi xos kutubxona tokchalarida olti yuz ming kitob terilgandi. Shulardan qirq to'rt jildi fihrist – mundarija bo'lgan. Shu sababli dono Charl to'rt yuz yildan keyin Frantsiyaning qirol kutubxonasida to'qqiz yuz jilddan ziyoda kitob jamlay olmagan. U jamlagan kitoblarning uchdan bir qismiilohiyot ilmiga tegishli bo'lgan, deyiladi”.
  • Tarixchilarning yozishlaricha birinchi ilm dargohi ko'pchilik da'vo qilganidek Yevropada emas, balki 3-xijriy asrda Marokko mamlakatida tashkil topgan. U madrasa “Jome'atul Qarvin” nomi bilan butun dunyoga mashhur bo'lgan. Ilm dargohida musulmonlar bilan bir qatorda G'arb mamlakatlaridan ham talabalar kelib dunyoviy bilimlardan ta'lim olishgan. Xristian olimlaridan hisoblangan Jerbert ismli kishi aynan o'sha ilm dargohida ta'lim olgan. Jerbert birinchi bo'lib arab tilida yozilgan ilmiy asarlarni o'z tiliga tarjima qilib, musulmonlardan o'rgangan bilimlarini Yevropaga tarqalishiga sabab bo'ldi. Keyinchalik Yevropa qonunchiligida islom qonunchiligi bilan kelishtirib, davlat boshqaruv va qonunchilik ishlarini musulmon shariati asosida qaytadan ko'rib chiqish fikrini o'rtaga tashladi. Shunday qilib Frantsiya qonunlari islom qonunchiligi asosida qaytadan yozildi.
  • Islomga qarshiligi va g'arazgo'yligi bilan mashhur bo'lgan g'arb olimlaridan biri Margoliuz Rodvell tarjimai holi muqaddimasida jumladan bunday degandi:
  • “Tadqiqotchi olimlar ittifoq qilgan narsalardan biri shuki: Qur'on oxirgi kitob bo'lishiga qaramasdan tarix asosi bo'lmish katta diniy sahifalar – samoviy kitoblar orasida oliy o'rinni egallaydi. Ayni paytda Qur'on insoniyatga katta ta'sir o'tkazishda boshqa kitoblardan oldinda turadi. Shubhasiz, Qur'on yangi insoniy fikr yaratdi. O'ziga xos xulqiy madrasaning mustahkam asosini barpo etdi”. 
  •  
  •  
  •  

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin