1. Kompetensiya turlari. Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to’g’risidagi fikrlari



Yüklə 153 Kb.
səhifə4/14
tarix04.10.2023
ölçüsü153 Kb.
#129650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1 Maruza

Kompetensiya turlari. Kompetensiya-sohaga oid bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar majmui, shaxsning qadriyati va sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati. Kompetentlik-muayyan lavozimga mos o‘z kasbining mohir egasi bo‘lgan shaxsga xos sifat.
Kasbiy kompetensiya -Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish; -O‘z ustida ishlash; - Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish; -O‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish;-AKTni bilishi;-Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;-O‘z fanini mukammal bilishi; - Xorijiy tillardan birini bilishi.
Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
- O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
- O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
- O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish;
SHaxsiy kompetensiya: - Muloqatchanlik - Bag‘rikenglik - Etakchilik - Faollik va tashabbuskorlik - Moslashuvchanlik - Sog‘lom turmush tarziga amal qilish - Ma’suliyatlilik - Ishchanlik - Insonparvarlik - Samimiylik - Nazokatlilik.
Pedagogning kompetensiya turlari: -Kasbiy; -SHaxsiy;- Umummadaniy;-Maxsus.
Umummadaniy kompetensiya
- Ma’lumotli - Madaniyatli - Umuminsoniy qadriyatlarga egalik - Milliy madaniyatga ega bo‘lish - Mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish - Boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilish.
Maxsus kompetensiya - Faniga doir maxsus metodlarni bilish - O‘quvchilar ehtiyojini bilish - Turli yosh xususiyatlarini bilish.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.

Yüklə 153 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin