Kompetensiya turi
|
Mazmuni
|
Maxsus kompetensiya
|
Etarli, yuqori darajada o‘z kasbiy faoliyatini egallash, keyingi kasbiy rivojlanishini loyihalashtira olish
|
Ijtimoiy kompetensiya
|
Birgalikdagi kasbiy faoliyat, hamkorlik qo‘nikmalarini egallash, o‘z mehnati natijalariga ijtimoiy javobgarlik
|
Shaxsiy kompetensiya
|
Shaxsiy mustaqil aks etish va mustaqil rivojlanish usullari, shaxsning kasbiy deformatsiyalariga qarshi turli vositalarini egallash
|
Individual kompetensiya
|
Kasb doirasida individuallikni mustaqil qo‘llash va rivojlantirish usullarini egallash, kasbiy-shaxsiy o‘sish, mustaqil tashkil qilish va mustaqil reabilitatsiya qilishga tayyorlik
|
Asosiy kompetensiyalar
|
Moslashish va mahsuldor faoliyat uchun zarur bo‘lgan shaxsning madaniyatlararo va sohalararo bilim, qobiliyat va ko‘nikmalari
|
Yuqorida aytib o‘tilganlarga tayanib va kompetensiyalarning aniq mutaxassislik yoki faoliyat doirasida aniglashtirilishi mumkinligini bilgan holda bo‘lajak pedagogni maxsus kasbiy kompetentlikka yo‘naltiradigan kompetensiyalar turini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Pedagog-olim E.S.Zair-Bekning “Vzaimosvyaz proektirovaniya i samoproektirovaniya metodicheskix kompetensiy v sisteme obщetexnicheskoy i metodicheskoy podgotovki” mavzusidagi doktorlik ishida maxsus kasbiy kompetentlikning shakllanishiga qaratilgan quyidagi kompetensiyalar aniqlangan:
- o‘qitish va o‘qitish metodikasi bilimini integratsiyalovchi kasb ta’limi pedagogining maxsus kompetensiyalari;
- maqsadli kompetensiya (pedagogning umumkasbiy va maxsus kasbiy fanlarni o‘qitish maqsadlarini aniqlay olishi);
- mazmuniy kompetensiya (umumkasbiy va maxsus kasbiy fanlarni o‘qitish mazmunini aniqlay olish);
- monitoringli kompetensiya (o‘qitish natijalarini kuzata olishlik).
Muallifning ta’kidlashicha, maxsus kompetensiyalarning shakllanishi mashina haydash asoslari, tikuv ishlab chiqarish texnologiyalari, grafika, zamonaviy ishlab chiqarishni bilishga tayanadi.
SHunga ko‘ra maxsus kompetensiyalarning har birida batafsil to‘xtalamiz.
Pedagogning maqsadli kompetensiyasi eng turli xil maqsadlarni qo‘yish qobiliyatini ko‘zda tutadi. Kasbiy o‘qitish maqsadi ѐshlarda texnologik madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan, ta’lim jaraѐni mazmunini aniqlaydi, shakllangan bilim va qobiliyatlarni baholash mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Maqsadning anglanishi – kasbiy vazifalarni qo‘llashga bir qadamdir. Maqsadning qosil bo‘lishi va maqsadning qo‘yilishi muammosi butun pedagogik faoliyatning tizimni hosil qiluvchi tarkibiy qism hisoblanadi, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish qobiliyatiga pedagog mehnati natijalari bog‘liq. Maqsad og‘zaki ѐki ѐzma shaklda ifodalangan xulosalar jami sifatida yuzaga keladi. Maqsadli kompetentlikning shakllanishi shu bilan murakkablashtirilganki, unda oxirgi natija qay yo‘l bilan olingani emas, balki o‘zi ko‘rinadi. Afsuski, talabalar ko‘p holda qisqa yo‘l bilan borishni afzal ko‘radi – maqsadni tahlilsiz va oldindan aytib bera olmay, intuitiv ravishda aniqlaydi.
Mazmuniy kompetensiya kasbiy o‘qitish bosqichlaridan har birida ta’lim, tarbiya va rivojlanish mazmuni maqsadlariga ko‘ra aniqlash qobilyatidan iborat. Ta’lim mazmuni muhimi Davlat ta’lim standarti hisoblangan me’ѐriy hujjatlar bilan aniqlanadi.
O‘quv jarayonini samarali qo‘llash uchun bo‘lajak texnologiya tarbiyachisigaquyidagilarni bilish zarur: - umumta’lim tayѐrgarlikning har bir bos.ichida ko‘zda tutilgan hajmda texnologik ta’limning mazmuni; - ko‘rsatilgan mazmun hajmi doirasida talabalarning minimal zaruriy tayѐrgarligiga bo‘lgan talablar; - o‘qitish yillari bo‘yicha o‘quv yuklamaning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan maksimal hajmi.
Kasbiy o‘qitish bo‘yicha namunaviy dasturlar faqatgina umumta’lim bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarning yanada umumlashgan tayanch doirasini qamrab oladi va ishchi maktab va mualliflik o‘quv dasturlarini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular asosida milliy tarkibiy qismni aks etgan ishchi dasturlar tuziladi. Umumta’lim Davlat standartida milliymintaqaviy va mahalliy tarkibiy qismlarning mavjudligini hisobga olgan holda texnologiyaga o‘qitish ishchi dasturlari tuziladi. O‘z xalqi xususiyatini (xalq hunarlari, dekorativ-amaliy ijod, unda yashovchi xalqning o‘ziga xosligi) aks etuvchi ta’lim muassasasi ishchi dasturini ishlab chiqishda pedagog qobiliyati hamda o‘z axborot, texnik ta’minot, metodik salohiyati imkoniyatlarining hisobga olinishi va, tabiiyki, talabalar tayѐrgarligi darajasi pedagogning metodik etukligini isbotlaydi.
3. Pedagogning monitoringli kompetensiyasi qayta bog‘liqlik (nazorat muammosi) va real olingan natijalarni rejalashtirilganlar bilan qiѐslash, ya’ni ta’lim sifatini ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashda pedagog qobiliyatini tavsiflaydi. Ta’lim sifatini baholash ta’lim jaraѐni natijalarining aniqlanishini ko‘zda tutadi. SHu bilan bir vaqtda sifat – bu nafaqat ta’lim mahsuli to‘g‘ri kelishi kerak bo‘lgan me’ѐriy daraja, balki natijani ta’minlovchi ham mazmun, ham shartlar, ham jaraѐndir.
Biroq, zamonaviy talablar shundan iboratki, maxsus kasbiy kompetensiyalar zamonaviy kasb ta’limi pedagogi uchun etarli emas. Maxsus kasbiy kompetensiyalardan tash.ari kasb ta’lim pedagogining metodik, metodologik va pedagogik faoliyati madaniyatini aks etadigan kompetensiyalarga ham ega bo‘lish zarur. Mazkur kompetensiya turiga quyidagilarni kiritish mumkin: refleksiv, kognitiv, tashxisga oid, kommunikativ, ijtimoiy. Loyihaviy faoliyatning mazmunli tavsifini ѐritib beradigan kompetensiyalar turining har birida batafsil to‘xtalamiz.
1. Refleksiv kompetensiya pedagogning o‘z mehnatini integral, ajralmas qobiliyat bilan baholay olishi bilan bog‘liq. Gap uning vazifalari, maqsadlari, vositalari, shartlari, natijalari o‘rtasidagi sabab-oqibatli bog‘liqliklarni ko‘ra olish haqida yuritilmoqda.
Pedagogik tashxis – monitoringning tarkibiy qismi bo‘lib, u nazorat, tekshirish, baholash, statik ma’lumotlarning yig‘ilishi, ularning tahlili, dinamikaning aniqlanishi, ma’lumotlar oldindan ayta olishni o‘z ichiga oladi. Didaktik tashxis qilish maqsadi bo‘lib o‘quv jaraѐni samaradorligining o‘z vaqtida aniqlanishi, natijalari oqimi tahlili va baholanishi hisoblanadi.
Pedagog ayrim pedagogik qobiliyatlarni baholashdan o‘z malakasi, o‘z faoliyati natijaviyligi, xususiydan butunni baholashga o‘tishi zarur. Pedagoglarning o‘z-o‘zini bilishi tajribaning barcha tarkibiy qismlari uyg‘unlashgan birikmasi, boshqa shaxslar va o‘z-o‘zini bilishi asosida yuzaga keladi.
Bunda mos o‘z-o‘ziga baho berish, o‘z shaxsi va faoliyatning yutuqlari va kamchiliklariga bo‘lgan o‘ziga xos talabchanlik, o‘z ijodiy yutuqlari va kamchiliklari sababini tushuna olishi zarur.
Pedagog-olim E.S.Zair-Bek fikriga ko‘ra, pedagogning o‘z-o‘zini bilishi pedagog tomonidan o‘z shaxsi va faoliyati turli xil tomonlarining mos idrok qilinishi va tushunilishiga ѐrdam beradigan refleksiv gnostik vazifalarning muayyan yig‘indisi jaraѐnini bildiradi. Talablar yo‘nalganligi va xususiyatini e’tiborga olib, autopsixologik kompetentlik shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan gnostik vazifalar uch guruhga bo‘linadi: a) perseptiv-refleksiv vazifalar; b) diagnostik vazifalar; v) prognostik vazifalar. Pedagogik refleksiya metodik faoliyatda – bu qiyindan (ikkilanishlar) o‘z-o‘zi bilan muhokama qilishga va undan chiqishni izlashga bo‘lgan ketma-ket harakatlar jaraѐni.
Refleksiya – kasbiy faoliyatni doimo tahlil qilish va har bir bosqichni baholashga bo‘lgan majmuali fikrlash qobiliyatidir. O‘z ichiga bir qator asosiy intellektual qobiliyatlarni oladigan refleksiv qobiliyatlar ѐrdamida noaniqliq shart-sharoitida o‘z kasbiy faoliyatini boshqarish mumkin. SHu bilan birga olib qaralganda bu “asosiy qobiliyatlar” o‘ziga xos refleksiv texnologiyani tashkil qiladi, uning yordamida pedagogning kasbiy tajribasi va mahorati takomillashadi1.
Asl pedagogik yo‘nalaganlikning yaqqol ko‘rsatkichi bo‘lib kasbiymetodik faoliyat sohasida qo‘yilgan maqsadlarga erishishda, uzuluksiz ravishda kasbiy tayѐrgarlikni takomillashtirishga intilishda individning ehtiѐji bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqishlar va istaklar hisoblanadi. Pedagogning ijodiy individualligini idrok qiluvchi yo‘nalganlik asosini ma’naviy qiziqishlar va ehtiѐjlar tashkil qiladi. Ularga umummadaniy, maxsus va psixologik-pedagogik bilimlarga ehtiѐj va ularning qadrini tan olishni kiritamiz. Psixologik fan bilan o‘z faoliyati natijalariga erishishga xodimlarning asoslanishlari uch ko‘rsatkichi ajratiladi:
1) erishilgan natijalarning baholanishi;
2) ularning umumiy foydaliligi va ijtimoiy a.amiyatining aniqlanishi;
3) erishilgan natijalardan keyin xodim uchun olingan oqibatning baholanishi.
Faoliyat jaraѐnida amalga oshiriladigan kasbiy-pedagogik o‘z-o‘zini takomillashtirish motivatsiyasi pozitiv oqibatlarning anglanishi, ijtimoiy ahamiyat va o‘z yutuqlarining qadrini ko‘zda tutadi. Motivatsiya funksiyasi qo‘llanilishi samaradorligi bo‘lajak pedagoglarning o‘z-o‘zini qo‘llashi, ular bilan o‘z shaxsiy ijodi salohiyatining rivojlanishi va ochib berilishi imkoniyatlari bilan baholanadi, bu esa yuqori oxirgi natijalar va ijodiy mustaqil rivojlanishga asos soladigan shart-sharoitlar va undovchi stimullarni yaratishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |