1. Kompetensiya turlari. Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to’g’risidagi fikrlari



Yüklə 153 Kb.
səhifə3/14
tarix04.10.2023
ölçüsü153 Kb.
#129650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1 Maruza

Kognitiv kompetensiya o‘z kasbiy darajani doimo oshirishga tayѐrlik, mustaqil ravishda yangi bilim va qobiliyatlarni egallay olish, mustaqil rivojlanish g‘oyalarini qo‘llash va o‘z metodik kompetentligini muntazam boyita olishni tavsiflaydi.

Pedagog-olim E.S.Zair-Bek mustaqil rivojlanish jaraѐnini “...pedagogik qarorning to‘g‘ri keladigan variantini tanlash uchun mos asosni aniqlash va sodir etilgan refleksiya harakatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib chiqish; bu topilgan variant shaxsiѐt boshqarilishini tizimli tashkiliga kiritiladi, u pedagogik harakat sub’ekti ehtiѐjlari, maqsadlari va motivlari shakllanishiga etarli darajada sabab bo‘ladi, uning shaxsiy xislatlari shakllanishiga ta’sir qiladi, o‘z-o‘zini ifodalashga intilishni shartlab beradi”.
3. Pedagogning axborot kompetensiyasi maxsus va kasb-pedagogik bilimlar va fikrlash usullaridan tashqari bo‘lajak kasb ta’limi pedagogi tomonidan kasbiy faoliyat jaraѐnida kerakli axborotning olinishi, qayta ishlanishi va ishlatilishida maxsus qobiliyatlarning egallanishini ko‘zda tutadi. Funksional tobe pedagogik, axborot, metodologik, psixofiziologik vosita va metodikalar majmuasini qo‘llash orqali ta’lim tashxisiga erishishga qaratilgan yangi axborot texnologiyalarining egallanishi alohida o‘rin tutadi. YAngi axborot texnologiyalarining instrumental tizimi asosan – bu shaxsiy kompyuter. U multimedia va gipermedia prinsipidan foydalanish, CD-ROM (Compact Disc Read Only Memory)lar asosida qurilgan.
Axborot kompetentligining egallanishi ahamiyati shundan iboratki, pedagog taxsil oluvchi ustunliklarini hisobga ola olsin, ko‘p darajali dasrliklardan, avtomatlashgan o‘fitish va nazorat tizimlaridan foydalanishda har bir talabaning o‘quv faoliyati haqida tizimli tasavvurni ta’minlay olsin.
4. Kommunikativ kompetensiya pedagog kommunikativ faoliyati xususiyatlari, bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglari bilan o‘zarota’siri o‘ziga xosligini tavsiflaydi. Urg‘u didaktik (tarbiyaviy va ta’limiy) maqsadlarga erishishga qaratilgan pedagogik faoliyat samaradorligi bilan kommunikatsiya aloqasiga beriladi.
Kommunikativ kompetensiya yuqori darajadagi muloqotga erishishga ѐrdam beradigan usullarni o‘z ichiga oladi. Ularga boshqaning tutgan o‘rnini muloqotda tushuna olish, uning shaxsiga qiziqish bildirish, bo‘lajak kasb ta’limi pedagogi shaxsi rivojlanishi, xulq-atvori jihatlari bo‘yicha ichki holatini tushuntirib bera olishi va o‘qiy olish, noverbal muloqot vositalarini (mimika, imo-ishoralar) egallash, bo‘lajak kasb ta’limi pedagogi nuqtai nazariga tura olish va boshqa odam bilan ishonch muhitiga yo‘naltirish, ritorika usullarini egallash, baholovchi, ayniqsa, intizomlashtiruvchi tashkil qilinadigan ta’sirlarni ishlatish, o‘qitish jaraѐnida demokratik uslubning ustunligi, pedagogik vaziyatning ayrim jihatlariga yumor bilan qaray olish kiradi. 5. Ijtimoiy kompetensiya metodik tayѐrgarlik darajasini oshirish ijtimoiy ahamiyatini anglash, taklif qilingan yangi metodik ѐndashishlar va ularning qo‘llanilishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati ko‘rsatkichi, shaxsiy qiziqishlarning aniq bo‘lajak kasb ta’limi, ta’lim muassasasi, jamiyat ehtiѐjlari bilan bog‘liqligining namoѐn bo‘lishi hisoblanadi. U axloqiy madaniyat, ideallar, ma’naviy qadriyatlarni tavsiflaydi. Bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarida uslubiy tayѐrgarlikni mustaqil loyihalashtirishga ijtimoiy tayѐrlik tarkibiy qismi rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar bo‘lib yuqori axloqiy ehtiѐjlar va umumshaxsiy va kasbiy o‘z-o‘zini takomillashtirish dalillari; faol haѐtiy pozitsiya; doirasida haѐt tushuniladigan o‘z asl vazifasini topish va u haqda qayg‘urish “to‘g‘ri yo‘l” hissi, aynan shunday o‘zini amalga oshirish zaruriyatiga ishonch bilan kuzatiladigan kechinma hisoblanadi. Hech qanday ma’muriy metodlar bilan boshqarish metodik tayѐrgarlikning mustaqil loyihalashtirilishi, erishish usullarini mustaqil tanlash orqali mustaqil qo‘yilgan maqsadga erishishni rag‘batlantiruvchi o‘z mehnati ijtimoiy ahamiyatiga asoslanadigan mustaqil tashkil qilingan pedagog faoliyati bilan sifatli samara bo‘yicha tenglasha olishga qodir emas.
“Kompetensiya”, “kasbiy kompetentlik”, “loyihaviy faoliyat” haqidagi olimlarning nuqtai nazarlarining batafsil tahlili, kasbiy kompetentlikning asosiy tarkibiy qismlari (A.K.Markovaga ko‘ra) hamda loyihaviy faoliyat xususiyatlari va tuzilishini aniqlagandan keyin o‘z ishimizda yana bir, fikrimizcha, kasbiy kompetentlikning muhim bo‘lgan tarkibiy qismi – loyihaviy kompetensiyani aniqlash va izohlab berishga urindik.
Loyihaviy kompetentlik, birinchidan, kasb ta’limi va zamonaviy pedagogning raqobatdoshligini ta’minlash masalalarini hal etishda muhim o‘rin tutadi, sababi tahsil oluvchilar ta’limi sifatini oshiruvchi pedagogik loyihalarni ta’lim jaraѐniga tayѐrlash va joriy etish uchun zaruriy bo‘lgan bilim, qobiliyat va shaxs xislatlari yig‘indisini bildiradi.
Ikkinchidan, pedagogning loyihaviy kompetentligi loyihaviy faoliyat samaradorligini ta’minlovchi pedagogik vazifalarni hal etish shartlarining o‘zgarishlariga ko‘ra o‘zgaruvchan, dinamik, o‘z vaqtida to‘g‘rilanadigan kompetensiyalar majmuasini bildiradi.
Umumiy ko‘rinishda u kasbiy amaliѐtda mavjud bo‘lgan loyihaviy faoliyatning amalga oshirilishi tajribasini natijaviy qo‘llash qobiliyati va tayѐrligida ifodalanadi va umumiy kasbiy-pedagogik kompetentlikning qismi bo‘lib hisoblanadi, uning shakllanishi bo‘lajak mutaxassislar tayѐrgarligining barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Uchinchidan, loyihaviy kompetentlik – nostandart loyihaviy fikrlashning shakllanishi, innovatsion pedagogik strategiyalarning egallanishi yuqori darajasi va pedagogik faoliyat mazmuni, vositalari va metodlari, shartlari o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan loyihaviy qobiliyatlar va kompetensiyalar majmuasini egallashning yuqori darajasidir.

Yüklə 153 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin