1-лаборатория иши



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə35/42
tarix18.09.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#129033
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
fizlab mexanika

Sinov savollari

  1. Tovush to’lqinlari nima?

  2. Turg’un tovush to’lqinlari qanday hosil qilinadi?

  3. Tovush to’lqinlarining to’lqin uzunligi va tezligi qanday aniqlanadi?

  4.  nima va u qanday qiymatlarni qabul qiladi?

  5. Qurilmaning ishlashini tushuntiring?



1 - LABORATORIYA ISHI
ELEКTR O‘LCHOV ASBOBLARINI O‘RGANISH

Asosiy elektr o‘lchov asboblari. Elektr o‘lchov asboblarining barchasi quyidagi xususiyatlari bo‘yicha klasslarga bo‘linadi;


a) o‘lchanadigan kattalikning to‘ri bo‘yicha: ampermetrlar, voltmetrlar, ommetrlar, schyotchiklar, vattmetrlar va boshqalar;
b) tokning to‘ri bo‘yicha; o‘zgarmas tok asboblari, o‘zgaruvchan tok asboblari, hamda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok asboblari;
v) ishlash prinsipi bo‘yicha: magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, induksion, issiqlik, elektrostatik va boshqalar;
g) aniqlik darajasi bo‘yicha:
0,1; 0.2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5; 4,0 klasslar.



Sistema

Shartli belgi

Magnitoelektrik

Elektromagnit

Elektrodinamik

Issiqlik

Elektr o’lchov asboblari


Aniqlik klasslari 0,1; 0,2; 0,5 bo‘lgan asboblar aniq laboratoriya o‘lchovlarida qo‘llaniladi va pretsezion asboblar deb aytiladi.


Asbobning lahza qismiga uning ishlash prinsipi, tokning to‘rini o‘z­garmas (-) yoki o‘zgaruvchanligi /~/, asbobning o‘rnatilishi usuli (vertikal //.gorizontal/-^/), izolyatsiy‘ani teshuvchi kuchlanish kattaligi /2kV/ ning aniqlik klassi yozib qo‘yiladi.
Elektr o‘lchov asboblari tizimlarining belgilari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Elektr o‘lchov asboblari harakatchan va qo‘zg‘almas qismlardan iborat bo‘ladi. O‘lchov vaqtida harakatchan qismning aylantiruvchi momenti prujina yoki unga qurilmaning aks ta’sir kuchi bilan muvozanatlanadi.
Bunday muvozanat holatida asbobning ko‘rsatkichi ma'lum burchagini aniqlab beradi. Asbob ko‘rsatkichining burilish burchagi bilan o‘lchanayotgan kattalikning qiymati o‘rtasidagi bog‘lanishni bilgan holda, o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini topish imkoniyatini beradigan shkalani tuzish mumkin. Detallarning tutqichlaridagi ishqalanish va boshqa shu kabi sabablar asbobning aniqligiga ta’sir qiladi, ya'ni xatolik kiritadi. Asbobning ko‘rsatishiga tuzatishlar ushbu asbobni tekshirish orqali kiritiladi.

Asbobning sezgirligi deb son qiymati jihatidan asbobning harakatchan qismi burilish burchagi orttirmasining o‘lchanayotgan kattalik orttirmasiga bo‘lgan nisbatiga teng kattalikka aytiladi. O‘lchanayotgan kattalikning orttirmasi doimiy to‘rganda og‘ish burchagining orttirmasi qancha katta bo‘lsa, ushbu asbob bilan shunchalik kichik kattaliklarni o‘lchash mumkin va asbobning sezgirligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, agar burchakning orttirmasi df tokning dl orttirmasiga to‘g‘ri kelsa, u holda sezgirlik


S1=d/dl
ga teng. Sezgirlikka teskari bo‘lgan kattalik C= l/S1 «asbob bo‘limining qiymati» deb aytiladi, ya'ni C elektr kattalikning asbob ko‘rsatkichini bir bo‘limiga og‘diradigan qiymatini ko‘rsatadi. Masalan, O dan 250 voltgacha kuchlanishni o‘lchay oladigan asbobga ega bo‘laylik. Bu asbobning shkalasi 50 ta (mayda) bo‘limdan iborat. Bunda shu asbobning sezgirligi
S1 = d/dU = 50 / 250 = 0,2Bul/V ga teng.
Bo‘limning qiymati
C = 1/S1 = 250/50 = 5V/Bul
Asboblar qismlari konstruksiyasidagi ba'zi bir xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tamiz. Asbobning shkalasi o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Bo‘limlar oldidagi raqamlar shkalaning nolidan boshlab bo‘limlarning sonini (odatda aniqlik klassi 0,2; 0,5 bo‘lgan asboblarda shunday yoki o‘lchanayotgan kattalikning bevosita son qiymatini qolgan aniqlik klassidagi asboblar uchun) ko‘rsatadi.
Birinchi holda o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini topish uchun asbobning bir bo‘limi qiymatini (ba'zan asbobning doimiysi deb aytiladi) topish va uni sanalgan bo‘limlar soniga ko‘paytirish kerak. Sanashda ko‘z nuri shkalaga perpendikulyar to‘rishi kerak, aks holda parallaks hisobiga xatolik paydo bo‘lishi mumkin. Кo‘zguli shkalalar parallaksdan xolis bo‘lishga imkon beradi. Bunday shkala bo‘yicha sanalganda kuzatuvchi ko‘zini shunday joylashtirishi kerakki, asbob nayzachasining uchi o‘zining ko‘zgudagi tasvirini yopib to‘rsin.
Asboblar konstruksiyasi jihatidan ma'lum holatda to‘rib ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Asbobning shkalasida vertikal yoki gorizontal holatda ishlatilishini bildiradigan belgi ko‘rsatiladi.
Asboblarning harakatchan qismini tinchlantirish vaqtini qisqartirish maqsadida maxsus tormozlovchi qurilmalardan (dempferlardan) foydalaniladi.
Magnitoelektrik tizimdagi asboblar. Magnitoelektrik tizimdagi o‘lchov asboblarining ishlash prinsipi doimiy magnitning maydoni bilan yengil harakatchan g‘altak (ramka) orqali o‘tayotgan tok o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashishiga asoslangan.
1-rasmda shu tizimdagi asboblarning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. Qo‘zg'almas halqasimon A magnit yumshoq temirdan yasalgan B qutblarga ega bo‘lib, bu qutblar yaxlit temir o‘zak C ni o‘rab to‘radi. O‘zak bilan magnit qutblari orasidagi halqasimon magnit oralari mavjud. O‘zak bilan bir o‘q atrofida harakatchan yengil to‘rtburchakli ramka aylanib to‘radi va ramka izolyatsiyalangan ingichka sim chulg‘amga ega. Ramka o‘zak bilan magnit qutblari orasidagi havo bo‘shlig'ida erkin aylanib to‘rishi mumkin. Ramka harakatchan tizimning asosiy qismini tashkil qilib, bu tizim tarkibiga strelka S ham kiradi.

1-rasm.
Harakatchan tizim magnit xususiyatiga ega bo‘lmagan materialdan yasalgan va ramka chulg‘amining uchlariga tok keltirish hamda ramkaning aylanishiga aks ta’sir ko‘rsatishi zarur bo‘lgan spiralsimon prujinalardan iboratdir. Magnitning magnit maydoni bilan ramka orqali o‘tayotgan tok o‘rtasidagi ta’sirlashish natijasida aylantiruvchi moment paydo bo‘lib, bu moment ta’sirida asbobning harakatchan qismi o‘z o‘qi atrofida buriladi. Ramka chulg‘amiga tok uzatuvchi prujinalar aks ta’sir momentini ham vujudga keltiradi.


Asbobning harakatchan qismi burilish burchak a bilan ramka chulg‘ami orqali o‘tayotgan tokning kattaligi I o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha:

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin