Ishning maqsadi: Dyulong-Pti qurilmasi yordamida suvning hajm kengayish koeffitsientini aniqlash.
Ishning nazariyasi
Hajm kengayish koeffitsienti deb, suyuqlik 1 C ga isitilganda, hajmning nisbiy o’zgarishini ko’rsatadigan kattalikka aytiladi.
Hajm kengayish koeffitsientini quyidagi formula bilan aniqlanadi:
1
Bunda: V0-suyuqlikning 0 C dagi hajmi. V-suyuqlikning t C ga isitilgandan keyingi hajmi.
1 tenglamani V ga nisbatan yechsak, quyidagi ifoda hosil bo’ladi:
V=V0(1+t) 2
Isitilganda suyuqlik bilan bir qatorda solingan idishning hajmi ham o’zgaradi. Shuning uchun suyuqliklarning haqiqiy hajm kengayish koeffitsientini aniqlash qiyin. Dyulong va Pti suyuqliklarning haqiqiy hajm kengayish koeffitsientini aniqlash uchun tutash idishlardan foydalanishni tavsiya etdilar. Tutash idish tirsaklaridagi bosim bir xil bo’lishi kerak.
Ya’ni: R1=R2,
Ma’lumki: R1=N11g, R2=N22g 3
Bu yerda R1 va R2 – birinchi va ikkinchi tirsaklardagi suyuqlik ustunchalarining bosimlari N1 va N2 – mos ravishda tirsaklardagi suyuqlik ustunlarining balandliklari, 1,2 – birinchi va ikkinchi tirsaklardagi suyuqliklarning zichliklari, g-erkin tushish tezlanishi. 3 formuladan:
H11=H22 yoki 4
Кelib chiqadi. Demak, tutash idishlardagi suyuqlik balandliklari suyuqlik zichliklariga teskari proporsional bo’lar ekan.
Bu formulani bir xil suyuqlik uchun tutash idishning tirsaklaridagi temperaturalar turlicha bo’lgan hol uchun ham qo’llash mumkin. Suyuqlik isitilganda, uning zichligi, V hajmiga teskari proporsional ravishda o’zgaradi:
5
bu formulaga V1=V0 (1+t2) larni qo’yamiz, bunda V1-t1 temperaturadagi hajm, V2 esa t2 temperaturadagi hajm. Natijada quyidagi formula kelib chiqadi:
6
5 formulani 3 bilan tenglashtiramiz:
7
7 tenglamani ga nisbatan yechib, quyidagini hosil qilamiz:
8
N1, N2, t1 va t2 larni o’lchab tutash idish tirsaklaridagi suyuqliklarning hajm kengayish koeffitsientini topish mumkin.