Er uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga olish Er uchastkalariga kadastr raqamlarini berish jarayonini tartibga solish va navbatdagi kadastr raqamlarini to‘g‘ri aniqlash maqsadida, berilgan kadastr raqamlari muntazam ravishda hisobga olib boriladi.
Er uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga olish maxsus reestrda elektron kartotekasi sifatida standart dasturlardan foydalanib amalga oshiriladi.
Er uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga olish reestri har bir tumanda (shaharda) mavzelar bo‘yicha elektron shaklida yuritiladi.
Reestrning boshida xududning, zonaning, massivning va mavzening kodi keltiriladi. Kadastr raqamlarini hisobga olish reestrida er uchastkasidan foydalanuvchining nomi, er uchastkasiga berilgan kadastr raqami, er uchastkasidan foydalanish turi, er uchastkasining
maydoni, kadastr raqamining bekor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettiriladi.
Er uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga olish reestri quyidagi tartibda tuldiriladi:
2-ustunda – erdan foydalanuvchi yuridik shaxsning rasmiy qisqartirilgan nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi va to‘liq ismi-sharifi;
3-ustunda – er uchastkasiga berilgan to‘rt razryadli o‘nli son kodi;
4-ustunda – er uchastkasidan foydalanish turi (ma’muriy bino, ishlab chiqarish, do‘qon, oshxona, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, turar joy va h.q.);
5-ustunda – er uchastkasining maydoni, gektarlarda;
6-ustunda – kadastr raqami bekor qilingan taqdirda “bekor qilindi” deb yoziladi va er uchastkasining o‘zgartirilishiga asos bo‘lgan hujjat nomi va sanasi yoziladi.