1-Ma’ruza: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Til – eng muhim aloqa vositasi va ijtimoiy hodisa. Tillarning kelib chiqishi va o‘zaro munosabatlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə7/8
tarix13.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#125226
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma\'ruza

Superstrat hodisasida esa, kelgindilar tili mahalliy til bilan kurashib, unga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi, lekin uni siqib chiqara olmaydi. Bunga Britaniya orolining normandlar tomonidan bosib olinishi va normand tilining ingliz tiliga o‘tkazgan ta’siri eng yaxshi misol bo‘la oladi.
Nazorat savollari:
1. Tilshunoslik fani nimalarni o‘rganadi?
2. «Tilshunoslikka kirish» kursining vazifasi nimalardan iborat?
3. «Umumiy tilshunoslik» kursi o‘z oldiga qanday masalalarni qo‘yadi?
4. «Umumiy tilshunoslik» va «Tilshunoslikka kirish» fanlarining o‘rganish ob’yekti va ular orasidagi farqni tushuntiring.
5. Nima uchun til ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi?
6. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishida jamiyatning roli qanday?
7. Til va tafakkur orasida qanday bog‘liqliklar mavjud?
8. Tilni tilshunoslikdan tashqari yana qaysi fanlar o‘rganadi?
9.Tilni boshqa fanlarning ham o‘rganish sohasi sifatida olib, makrolingvistika va mikrolingvistika atamalarini sharhlab bering.
10. Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar to‘g‘risida gapirib bering.
11. Tilning shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida gapirib bering.
12. Tillarning o‘zaro munosabatlarida qanday qonuniyatlar amal qiladi?
Tayanch ibora va tushunchalar (glossariy)
1. Til - aloqa-aralashuv vositasi, tilshunoslik - tilga xos xususiyatlarni o‘rganuvchi fan.
2. Xususiy tilshunoslik ma’lum bir tilning lug‘at tarkibi, fonetik sistemasi va grammatik qurilishini o‘rganadi,
3. Umumiy tilshunoslik til bilan tafakkur, tilning kelib chiqishi, jamiyatdagi o‘rni, taraqqiyot yo‘llarini o‘rganuvchi fan.
4. Makrolingvistika til hodisalarini keng miqyosda boshqa fanlar bilan birgalikda o‘rganadi, mikrolingvistika esa tilning ichki tuzilishini, fonetik, leksik va grammatik hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
5. Ekstralingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi fandir. .
6. Intralingvistika tilning ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadi.
7. Komparativistika qiyosiy-tarixiy tilshunoslik.
8. Kommunikativ lingvistika tilni aloqa-aralashuv vositasi sifatida o‘rganadigan, til va nutq, tilning jamiyatdagi asosiy vazifasi va o‘rni masalalari bilan shug‘ullanadigan sohadir.
9. Integratsiya (mujassamlashuv) turli shevalarning umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda adabiy tilga birlashishi, differensiatsiya (farqlanish) tillarning shevalarga parchalanishidir.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin