1-Ma’ruza: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Til – eng muhim aloqa vositasi va ijtimoiy hodisa. Tillarning kelib chiqishi va o‘zaro munosabatlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə3/8
tarix13.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#125226
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma\'ruza

Til eng muhim aloqa vositasi. Til ko‘p qirrali murakkab hodisa. Tilning bu xususiyati olimlar tomonidan unga berilgan turlicha ta’riflarda ham ko‘zga tashlanadi:
"Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuyidir“ (F.De Sossyur).

"Til - odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik harakatidir» (L.Blumfilpd).

"Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuyidir" (B.Grosse).
Demak, til o‘ziga xos ishoralar sistemasi, ya’ni semiologik sistema tarzida jamiyatdagi eng muhim aloqa kuroli, jamiyat tafakkurining taraqqiy etishini ta’minlovchi, avloddan - avlodga madaniy-tarixiy me’ros va an’analarni yetkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi.
Tildan boshqa barcha signallar sistemalari sun’iydir. Ular insonlar tomonidan yaratiladi va sharoitga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Sun’iy vositalarning yaratilishida barcha insonlar emas, balki mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir guruh ishtirok etadi. Til esa odamlarning istak-xohishlariga bog‘liq bo‘lmaydi, uni jamiyat a’zolari o‘z ixtiyorlari bilan o‘zgartira olmaydi. Boshqa signal sistemalari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo‘shimcha vosita sifatida namoyon bo‘ladi hamda tilni to‘ldiradi.
Til – ijtimoiy hodisa. Kishilik jamiyatiing tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatining asosiy aloqa vositasi sanalgan til va uning xususiyatlari borasida har xil qarashlar vujudga kelga. Ma’lum toifa olimlar tilni hayvon, o‘simlik kabi jonli narsalarga o‘xshatib, tilni hayvon, o‘simlik kabi tabiatdagi tirik organizm deb tushunganlar. Ularning fikricha, til tirik organizm singari, tabiat qonunlariga itoat qilgan holda tug‘iladi, o‘sadi va taraqqiy qiladi, so‘ng eskirib, o‘ladi.
Ma’lumki, XIX asrda Ch.Darvin ta’limoti vujudga kelishi bilan bu nazariya qator fanlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Albatta, tilshunos olimlar ham bu nazariya ta’sirida tilni tabiiy vosita sifatidagina e’tirof etdilar (Myuller, Shleyxer - nemis tilshunoslari).
Ko‘rinadiki, til tabiiy-biologik hodisa bo‘lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiluvchi sinfga bog‘lik bo‘lmagan ijtimoiy hodisadir. Shunga ko‘ra quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
- til muayyan jamiyatda shakllanadi, taraqqiy etadi va shu jamiyat uchun xizmat kiladi;
- til tabiiy-biologik emas, ijtimoiy hodisadir;
- til kishilarning tabiiy-irqiy belgilariga aloqador bo‘lmaydi;
- til jamiyatning ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan ijtimoiy hodisa sanaladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin