Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib va suvdayuvilgan bargning tashqi tuzilishi xloralgidrat eritmasida mikroskop ostida ko‘riladi (3-pacm). Barg plastinkasining ustki epidermis hujayralari biroz egri-bugri devorli, ba’zan tasbehsimon qalinlashgan, pastki epidermis hujayralarining devori ko‘proq egri-bugri. Ustitsalar, efir moyli bezlar va tuklar bargning har ikala tomonida joylashgan, lekin pastki tomonida ko‘proq. Ustitsalar ikkita epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan, ularning devorlari ustitsa yorig‘iga nisbatan perpendikulyar holda bo‘ladi. Efir moyli bezlar radius bo‘yicha joylashgan efir moyi ishlab chiqaruvchi 8 ta hujayradan tashkil topgan. Tuklar ikki xil: oddiy, 1-5 hujayrali, so‘galli va ko‘p miqdorda hamda bir hujayrali oyoqchali va bir hujayrali, oval shaklli boshchali tuklar bo‘lib, ular butun barg plastinkasi bo‘ylab uchraydi. Efir moyli bezlar o‘rnashgan erda epidermis hujayralar radius bo‘yicha joylashib, rozetka hosil qiladilar.
7 – AMALIYMASHG’ULOT. TARKIBIDA SESKVITERPENLAR BO‘LGAN EFIR MOYI SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH
MOYCHECHAK GULI – FLORES CHAMOMILLAE
Mahsulotning mikroskopik tuzilish. Har ikkala moychechako‘simligining savatchalari suvda qaynatilib, naychasimon va tilsimon gullari lupa hamda mikroskop ostida ko‘riladi (1- rasm).
Efir moyi ishlab chiqaradigan bezlar gul qismlari (tojbargi, o‘ramabarg va onalik tugunida) epidermal to‘qimasining ustki qismiga joylashgan. Bezlar tashqi ko‘rinishi bilan (ustki tomondan) sakkiz raqamini eslatadi, yon tomonidan kutikula bilan o‘ralgan, 2 qator 4 qavat (yoki 3 qavat) joylashgan 8 ta (yoki 6 ta) efir moyi ishlab chiqaradigan hujayralardan tashkil topgan. O‘ramabarg va gul o‘rnidagi o‘tqazuvchi to‘qima bog‘lamlari yonida doimo efir moyli joylar bo‘ladi.
ANDIZ ILDIZPOYASI VA ILDIZI – RNlZOMATA ET RADICES INULAE Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.Sovuq yo‘l bilan(suv va glitserinaralashmasida) yumshatilgan ildizni ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi va uni xloralgidrat eritmasida mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm).
Ildizning ko‘ndalang kesimida ko‘p qatorli kulrang-qo‘ng‘ir tusli po‘kak, po‘stloq va yog‘och qism (ksilema)lar ko‘rinadi. Po‘stloq parenximasi yirik hujayralardan tashkil topgan. Ikkilamchi po‘stloqda lub qismi mayda, guruh- - guruh holidagi hujayralar ko‘rinishiga ega. Kambiy qismi yaqqol ko‘rinadi. YOg‘och qismida – ksilemada yirik suv naylari (ayniqsa kambiyaga yaqin joylarda) uchraydi. Po‘stloq va yog‘och qismlarda dumaloq yoki oval shaklli, yirik, sxizogen tuzilishidagi smola va efir moyi saqlovchi joylar bor. Ularning efir moyi va smola ishlab chiqaruvchi hujayralari yaxshi ko‘rinadi.