Kristall holidagi polisaxaridlar (oligosaxaridlar yoki qandsimon polisaxaridlar). Oligosaxaridlar geksozalar va pentozalardan tashkil topgan kristall holdagi, shirin, suvda yaxshi erishi natijasida chin (haqiqiy) eritma hosil qiladigan hamda molekula og‘irligi turg‘un bo‘lgan moddalardir. YUqori polisaxaridlar (qandsimon bo‘lmagan polisaxaridlar,poliozlar). Bu birikmalar mazasi shirin bo‘lmagan, suvda erimaydigan yoki suvda erigan holda kolloid eritma hosil qiladigan yuqori molekulali birikmalar, polimerlardir. YUqori polisaxaridlar glikozidlarga o‘xshash efir tipidagi birikmalar bo‘lib, gidroliz natijasida oligosaxaridlar va monosaxaridlarga parchalanadi.
YUqori polisaxaridlar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi:
a) gomopolisaxaridlar - bir xil qand qoldiqlaridan tashkil topgan ya’ni glyukozadan tashkil topgan glyukanlar (kraxmal, glikogen, dekstrin, sellyuloza, laminaran), fruktozadan tashkil topgan polifruktozanlar (inulin), mannozadan tashkil topgan mannanlar, galaktozadan tashkil topgan galaktanlar va boshqa birikmalar;
b) geteropolisaxaridlar – ikkita turli qand qoldiqlaridan (glyukoza va mannozadan) – glyukomannan – eremuran; galaktoza va mannozadan (galakto-mannanlar), bir necha xil monosaxarid qoldiqlaridan (o‘simlik shilliq moddalari, daraxt elimlari), geksuron (galakturon) kislotalardan (pektin moddalar) yoki ba’zan qand qoldiqlari bilan uglevod bo‘lmagan birikmalar (aminokislotalar, peptidlar va boshqalar) ishtirokida tashkil topgan birikmalar.
Polisaxaridlardan bo‘lgan kraxmal, shilliq moddalar, daraxt elimlari va pektin moddalar tibbiyotda hamda farmatsevtika sohasida ishlatiladi. Bu birikmalarning kimyoviy tuzilishi va xossasi turlicha bo‘lganligi uchun tahlil qilish usullari ham turlichadir.
Kraxmal (Oxor) - Amylum Kraxmal o‘simlik tuqimalaridagi fotosintez jarayonining mikroskopda ko‘rinadigan birinchi mahsuloti. U polisaxaridlar aralashmasidan iborat bo‘lib, umumiy formulasi (C6H10 O5)n Kraxmal o‘simliklar dunyosida juda keng tarqalgan bo‘lib u o‘simliklarda juda oz miqdordan 86 % gacha bo‘lishi mumkin. Kraxmal xlorofilli organlarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘ladi. Acta-sekin barglardan shox hamda poyalar orqali o‘tib, meva va urug‘da yoki o‘simlikning er ostki organlarida (ildiz, ildizpoya, tuganak va piyozlarida) yig‘iladi. SHuning uchun o‘simliklarda assimilyasion, tranzit va zaxira kraxmallar bo‘ladi. Kraxmal acocan donli o‘simliklarning meva, urug‘ida, ko‘p yillik o‘t o‘simliklarda esa er ostki organlarida to‘planadi. Ba’zan poyada ham ko‘p miqdorda kraxmal to‘planishi mumkin (palma daraxtining ba’zi turlarida) .
Qishga to‘plangan zahira kraxmal o‘simliklar uchun oziq modda sifatida xizmat qilsa, shuningdek tibbiyotda, farmatsevtikada hamda oziq-ovqat sanoati va boshqalarda ham ishlatiladi.