1.Tarkibida polisaxaridlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar vamahsulotlar.
2.Tarkibida vitaminlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar.
3.Tarkibida lipidlar(yog‘lar va yog‘simon moddalar)bo‘lgan dorivoro‘simliklar va mahsulotlar.
4.Tarkibida terpenoidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar.
Tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar.
6.Tarkibida glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar.
a) Tarkibidamonoterpenglikozidlar(achchiqmoddalar)bo‘lgandorivoro‘simliklar va mahsulotlar;
b)Tarkibidayurakglikozidlari(steroidglikozidlar)bo‘lgandorivor,o‘simliklar va mahsulotlar;
v) Tarkibida triterpin glikozidlar (triterpin saponinlar) hamda steroid saponinlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahcylotlar;
7. Tarkibida fenol unumlari bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar.
a) Tarkibida oddiy fenollar, ularni unumlari va glikozidlari (fenolglikozidlar) bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar; b) Tarkibida lignanlar bo‘lgan dorivor o‘simlik va mahsulotlar;
v)Tarkibidaantratsenunumlarivaularningglikozidlari(antra-glikozidlar) bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar;
g) Tarkibida flavonoidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar;
d)Tarkibidakumarinlarvaxromonlarbo‘lgan dorivoro‘simliklarvamahsulotlar;
e) Tarkibida oshlovchi moddalar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar;
8.Tarkibida kam o‘rganilgan,turli biologik faol moddalar bo‘lgandorivor o‘simliklar va mahsulotlar.
Farmakognoziya fanining oxirida shuningdek hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulotlar ham o‘rganiladi.
4-MAVZU. FIZIOLOGIK FAOL MODDALAR O‘simliklarning kimyoviy tarkibi murakkab va turlicha bo‘ladi. Ular tarkibida uglevod, oqsil va moylardan tashqari, inson organizmi uchun foydali va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vitaminlar, fermentlar, organik kislotalar, fenollar va ularning xosilalari, efir moyi, turli glikozidlar, alkoloidlar, oshlovchi moddalar, minerallar kabi biologik faol moddalar mavjud. Bu moddalar hayot faoliyatimizda juda muhim jarayonlarning borishida ishtirok etadi.
Biologik faol moddalar o‘simliklar hujayrasida to‘xtovsiz ravishda biokimyoviy o‘zgarishlar yuz berib turishi natijasida yuzaga keladi. Ular ma’lum vaqt va sharoitda turli o‘zgarishlarga uchraydi. Buning natijasida ular boshqa birikmalarga aylanadi, murakkab molekulali moddalar sintezida ishtirok etadi yoki o‘zidan energiya chiqarib, oddiy birikmalarga parchalanib ketadi.
Bunday birikmalar engil hazm bo‘ladi, yurak-qon tomirlari, asab sistemasi, me’da–ichak yo‘li, jigar, buyrak, nafas yo‘llari, modda almashinuvining buzilishi va boshqa kasalliklarning oldini olish hamda davolashda keng qo‘llaniladi. Biologik faol moddalar hayot uchun zarur birikmalardir. Ularning asosiy manbai o‘simliklar hisoblanadi. Biologik faol moddalarning inson organizmiga ta’siri turlicha. Ular yosh bolalarning to‘g‘ri o‘sishi va rivojlanishi hamda keksalarning organizmida borayotgan moddalar almashinuvi jarayonining faoliyatini kuchaytirish uchun foydali va ahamiyatlidir. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan birikmalarning barchasi inson hayotida ma’lum ahmiyat kasb etadi. Bu birikmalar inson organizmiga faqat ovqat tarkibida kiradi. Ovqat tarkibida ushbu birikmalarning etarli bo‘lmasligi yoki butunlay bo‘lmasligi turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Biotexnologiyani muvaffaqiyatli rivojlanishi qator samarali davolovchi va profilaktik vositalarni yaratishga imkon beradi.
BFM asosida olingan maxsulotlar 3 kategoriyaga bo‘linadi:
Tabiiy xom ashyodan olinadigan (o‘simlik, hayvon, mikrorganizmlar) va ularning kimyoviy modifikatsiyalangan biotexnologik maxsulotlari
Gen muxandisligi usullari bilan o‘zgartirilgan shtamlardan olingan ikkinchi avlod biotexnologik maxsulotlari (inson insulini).
BFM ni hujayra retseptorlari bilan o‘zaro ta’sirlashuviga va prinsipial yangi preparatlarni yaratishga asoslangan uchunchi avlod biotexnologik maxsulotlari. Ular bevosita genlarga ta’sir etib, ularni boshqaradi va shu bilan almashinuvni to‘g‘irlab turadi.