1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə29/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

Geografik tarqalishi. Uzun tolali zig‘ir Ukraina,Belorus,Rossiyaning Ovro‘po qismi Markaziy va Farbiy viloyatlarida, sershox zig‘ir esa janubiy tumanlarda, Farbiy Sibir va SHimoliy Kavkaz hamda O‘rta Osiyoda o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash.Zig‘ir ikki tomonlama(moyi va tolasi uchunekiladi) ahamiyatga ega o‘simlik bo‘lib, mevasi sarg‘aymasdan ildizi bilan sug‘urib olinadi.
Mevalari yaxshi pishishi uchun xirmonda uyib qo‘yiladi. Quriganidan keyin o‘simlikni yanchib, urug‘i elab olinadi, poyasi esa tola olish uchun ajratiladi. Yirik plantatsiyalarda zig‘ir yig‘ish, yanchish, elash kabi jarayonlar mexanizatsiyalashtirilgan.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yassi,tuxumsimonurug‘dan iborat. Urug‘ning bir uchi ingichka, ikkinchi tomoni esa enli va yumaloq, usti silliq, yaltiroq va sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Agar urug‘ning ustki ko‘rinishi yaltiroq bo‘lmasa, u pishmagan - sifatsiz hisoblanadi. Mahsulot hidsiz, shilliq, yog‘ga o‘xshagan mazali bo‘lib, suvga solganda usti shilliqlanadi va suv tagiga cho‘kadi.
XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 6%, o‘simlikning boshqa qismlari (ko‘sakcha, meva bo‘lakchalari, meva bandi, ezilgan mevalar) 1% dan, organik aralashmalar 2% dan va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi lozim.


Kimyoviy tarkibi. 3ig‘ir urug‘i tarkibida30-48 %quriydigan moy, 5-12 shilliq moddalar, 18-33 % oqsil moddalar, 12-26 % uglevodlar, fermentlar va karotin bo‘ladi. O‘simlikning hamma organlarida (ayniqsa, maysasida) linamarin glyukozidi uchraydi.
Urug‘ning shilliq moddalari gidroliz qilinsa, galaktoza, ksiloza, arabinoza va ramnoza qandlari hamda galakturon kislota hosil bo‘ladi.
Ishlatilishi. 3ig‘ir urug‘i o‘rab oluvchi va ich yumshatuvchi dori sifatidaqo‘llaniladi. SHilliq eritma tayyorlash uchun urug‘ butunligicha issiq suvda (1:30) chayqatiladi. SHilliq moddalar urug‘ining epidermis qavatida bo‘lganidan tezda suvda erib, ajralib chiqadi.
Urug‘ning 15-20 % li qaynatmasi og‘iz chayqash uchun ishlatiladi. Kunjara kukuni (poroshogi) (ba’zan butun urug‘ni yanchib tayyorlangan kukun - poroshok) tananing og‘riyotgan joyiga qizdirib qo‘yiladi.
Zig‘ir moyi tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida va texnikada qo‘llaniladi. Zig‘ir moyidan olinadigan linetol preparati (olein, linol, linolen vaboshqa yog‘ kislotalarining etil efirlarining aralashmasi) va uning kompleks preparati - livian ateroskleroz kasalligini davolash va oldini olishda hamda kuyganni va nur terapiyasi natijasida zararlangan joylarni davolashda qo‘llaniladi.
3ig‘ir poyasini ivitib, tola olinadi. Bu tola to‘qimachilik sanoatida keng ishlatiladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin