A) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to‘rttasi bor. B) So‘rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. C) Bemorlar palatalarga to‘rttadan joylashtirildi. D) Ularning ikkovi ham jim qolishdi.
A) Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi.
B) Endi ikkinchi tomonga nazar tashlaylik. C) Ikkinchi kattalarning so‘ziga aralashma. D) Atirgullar, ko‘rkam karnaygullar, xil-xil gulbeorlar kuzning birinchi izg‘irinlarini pisand qilmaydi.
10. Tartib son yo‘q qatorni toping.
A) Onasi tokchadagi ettinchi lampani yoqdi. B) Ukam beshinchi sinfda o‘qiydi. C) Ettinchilar, shanbalikka chiqdilar.
1-ilova 1. Darsni tashkil qilish
-Salomlashish, davomatni aniqlash, talabalarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
2 .O‘tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar berish:
- Olmoshning leksik va grammatik xususiyatlari haqida gapiring.
- Olmoshning ma’no turlarini sanab bering.
- Kishilik olmoshlarini ayting ular ishtirokida gaplar tuzing.
- O‘zlik olmoshlarini misollar bilan izohlang.
- Ko‘rsatish olmoshlarini ayting.
- So‘roq olmoshlari haqida gapiring.
- Belgilash olmoshlari va uning turlari haqida gapiring.
- Bo‘lishsizlik olmoshlari haqida gapiring.
- Gumon olmoshlarini ayting ular ishtirokida gaplar tuzing.
- Olmoshlarning tuzilish jihatidan turlarini haqida gapiring.
3. Mustaqil ish uchun olmosh mavzusi yuzasidan badiiy asarlardan yozib kelgan misollar o‘qitiladi
2-ilova
Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to‘liq va mukammal bo‘lishi o‘qituvchi va talabalar tomonidan qatьiy nazoratga olinadi.)
199-mashq. Gaplarni o‘qing, olmoshlarni aniqlang. Kishilik olmoshi ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring, olmoshning tagiga chizib, shaxs va sonini ayting.