1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)



Yüklə 410,61 Kb.
səhifə92/117
tarix07.11.2022
ölçüsü410,61 Kb.
#119097
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

201-mashq. O‘qing. Ko‘rsatish olmoshlarini topib, ma’nosidagi farqlarni tushuntiring va o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda ko‘chiring.
1. O‘sha zarb, o‘sha kuch hamon barqaror! (Mirm.) 2. Bu ona-Er, bu Vatan bashariyat baxti deb, Avlodlar iqboli deb beqiyos yo‘l ochmoqda. (Mirm.) 3. Zotan, bu mavqe, bu obro‘, bu boylik — hammasi Mirzo Ulug‘bek orqasida orttirilgan edi. (O. Yo.) 4. O‘shanda, bundan yigirma besh yil muqaddam, ustod, mana shu pastqamlikda turib, Ali Qushchi bilan so‘ng bor vidolashganida, bu elga qaytmoq, -bu yurt, bu maskanni ko‘rmoq nasib bo‘ladimi, yo‘qmi, deb g‘am chekkan, bu o‘y, bu tashvishdan, ko‘ngli vayron edi. Mana endi uning o‘zi ham shu o‘y, shu g‘am bilan banddur. (O. Yo.) 5. Oyijon! Manavi qizili menga! (Ya.) 6. Hozir u shu o‘tirishida o‘ylab o‘yiga yetolmadi. (S. Ahm.)
202-mashq. O‘qing. Kelishik va egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan ko‘rsatish olmoshlarini topib, gapdagi vazifalarini ayting. Ko‘chirib, ko‘rsatish olmoshlaridagi egalik qo‘shimchasi tagiga to‘g‘ri, kelishik qo‘shimchasi tagiga to‘lqinli chiziq chizing.
1. SHuni bilinglarki, posyolkani bor qiladigan ham, yo‘q qiladigan ham biz o‘zimiz. (P. Q.) 2. Agar biz bu ishlarni bilib-bilib qilsak, yaxshigina natijalarga erishishimiz turgan gap. (N. Biryukov.) 3. Buning endi haqiqatga yaqinroq. (E. Xeminguey.) 4. Qani endi rassom bo‘lsam-u, o‘sha musaffo go‘zal tongni, ko‘k bilan o‘pishgan azamat tog‘larni, shudring qo‘ngan ko‘m-ko‘k bedazorni, ariq bo‘yidagi bir tup kungaboqarni suratga solsam! (CH. Ayt.) 5. Tolqon... shunday mazali bo‘lardiki, uning ta’mini faqat yeganlargina bilardi. (N. S.) 6. — Yarash. Tinchlik yaxshi gap, — dedi partizan, — ammo kim kim bilan yarashmoqchi, bularing shuni tushundimikan? (N. S.) 7. «...U huzurli mehnat. Ko‘ngil ana shunisini tusayapti», —dedi Onaxon. (As. M.)

203-mashq. O‘qing. So‘roq olmoshlarini aniqlab, predmet, belgi va miqdor haqida so‘roq bildirgan olmoshlarni uch ustun shaklida ko‘chiring.
1. Rais. albatta, qoloq kishi emas, bekorchi ham emas, ammo biz qachon, qaerda va qaysi sharoitda yashayotganimizni unutmasligimiz kerak. (I. R.) 2. Ochiqroq ayting, sizga nima bo‘ldi? Nimalar deyapsiz? Tushunmayapman! (S. Ahm.) 3. «Asl haqiqatning nimada ekanligini uning o‘zi bilurmu?» — deb so‘radi kinoya bilan Mamun. (K. Moiseeva.) 4. Mehmon-izmonni qanday kutadi? (H. G‘.) 5. Qancha dunyomni sarf qildirib bo‘z to‘qiydigan dov-dastgoh oldirdi. (N. S.) 6. Nizomjon o‘z boshiga tushadigan savdolarning xuddi shu daqiqadan boshlanishini qayoqdan bilsin. (S. Ahm.) 7. Men bunaqa voqealar to‘g‘risida qancha-qancha kitoblar o‘qiganman. (O. Yo.)



Yüklə 410,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin