1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


Namuna: Onam uchun benihoya og‘ir bo‘lgan o‘sha kunlarda men



Yüklə 410,61 Kb.
səhifə91/117
tarix07.11.2022
ölçüsü410,61 Kb.
#119097
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

Namuna: Onam uchun benihoya og‘ir bo‘lgan o‘sha kunlarda men qo‘limdan kelgancha unga yordam qilardim.

Men- I shaxs, birlik.


1. Onam uchun benihoya og‘ir bo‘lgan o‘sha kunlarda men qo‘limdan kelgancha unga yordam qilardim. (N. S.) 2. Hayhot, uning so‘nggi umidi ham chil-chil sindi. U shahzoda Abdullatifning katta qo‘shin bilan Jayhundan o‘tib, Keshga yaqinlashayotganini bilsa-da, bu mustahkam qal’a unga jang-jadalsiz taslim bo‘lishini kutmagan edi. U Amir Kamoliddinga ishonar, uning qal’a kalitini shahzodaga qarshiliksiz topshirishini sira kutmagan, chunki uni o‘zining eng sodiq amirlaridan biri deb o‘ylardi. (O.Yo.) 3. O‘zing-ku maktabxonada binoyiday ishlab yuruvding. (H. N.) 4. Nimadan cho‘chib, nimaning mulohazasiga boryapsizlar? (N. S.) 5. Ali Qushchi negadir bir sapchib tushdi. Mirzo Ulug‘bek uning tepasida hamon qo‘l qovushtirib turar, horg‘in ko‘zlari qisilgan edi. (O. Yo.) 6. Hech kimga, hech bir zotga qalbida nimalar kechayotganini bildirmasdi. (CH. Ayt.) 7. Biz keyingi vaqtlarda maktab uchun yaxshi g‘amxo‘rlik qilmayapmiz. Bu — bizning aybimiz. (F. Niyoziy.)

200-mashq. Gaplarni o‘qing. Kishilik olmoshlarining qaysi kelishik shaklida qo‘llanganini va gapdagi vazifasini ayting; o‘zakda ro‘y bergan o‘zgarishlarni izohlang.

Namuna: Men o‘z Vatanimni qattiq sevaman. Men- bosh kelishik, ega vazifasida qo‘llangan,
1. “Nazirqul endi faqat sizning o‘g‘lingiz emas, mening ham o‘g‘lim”, — dedi domla. (N. S.) 2. Mendan ham o‘zg‘ir, CHaqqonmi odam? Eslolmas buni Bo‘ronboy dadam. (Q. H.) 3. Men o‘z Vatanimni qattiq sevaman. (Yu. Semyonov.) 4. Uning yuzlarida, dudoqlarida... bir tabassum yonadi. (O.) 5. CHakalakzor ko‘chadan o‘tib olish mening uchun naqadar qo‘rqinchli ekanini bir bilsangiz edi! (N. S.) 6. Bilmadim, men sening oldingda gunohkormanmi yo sen mening oldimda gunohkorsanmi? (S. Ahm.) 7. Sizdan iltimos, odamlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muomala qiling. (J. Abd.)

Yüklə 410,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin