1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja


Hasharot viruslarini ochilishi



Yüklə 345 Kb.
səhifə6/9
tarix25.02.2023
ölçüsü345 Kb.
#123628
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja

Hasharot viruslarini ochilishi
Hasharot viruslarini o‘rganish bir qancha vaqtgacha virusologiyaning boshqa bo‘limlari - odam va umurtqali hayvonlar viruslarini o‘rganish qismidan orqada qoladi. Hozirgi vaqtda hasharotlarni kasallantiruvchi viruslarni shartli ravishda 3 guruhga bo‘linadi: haqiqiy hasharot viruslari, hasharotlar oraliq xo‘jayin bo‘lgan odam va hayvon viruslari, hasharotlarni kasallantiradigan o‘simlik viruslari. Birinchi aniqlangan hasharot virusi ipak qurtining sariq kasalligi virusi (Bollea stilpotiae deb nomlangan ipak qurtining poledrozi virusi kasalligi). 1907 yili Pravochek kasal lichinka gomogenatini sog‘ ipak qurti lichinkasiga yuqumlikligini isbotlaydi, 1947 y. nemis olimi Bergold tayoqchasimon viruslarni kuzatadi.
CHivin va moskitlar tomonidan o‘tadigan sariq isitma (bezgak) ham filtrlanuvchi virus ekanligini 1900-1901 yili Rid tomonidan aniqlanadi. Moskitlar yuqumli qonni so‘rib olganlaridan so‘ng 2 hafta davomida yuqumlilik xususiyati namoyon bo‘lmaydi, bu vaqt hasharotlarda virusning reproduksiyalanadigan inkubatsiya davri ekanligi aniqlandi.
O‘simlik viruslarini o‘z tashuvchi hasharotlarida ko‘payishi xususiyati 1952 y. Maramorosh tomonidan aniqlanadi. Hasharotlarga in’eksiya qilish texnikasidan foydalanib astra sariq kasalligini o‘z tashuvchisi – olti nuqtali sikadkada ko‘payishini ko‘rsatib beradi.
Virusologiyaning rivojlanish bosqichlari
(Mazkur qismni 2012 yilgacha bo‘lgan internet ma’lumotlariga asoslangan holda (60) to‘liq yoritishga harakat qilindi. Viruslarni ochilishi va virusologiyadagi ba’zi muhim voqealar virusologiya metodlarini ochilishiga bog‘liqligi qisqacha 1-jadvalda keltirilgan.
19 asr oxiri va 20 asr boshlari Virusologiyaning rivojlanishi viruslarni tadqiq qilish metodlarini yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq.
SHamberlen bakteriya filtrlari orqali filtrlash metodi asosida amalga oshirildi. Bu usulda kasallik qo‘zg‘atuvchini bakteriyalardan, ya’ni bakteriyalarni nobakteriyalardan ajratildi. Natijada bu usulni qo‘llab quyidagi viruslar aniqlandi:
1982 y.- tamaki mozaikasi virusi, 1898 y.- oqsim–yashchur (qirov) kasalligi virusi, 1899y.- shoxli mollar chumasi virusi, 1900 y.-sariq bezgak virusi, 1902y.- parranda va qo‘ylar chumasi virusi, 1903 y.-qutirish va cho‘chqalar chumasi virusi, 1904 y.-odam chechagi virusi, 1905 y.- itlar chumasi va vaksina virusi, 1907 y.- denge virusi, 1908 y. - chechak va traxoma viruslari, 1909 y. - poliomielit virusi, 1911 y.- Raus sarkomasi virusi, 1915 y. bakteriofaglar, 1916 y.- qizamiq virusi, 1917 y. - uchuq virusi, 1926 y. - vezikulyar stomatit viruslari kashf qilindi.
30 - yillar viruslarni ajratish va identifikatsiya qilish uchun asosiy virusologiya metodi bo‘lib laboratoriya hayvonlarini qo‘llanilishi bo‘ldi (gripp viruslari uchun oq sichqonlar, Koksaki viruslari uchun yangi tug‘ilgan sichqonlar, shimpanze – V gepatiti virusi uchun, onkogen viruslar uchun kaptarlar, ichak viruslari uchun - gnotobiont cho‘chqa bolalari va h.). Birinchi marta laboratoriya hayvonlarini viruslarni ajratishda ishlatish 1881 y.da Pasterdan boshlangan. U qutirish kasalligi virusini quyonlar miyasiga yuqtirib, qutirish kasalligi virusini kuchsizlantirilgan (attenuirlangan) formasini olgan, keyinchalik bu sikldagi ishlarni qo‘llanilishining avjga chiqqan vaqti 1948 y.da Sayklz tomonidan mialgiya epidemiyasi viruslari guruhini ajratishda emadigan sichqonlarni ishlatilgan.
1931 y.da viruslarni ajratishda tovuq embrionlarini ishlatishni A. Woodruff va E. Goodpasture lar taklif qilishadi. Tovuq embrionlari gripp, chechak, leykoz, tovuqlar sarkomasi kabi viruslar ajratishda yaxshi model bo‘lib ishlatildi. Xorioallantois qobig‘i to‘qimalarida va allantois suyuqligida juda katta miqdorda virus to‘plash va uni keyinchalik tozalash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu albatta virusni tovuq to‘qimalarini virus bilan kasallantirib va undan virus ajratgandan ko‘ra ancha engillik bilan virus ajratish imkoni tug‘dirdi. Tovuq xoriallantois to‘qimalarida viruslar bilan kasallanganda spetsifik simptomlarni hosil bo‘lishi yoki ularni tovuq yoki boshqa hayvon eritrotsitlarini agglyutinatsiya qilishi fenomeni G. Hirst (1941) tomonidan gripp virusini o‘rganish jarayonida kuzatiladi va keyinchalik bu xususiyat boshqa viruslarga ham xos ekanligi aniqlanadi. 1932 y. ingliz kimyogari Elford tomonidan sun’iy mayda porali kolloid membranalarni kashf qilinishi ultrafiltratsiya metodiga asos bo‘ldi. Bu metod bilan viruslarni o‘lchamlarini aniqlash va viruslarni bu belgilari bilan differensiatsiya qilish imkoni yaratildi.
1935 yili Stenli tomonidan sentrifugalash metodini ishlatish tamaki mozaikasi virusini kristalizatsiyalash imkonini berdi. Hozirgi kunda ham sentrifugalash va ultratsentrifugalash (probirka tagida tezlanish 200 000 g dan oshadi) – differensial sentrifugalash viruslarni ajratish va tozalashda keng qo‘llanilmoqda.
1939 y. da viruslarni o‘rganishda birinchi marta elektron mikroskop ishlatildi, bu mikroskoplarni ko‘rsatish imkoni 0,2-0,3 nm bo‘lgan. To‘qimalarni o‘ta yupqa kesmalarini olish va ishlatish va viruslarni suvli suspenziyalarini negativ kontrastlash metodlarini ishlatish virus va hujayra orasidagi munosabatni hamda virionlarni strukturalarini (arxitekturasini) o‘rganish imkoniyatini berdi. Elektron mikroskopda olingan kristallar va psevdokristallar haqidagi ma’lumotlarni rengenstruktura analizi yordamida birmuncha kengaytirildi. Elektron mikroskopni takomillashtirilishi viruslarni skanirlash yordamida ma’lum hajmdagi shaklini ko‘rish imkonini berdi. Elektron mikroskop yordamida viruslarni arxitekturasini, ayniqsa, viruslarni hujayraga kirish jarayoni mukammal o‘rganildi.
Bu davrga kelib viruslarni asosiy qismlari kashf qilindi. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: 1931 y. cho‘chqa grippi virusi va otlarni g‘arbiy ensefaliti viruslari, 1934 y. parotit virusi, 1936 y. – sichqonlar sut bezlari raki virusi, 1937 y.- kana ensefaliti viruslari aniqlandi.
40-yillar: 1940 y.da Xogland safdoshlari bilan ospovaksina virusini faqat DNK tutishini isbotladi. Viruslarni bakteriyalardan yana bir farqli tomoni ularda faqat bir tipdagi nuklein kislotaning mavjudligi (DNK yoki RNK) aniqlandi.
1941 y.da amerika olimi Xerst tomonidan gripp virusi modelida gemagglyutinatsiya fenomenini ochildi (eritrotsitlarni yopishishi). Bu kashfiyot viruslarni ajratish va identifikatsiya qilish va virus va hujayra orasidagi munosabatlarni o‘rganish asosini tashkil qildi. Gemagglyutinatsiya metodi ko‘pgina metodlar asosini tashkil etdi: RGA – (reaksiya gemagglyutinatsiya) – viruslarni aniqlash va titrlashda qo‘llaniladi, RTGA –( reaksiya tormojeniya gemagglyutinatsii), 1942 y.da – Xerst gripp virusida ferment borligini aniqlaydi va u keyinchalik neyraminidaza fermenti ekanligi isbotlanadi. 1949 y. da hayvon to‘qimalari hujayralarini sun’iy muhitda o‘stirish imkoniyatining borligi kashf qilindi.
1952 y.da Enders, Ueller va Robinslar hujayralarning o‘stirish metodini ishlab chiqqanlari uchun Nobel mukofotini olishdi. Bu metodni virusologiyada yo‘lga qo‘yilishi virus vaksinalarni o‘stirish (ko‘paytirish) yo‘li bilan olish imkoniyatini berdi.
Hozirgi kunda “attenurilangan” virus shtammlari asosida o‘stirilgan tirik va o‘ldirilgan vaksinalarni yaratish keng yo‘lga qo‘yilgan, poliomielit, parotit, qizamiq va qizilcha (krasnuxa) lar vaksinalarini shu qatorga kiritish mumkin (1-jadval).

Yüklə 345 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin