1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 345 Kb.
səhifə7/9
tarix25.02.2023
ölçüsü345 Kb.
#123628
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja

1-jadval
Viruslarni kashf qilinishi viruslarni tadqiq qilish metodlarini ishlab chiqilishiga bog‘liqligi

Birinchi marta ishlatilgan metodlar, metodik ishlanmalar

Ochilish yili

Viruslar, kasalliklar

Bakterial filtrlardan viruslarni filtrlash

1982

Tamaki mozaikasi virusi (D.I.Ivanovskiy)

1898

qirov (yashchur) (Leffler va Frosh)

1899

parranda va qo‘ylar chumasi

1900

sariq bezgak

1902

qushlar va qo‘ylar chechagi

1903

qutirish va cho‘chqalar chumasi virusi

1904

odam chechagi virusi

1905

itlar chumasi va vaksina virusi

1907

denge virusi

1908

chechak va traxoma

1909

poliomielit

1911

Raus sarkomasi

1915

bakteriofaglar

1916

qizamiq

1917

uchuq

1926

vezikulyar stomatit

Laboratoriya hayvonlarini qo‘llanilishi

1881

qutirish (Paster)

1931

cho‘chqalar gripi, otlarni g‘arbiy ensefaliti

YAngi tug‘ilgan sichqonlar




koksaki

Kaptarlar




V gepatiti

Shimpanze




onkogen viruslar

CHo‘chqa bolalari




ichak viruslari uchun

Viruslarni ajratishda tovuq embrionlarini ishlatish

1931

gripp, chechak, leykoz, tovuqlar sarkomasi kabi viruslar (A. Woodruff i E. Goodpasture)




1933

odam grippi va otlarning sharqiy ensifaliti




1934

parotit

Sentrifugalash metodini ishlatish

1935

TMVning kristallari olindi(Stenli)




1936

sichqonlar sut bezlari raki




1937

kana ensefaliti

Viruslarni o‘rganishda birinchi marta elektron mikroskop ishlatilishi

1939

A.V.Arden,
G.Ruske

Ospovaksina virusini faqat DNK tutishini isbotladi. bir tipdagi nuklein kislotaning mavjudligi aniqlandi – DNK yoki RNK.

1940

ospovaksina virusini DNK tutishi (Xogland va safdoshlari)

Gemagglyutinatsiya fenomenini ochilishi (eritrotsitlarni viruslarga yopishishi)

1941

gripp virusini o‘rganish jarayonida (G. Hirst)




1942

gripni neyraminidaza fermenti
(G. Hirst)




1945

Qrim gemorragik isitmasi virusi




1948

Koksaki viruslari

Emadigan sichqonlar

1948

mialgiya epidemiyasi (Sayklz)

Hayvon to‘qimalari hujayralarini sun’iy muxitda o‘stirish

1949




Viruslarni ko‘paytirish uchun to‘qima kulturalarini ishlatish metodi

1950

F. Bobbins i J. Enders

Tirik vaksina (attenuirlash asosida)




poliomielitga qarshi (Sebin)

O‘ldirilgan vaksina




poliomielitga qarshi (Solk)

Lizogen faglar profagining induksiyasi isbotlandi

1950

(Lvov va b.,)

Sitomegalovirus, respiratorno-sinsitial viruslar;

1951

sichqonlar leykozi va ESNO viruslari;

Hujayralarning o‘stirish metodini ishlab chiqqanlari uchun Nobel mukofotini berilgan

1952

Enders, Ueller va Robinslar

Bakteriofaglarning yuqumliligi faqat DNK siga bog‘liqligi isbotlandi

1952

T-2 fagi (Xershi va CHeyz)

Tovuq embrioni hujayralarining monosloyida blyashkalarni titrlash, miqdoriy aniqlash metodi

1952

Dulbekko




1953

adenoviruslar




1954



qizilcha (krasnuxa);

Tamaki mozaikasi virusini rekonstruksiyalangan yuqumliligi saqlangan zarralarini olindi

1955-57

TMV(Frenkel-Konrat, Vilyams, Singer)

Virus zarrasining simmetriyasi nazariyasini ishlab chiqildi

1956-62

virus zarrasining strukturasi viruslar klassifikatsiyasi sistemasidagi mezonlardan biri bo‘ldi (Kaspar (Amerika) va Klug (Buyukbritaniya)




1956

paragripp virusi virusilari;sitomegalovirus, respiratorno-sinsitial viruslar;




1957

polioma virusi

Elektronmikroskopda viruslarni negativ kontrastlash

1957

viruslarni strukturalarini (N. Huxley)




1959

argentina gemorragik isitmasi virusi.




1960

rinoviruslar




1963

avstraliya antigeni (NBsAg) aniqlandi

Bakteriofagni sintez qilish

1967

FX174 bakteriofagini sintez qiladi (A.Kornberg)

Ospovaksina virusi tarkibilda DNK- mute,tobe, muxtoj(zavisimiy) RNK polimerazani aniqladilar

1967

ospovaksina (MakAuslan)

Poliovirus genomi RNK si poliproteinni translyasiyasi sintezi amalga oshirildi

1968

poliovirus (Baltimor va Boston)

RNK-tobe. RNK-polimeraza

1968

Reovirus, paramiksa-va rabdoviruslada

Teskari transkriptaza (revertazalar)

70-yillar

RNK-tutuvchi onkogen viruslar (Baltimor, Tyomin va Mizutani)

m-RNKda kep-struktura borligi va uni RNK translyasiyasida, mRNK 3’uchida poliodinel ketmaketligini borligi, splaysing va enxanserlarni transkripsiyadagi roli

70

hayvon viruslari




1970

V-gepatiti virusi,




1973

rotaviruslar va A-gepatiti virusi

Monoklonal antitelalar(MKA) hosil qiladigan gibrid liniyalarni birinchi bor olindi

1975

Keler va Milshteyn

Gepatitni har xil viruslar tomonidan qo‘zg‘atilishi tasdiqlanadi.

1976

gepatit A va gepatit( V Blamberg)




1977

delta- gepatiti viruslari




1983

odam immuntanqisligi virusi

PSR metodi ochilishi

1985

qator virusmlar ochildi:




1989

S-gepatiti virusi

PSR metodi

1995

G-gepatiti viruslari

Poliomielitga qarshi vaksinalarni amerika virusologi Sebin (attenuirlash asosida poliovirus shtammlarining uchta serotipiga uch valentli tirik vaksina) va Solk (o‘ldirilgan uch valentli vaksina) lar tomonidan yaratildi. Poliomielitga qarshi tirik va o‘ldirilgan vaksinalarni yaratish texnologisi Rossiya virusologlari CHumakov va Smorodinsevlar tomonidan ishlab chiqildi.
1945 y. da Qrim gemorragik isitmasi virusi, 1948 y. Koksaki viruslari kashf qilindi.
50-yillar. 1950 y.da F. Bobbins i J. Enders lar tomonidan virusologiyada revolyusiya qilinadi, ya’ni ular viruslarni ko‘paytirish uchun to‘qima kulturalarini ishlatish metodini ishlab chiqishadi. Ularni bu metodi har qanday hujayra kulturasini o‘stirish imkoniyatini yaratdi. O‘stirilgan to‘qimalarni qalinligi bir hujayradan iborat bo‘ladi va ularda barcha hujayralarni kasallantirish imkoni tug‘iladi va viruslarni maksimal miqdorda ajratsa bo‘ladi, hujayra oqsillari esa bunda minimal bo‘ladi. To‘qima kulturalarida viruslarni o‘stirganda ulardagi virusning sitopatik ta’sirida hosil bo‘lgan xarakterli sitopatik o‘zgarishlarni –“blyashka”lar yoki dog‘larni asboblarsiz ko‘rish va aniqlash mumkin bo‘ldi. Ko‘p viruslar to‘qima kulturasida o‘sganda gemaadsorbsiya hodisasini (gemagglyutinatsiyaga o‘xshash) namoyon qiladi. Bu hodisalarni spetsifik bo‘lishi to‘qima kulturalarida viruslarni titrlash va maxsus sivorotkalar bilan neytralizatsiya reaksiyalarini olib borish imkoniyatini yaratdi.
Endi avvallari virus turiga qarab hayvonlarni virus kasalligiga nisbatan sezgirlgi har xil bo‘lishi kabi chegaralar yo‘qoldi. 50 yillarda bu metod virusologiyaning barcha tarmoqlarida keng qo‘llanildi va avval noma’lum bo‘lgan ko‘pgina viruslar ochildi..
1952 yilda Dulbekko tomonidan tovuq embrioni hujayralarining monosloyida blyashkalarni titrlash metodi ishlab chiqildi. Bu metod o‘z navbatida virusologiyaga viruslarni miqdoriy aniqlash usulini kiritdi..
Bu davr bakteriofaglarda ham katta yutuqlarga erishish davri bo‘ldi.
Lizogen faglar profagining induksiyasi isbotlandi (Lvov va b., 1950), bakteriofaglarning yuqumliligi uning oqsiliga emas, balki faqat DNK siga bog‘liqligi isbotlandi (Xershi va CHeyz, 1952). Umumiy transduksiya hodisasi kashf qilindi (Sinder, Lederberg, 1952). Frenkel-Konrat, Vilyams, Singer, 1955-57 yy.) tamaki mozaikasi virusini rekonstruksiyalangan yuqumliligi saqlangan zarralarini olish, 1955 y.da SHaffer va SHverdlar tomonidan poliomielit virusini kristall holatida olindi. Mazkur yillarda quyidagi viruslar kashf qilindi: 1951 y. da sichqonlar leykozi va ESNO viruslari; 1953 y.da adenoviruslar; 1954 y.da qizilcha (krasnuxa); 1956 y.da paragripp viruslari; sitomegalovirus, respirator-sinsitial viruslar; 1957 y.da polioma virusi; 1959 y. da argentina gemorragik isitmasi virusi ochildi.
1957y.da N. Huxley tomonidan elektronmikroskopda viruslarni negativ kontrastlash usuli yo‘lga qo‘yildi va natijada viruslarni ayrim strukturalari va makromolekulalarini farqlash imkoniyati yaratildi.
Kuns (A. Coons i dr., 1941) tomonidan antitelolarni flyuoroxromlar bilan markirovka qilish lyumenessent mikroskoplarda hujayrada to‘plangan virus oqsillarini to‘planish dinamikasini o‘rganishga olib keldi. Ferritin-kon’yugirlangan antitelolarni qo‘llanilishi (S. Singer, 1959) virus oqsillarini elektron mikroskopda kuzatishda spetsifik kontrastlash imkonini yaratdi. Sentrifugalashni mukammalashishi, ionalmashish smolalarini va boshqa adsorbentlarni qo‘llash, spetroskopiyani qo‘llash virus oqsili va nuklein kislotalarini fraksiyalarga ajratish imkonyatlarini yaratdi. Radio­aktiv izotoplar va avtoradiografiya texnikasi va rentgenostruktura analizlarini qo‘llash virusologiyada eng yaxshi va aniq natijalar berdi.
60-yillarga kelib molekulyar biologiya metodlarini viruslarni tavsiflashda o‘ta gullagan vaqti bo‘ldi. Ximiya, fizika, molekulyar biologiya va genetika fanlarini yutuqlari virusologiyaning rivojlanish metodikasining asosini tashkil qildi. Molekulyar biologiyaning barcha yutuqlarida viruslarni model sifatida ishlatildi.
1967 y.da Kates va Mak Auslan ospovaksina virusi tarkibida DNK- mute (zavisimiy) RNK polimerazani aniqladilar. Keyingi yili reoviruslarda va undan keyinroq paramikso- va rabdoviruslarda 1968 yilda YAkobson va Baltimorlar tomonidan RNK polioviruslarida genom oqsili borligi isbotlandi. So‘ngra Baltimor va Bostonlar tomonidan poliovirus genomi RNK si poliproteinni translyasiyasi sintezi amalga oshirildi, 1960 y.da rinoviruslar, 1963 y. avstraliya antigeni (NBsAg) aniqlandi.
70-yillar. Baltimor bilan bir vaqtda Tyomin va Mizutanilar RNK-tutuvchi onkogen viruslar tarkibida qaytalama transkriptaza(revertaza) fermenti borligini xabar qilishadi. Endi RNK-tutuvchi viruslar genomini o‘rganish real haqiqat bo‘lib qoldi.
Eukariotlar viruslari genlari ekspressiyasini o‘rganish eukariotlarning o‘zlarini molekulyar biologiyasi haqidagi fundamental axborotni berdi, ya’ni mRNK dagi kep- strukturani borligini va uning RNK translyasiyasidagi rolini, mRNKning 3,,-oxirida poliadenil kislota ketma-ketligini borligi, splaysing va enxarsenlarning transkripsiyadagi rollari hayvon viruslarini o‘rganishda ochildi.
1972 y.da Berg DNK molekulasining rekombinantlarini yaratish haqida ma’lumot chop etadi. Endi molekulyar biologiyaning yangi bo‘limi- gen injeneriyasi paydo bo‘ladi. DNK rekombinantlari texnologiyasini qo‘llash tibbiyotda katta ahamiyatga ega bo‘lgan oqsillarni (insulin, interferon, vaksinalar) olish imkonini berdi. 1975 y.da – Keler va Milshteynlar monoklonal antitelalar (MKA) hosil qiladigan gibrid liniyalarni birinchi bor olishadi. MKA lar asosida viruslarni diagnostika qilishning eng spetsifik test-sistemalari ishlab chiqiladi. 1976 y.da Blamberg NbsAg ni kashf qilishgani uchun Nobel muofotini olishadi. Gepatit A va gepatit V har xil viruslar tomonidan qo‘zg‘atilishi tasdiqlanadi.
1970 y.- V-gepatiti virusi, 1973 y.da rotaviruslar va A-gepatiti virusi, 1977 y.da delta- gepatiti viruslari ochildi.
80-yillar. L.A.Zilber tomonidan asos solingan o‘smalarni paydo bo‘lishi viruslarga bog‘liqligi haqidagi dunyoqarash rivojlanadi. O‘smalarni rivojlanishiga javobgar virus qismlarini onkogenlar deb nomlandi. Virus onkogenlari eng yaxshi model sistema ekanligi aniqlanadi, ya’ni bu sistema sutemizuvchilar hujayralari onkogenetik transformatsiyasi mexanizmini o‘rganishda yordam beradi.
1985 y.da Myullis polimer zanjir reaksiyasini (PSR) kashf qilgani uchun Nobel mukofotini oladi. Bu molekulyar-genetik diagnostika metodi rekombinant DNK olish texnologiyasini mukammallashtirib, yangi viruslarni ochilishi imkoniyatini berdi. Quyidagi viruslar ochildi: 1983 y.da odam immuntanqisligi virusi, 1989 y.da S-gepatiti virusi, 1995y.da PSR metodini qo‘llab G-gepatiti viruslari ochildi.

Yüklə 345 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin