1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja
Viruslar tabiati haqidagi konsepsiyaning rivojlanishi Viruslar kashf qilingandan buyon viruslar nima va ularning tabiati qanday degan savollar birqancha yillardan buyon baxslashishlarga sabab bo‘lib kelgan (65). 20 – 30 yillarda viruslarni tirik materiya ekanligi to‘g‘risida hechkim shubhalanmagan. 1930 – 40 yillarga kelib viruslar bu mikroorganizmlar, chunki ular ko‘payish xususiyatiga ega, irsiyatga ega, o‘zgaruvchanlikga ega, yashash muhit o‘zgarishiga moslashaoladigan tabiiy va suniy tanlanadigan biologik evolyusiya bilan ta’minlangan, degan fikrlar hukm surgan bo‘lsa, 60-yillarga kelib molekulyar biologiyaning rivoji viruslarni organizm deb hisoblagan bu konsepsiyani noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsataboshladi. Viruslarni ontogenetik siklida - hujayradan tashqari va hujayraviy ikki formasini ajratildi. Hujayradan tashqari formasini virion deb nomlandi. Virionning tuzilishi hujayra tuzilishidan farqliligi ko‘rsatildi. Viruslarni ko‘payishi hujayranikidan tubdan farqlanishi ko‘rsatildi va viruslarni ko‘payishini dis’yunktiv reproduksiyalanish deyildi. Dis’yunktiv ko‘payish bu viruslarni tashkil qiluvchi qismlarni - genetik materiali va oqsillarini vaqt va hududiy ayrim sintezlanishi va keyingi qurilishi va virionning shakllanishidir. Viruslarni genetik materiali yoki DNK dan yoki RNK dan iboratligi ko‘rsatildi. Viruslarni boshqa hayot formalaridan farqlashning asosiy va absolyut mezon bo‘lib ulardagi o‘z oqsil sintezlovchi sistemasini yo‘qligidir.
To‘plangan materiallar viruslarni o‘ta kichik organizm ham emasligini ko‘rsatadi. Ular minimal organizmlar bo‘lgan mikoplazmalar, rikketsiylar va xlamidiylar kabi o‘z oqsil sintezlovchi sistemalariga ega emaslar. V.M.Jdanovning fikricha viruslar nuklein kislotasining sintezi har xil darajada hujayraga bog‘liq bo‘lgan, hujayra oqsil sintezi va energetik sistemasiga esa to‘la bog‘liq bo‘lgan va mustaqil evolyusiyaga uchraydigan avtonom genetik strukturalardir.
Parazitologiya nuqtai nazaridan viruslar obligat hujayra ichi parazitlaridir. Parazitizm (parazit grekcha tekinxo‘r (naxlebnik - parasitos)) degan ma’noni bildirib, ikki organizmni biri ikkinchisiga zarar keltirib yashashidir. Bunda parazit xo‘jayin organizmga ham fizik, ham fiziologik bog‘liq bo‘ladi. Viruslar genetik parazitlardir. Bu parazitizm viruslarni genomi bilan integratsiyalanishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu nuqtai nazardan viruslar molekulyar va molekulyar genetik darajada parazitlik qiladigan hayotning hujayrasiz formasidir.
SHunday qilib, viruslar xilma-xil ko‘p sonli guruhga ega, mikroorganizm bo‘lmagan va Vira saltanatiga birlashgan hayotning hujayrasiz formasidir. Viruslar virusologiyada o‘rganiladigan mustaqil fan dissiplinasi bo‘lib, o‘z ob’ekti va tadqiqod metodlariga ega. Virusologiya sohasida oxirgi yillarda viruslarni nazariy va amaliy muammolarini echish borasida fundamental kashfiyotlar qilindi. Quyida X. Endryus tomonidan (1967) virusologiya sohasidagi ba’zi kashfiyotlar haqidagi to‘plagan ma’lumotlarining eng ahamiyatga moliklari keltirildi: bakteriofaglarni hujayraga kirishi va u erda ko‘payishi borasida Xershi va CHeyzning (1952) butun virus zarrasining hujayraga kirishi zarur emasligi faqat nuklein kislotaning o‘zi infeksion jarayonning yuzaga keltirishi mumkinligi, tamaki mozaikasi virusi (TMV) ning dezintegratsiyasi va rekonstruksiyasi uni tarkibiy qismlaridan amalga oshirilishi mumkinligini isbotlandi. 1956 yili Girer, SHramm va Frenkel-Konratlar tomonidan TMVdan yuqumliligi to‘la saqlangan nuklein kislota ajratildi. 1957 yilda esa TMV ni sun’iy ravishda “aralash” virus zarralari qurilishi imkoniyatlari (rekonstruksiya qilish) mavjudligi ko‘rsatildi. Bunda oqsil qismni qaerdan olinishiga qaramasdan yangi virus zarralari avlodidagi oqsillar nuklein kislotada kodlantirilgan axborot asosida sintezlanishi isbotlandi.
1959 yilda Xolland va uning shogirdlari poliomielit, ESNO va Koksaki viruslarining nuklein kislotalarining yuqumlilik spektri nativ virus zarralarining spektridan ancha keng ekanligini ko‘rsatib berildi. Bir zanjirli DNK (φx174, S-13 va fd bakteriofaglarida), ikki zanjirli RNK (o‘simlik viruslaridagi “jarohatli shish virusi”, reoviruslar va Senday viruslarida), hamda DNKning siklik replikativ shakllari (φx174 bakteriofagi DNKasida va RNK ning ensefalomiokardit va poliomielit viruslarida) (Tovarnitskiy, 1966), bakteriofaglarning noyob shakllari ((f1-f7) faqat K12 ichak tayoqchasining erkak (F+) hujayralarida ko‘payadigani kashf qilindi (Leb, 1960). Xayashi va SHpigelman, Marmur va Grinshpan, Tochchini, Valentayn va boshqalar (1963) tomonidan DNK-aning ikki zanjiri orasidagi farqi va funksional vazifalari aniqlandi. DNK zanjirining birida – kodlantiruvchisida m-RNK sintezlanishi, ikkinchisida – replikativ – DNK-polimeraza yordamida unga komplementar zanjir hosil bo‘lishi, DNK tutuvchi viruslar ko‘payganda transkripsiya m-RNK sintezlanadigan kodlantiruvchi ipda amalga oshishi aniqlandi. Bir zanjirli RNK tutuvchi viruslar (ensefalomiokardit, poliomielit, ω, φ2 x MS2 bakteriofaglari) hujayra ichida sintezlanganda birzanjirli RNKada (+ (musbat) zanjir) de novo ikkinchi komplementar (- (manfiy) zanjir) hosil bo‘lishi, natijada ikki zanjirli ip hosil bo‘lishi ko‘rsatildi (V.I.Tovarnitskiy, 1966). Barcha miksoviruslar uchun ularning nuklein kislota va oqsil qismlari sintezi xududan ayrim sintezlanishi aniqlandi (V.M.Jdanov, 1966) (19).
Jakob i Mononing oqsil sintezining regulyasiyasining DNK→RNK→oqsil tipidagi sxemasi ko‘plab ishlar yordamida isbotlandi. Bu sxemada ma’lum oqsil uchun o‘ziga xos bo‘lgan nuklein kislota kodida DNKaning ma’lum uchastkasi (gen, sistron) bo‘lib, undan qo‘shimcha informatsiya RNK (i-RNK) transkripsiya qilinishi va bu i-RNK spetsifik informatsiya olib kelib, ribosoma sistemasi bilan birikib, polipeptid zanjirini sintez qilishi ma’lum bo‘ldi. 1962 yilda Darnell mayda RNK-tutuvchi viruslarda oqsil sintezi yanada soddaroq RNK→oqsil shaklida amalga oshishini ko‘rsatdi. Virusning yuqumli RNK asi bu holda ribosoma sistemasi bilan birikib, informatsion funksiyani bajarishi ko‘rsatildi (19). V.M.Jdanov va uning shogirdlari (1966) miksoviruslarni nuklein kislota va oqsili sintezini o‘rganish asosida oqsil sintezining