1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə20/20
tarix23.10.2017
ölçüsü1,44 Mb.
#11693
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T: «O‘zbekiston», 2009

2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T. «O‘zbekiston», 1995

3. Хodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G‘ofurov U.V., To‘хliyev B.K. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. -T.: Iqtisodiyot, 2009

4. Nurmatov N.J. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz qishloq infratuzilmasining rivojlantirilishi. Toshkent, «Meriyus», 2010

5. Salimov B.T., O‘raqov N.I. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. -T. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004


13-Mavzu. Tashqi savdoda infratuzilmaning ahamiyati.
Reja:

1. Tashqi savdo operatsiyalarining mohiyati va turlari.

2. Tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazishda infratuzilmaning roli.

3. Bojxona xizmati va uning tashkil qilinishi.

4. Mamlakatimizda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari.

1. Tashqi savdo operatsiyalarining mohiyati va turlari.
Umumjahon aloqalarining dastlabki va muhim shakli xalqaro savdo hisoblanadi. Xalqaro savdo - bu dunyodagi barcha mamlakatlar tashqi savdosining yig‘indisidan iborat bo‘lgan xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasidir. Xalqaro savdo uzoq qadim zamondan beri mavjuddir. Xalqaro mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi dunyo mamlakatlari o‘rtasida savdo aloqalarining vujudga kelishiga sababchi bo‘ldi.

Xalqaro savdoning tabiati unda ishtirok etayotgan mamlakatlardagi ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Xalqaro savdoning o‘zagini tashkil etgan tashqi savdo-jahon mamlakatlari o‘rtasidagi savdo bo‘lib, u tovar va xizmatlarning chetga chiqarilishi, ya’ni eksport va chetdan keltirilishi, ya’ni importni o‘z ichiga oladi. Tashqi savdo, umuman xalqaro savdo xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanadi. Ma’lumki xalqaro mehnat taqsimoti eng avvalo iqtisodiy naflilik qoidasidan kelib chiqadi. Iqtisodiy naflilik u yoki bu tovarni mamlakatlar o‘rtasida ayriboshlashni taqozo etibgina qolmasdan, balki uni shart qilib qo‘yadi. Demak, naf ko‘rish savdo-sotiqning mamlakatlar uchun foydali bo‘lishidir.

Ma’lumki, iqtisodiyotda taqqoslama afzallik qonuni degan tushuncha bor, unga ko‘ra tovarlar ishlab chiqarish xarajatlarining turli mamlakatlarda farqlanishi natijasida tovar ayriboshlash hayotiy zaruriyatga aylanadi, ya’ni mamlakatda boshqa mamlakatga nisbatan, qaysi tovarni ishlab chiqarishda mehnat unumdoriligi yuqori va xarajatlar past bo‘lsa, shu tovar eksport qilinadi. Afzallikni turli omillar yuzaga keltiradi, ular tabiiy resurslar darajasi, ishchi kuchi arzonligi, tabiiy shart-sharoitlar va boshqalardir. Masalan, Rossiya yog‘och, neft, Ukraina shakar, O‘zbekiston paxta, Kanada, AQSh bug‘doy, Braziliya kofe, Avstraliya go‘sht, jun, Hindiston choy, Kuba shakar ishlab chiqarishda afzalliklarga ega.

Turli omillar ichida mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyatiga aloxida to‘xtalib o‘tish zarur, chunki u iqtisodiy afzallikni ta’minlovchi asos bulib xizmat qiladi. Masalan, AQSh va Yaponiyada mavjud ilmiy-texnikaviy salohiyat ularda kompyuter texnikasi ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirishga imkoniyat beradi.

Turli mamlakatlarda to‘plangan tarixiy tajribalar ham asosiy omillar qatoriga qo‘shiladi. Masalan, Angliyada to‘qimachilik, Yaponiya, Finlandiya, Polshada kemasozlik, AQSh, Rossiya, Fransiyada samolyotsozlik, AQSh va Yaponiyada avtomobilsozlik azaldan rivojlangan.

Ammo afzallik abadiy berib qo‘yilgan holat emas, u o‘zgarib turadi. Masalan, Malayziya, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya va boshqa bir qator mamlakatlar so‘nggi yillarda ayrim sohalarda jahon bozorida yetakchi o‘rinlarga chiqib oldilar.

Taqqoslama afzallik qonuni tushunchasini Respublikamizning yirik iqtisodchilaridan biri A. O‘lmasov o‘zining «Iqtisodiyot asoslari» kitobida (1997 yil) keltiradi. Iqtisodiyot olamida birinchi bo‘lib Adam Smit (1723-1790) bilim sari katta qadam tashlagan va u «Mutlaq ustunlik» tushunchasini fanga kiritgan. «Mutlaq ustunlik» tushunchasining mazmuniga ko‘ra har bir mamlakatda shunday bir tovar mavjudki, xarajatlar birligiga hisoblaganda u boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.

Xalqaro tovar ayriboshlash foydaliligining sabablarini tadqiq qilishda navbatdagi qadamni David Rekardo (1772-1823y) tashladi va u nisbiy taqqoslama ustunlik qonuniga asos soldi. Bugungi kunda jahondagi aksariyat mamlakatlar uchun tashqi savdo xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli hisoblanadi. Xalqaro savdoning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib, birinchidan, eksport va importning qiymati va natural miqdori dinamikasi ya’ni savdo oboroti, ikkinchidan, savdo balansi, uchunchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqarish eksportga chiqarishning belgilangan miqdori, tovar tarkibi va geografik taqsimoti hisoblanadi. Bu yerda savdo balansiga alohida to‘xtalib o‘taylik. Savdo balansi (to‘lov majburiyatlari, savdo shartlari, eksport kvotasi) aktiv va passiv bo‘lishi mumkin.

Aktiv balans-eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta kela boshlaydi, natijada moliyaviy ahvol faollashadi.

Passiv balans-import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta oqib chiqib keta boshlaydi, moliyaviy ahvol zaiflashadi, mamlakatning chet el qarzlari ko‘payadi, aholining turmush darajasi pasaya boshlaydi, pulning qadri tusha boshlaydi.

Xalqaro savdoning huquqiy asosi bo‘lib savdo shartnomalari va kelishuvlari, to‘lov shartnomalari va kelishuvlari, tovarlarni yetkazib berish shartlari, kredit shartnomalari to‘grisidagi hujjatlar hisoblanadi. Xalqaro savdoning subyektlari va obyektlari mavjud. Xalqaro savdoning subyektlari bo‘lib xalqaro huquqiy hujjatlar asosida ish yurituvchi, davlat tashqi siyosatini amalga oshiruvchi davlatlar, davlatlarning tashqi savdo tashkilotlari, kompaniyalari hisoblanadi.

Xalqaro savdoning obyekti bo‘lib jahon bozori hisoblanadi. Jahon bozori-bu xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-birlariga bog‘langan turli mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon bozori tovar-pul munosabatlarining xalqaro maxsuli xisoblanadi. Jahon bozori tovarlar va xizmatlar, moliya, ilmiy ishlanmalar mexnat bozorlaridan iborat. Xalqaro mexnat taksimoti kanchalik chukurlashsa ishlab chiqarish kulami shunchalik kupayyadi natijada jahon bozorining maydoni kengayib boradi.

Jahon bozori unga xos bo‘lgan infratuzilma orqali amal qiladi. Bu infratuzilma xalqaro tovar birjalari, fond birjalari, xalqaro banklar, kredit tashqilotlari, auksionlar, sug‘urta kompaniyalari, savdo-sanoat kompaniyalari va boshqalardan tashkil topadi. Bu infratuzilma tarkibiga transport, aloqa sohalarini ham kiritish mumkin. Jahon bozorining milliy bozordan asosiy farqi shuki, unda tovar assortimenti cheklangan bo‘ladi. Masalan: texnika-texnologiya, neft, gaz, metall, paxta, don, choy, kofe, yog‘och va shu kabilar. Shuni ham aytish kerakki, tovar ishlab chiqaruvchi har qanday davlat jahon bozorida ishtirok etuvchi subyekt hisoblanmaydi.

Jahon bozorida maxsus narxlar - shartnoma narxlari mavjud, ular baynalmilal xarajatlarni aks ettiradi. Jahon bozoridagi narxlar baynalminal sarflar va xalqaro darajadagi talab va taklifga asoslangandan u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishga nisbatan ko‘p mehnat sarf qilgan yoki tovar sifatini jahon talablariga yetkaza olmagan mamlakatlar jahon bozorida raqobatlashuvga layoqatsiz bo‘ladilar. Demak, jahon bozoridagi savdo operatsiyalarida ko‘riladigan foyda yoki zarar tovarlarning milliy va xalqaro xarajatlar o‘rtasidagi farqqa bog‘liq bo‘ladi.

2. Tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazishda infratuzilmaning roli.
Tovarlarni olib kirish yoki olib chiqishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi yoki chegaralanishi bilan bog‘liq holda iqtisodiy va bojxona siyosatining quyidagi to‘rt asosiy turini ajratish mumkin:


  1. Qisman cheklash siyosati. Bu siyosat ichki bozorga ba’zi tovarlarni, masalan, mamlakat milliy mafkurasiga hamda aholi turmush tarziga teskari ta’sir qiladigan kino - video mahsulotlari va turli nashrlarni ki­ritmaslik maqsadida qo‘llaniladi.

  2. Proteksionizm siyosati. Bu ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashdir.

  3. Erkin savdo siyosati - «fritrederlik». Bu tashqi savdodagi cheklashlarni eng kam darajaga tushirishdir. Odatda, u tovarlarining raqobatbardoshligi yuqori va bozorlarda etakchi mavqega ega bo‘lgan mamlakatlar to­monidan qo‘llaniladi.

  4. Taqchil bozorni to‘yintirish - «teskari protektsio­nizm» siyosati. Bu faqat milliy bozorda chuqur taqchillik sharoiti yuz berganda va unda hammaga o‘rin topiladigan sharoitdagina samarali hisoblanadi.

O‘zbekistonda teskari protektsionizm elementlari 1980-yillar oxiri va 1990-yillarning boshida xorijiy tovar­larni jalb qilish maqsadida qo‘llanilgan. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida eski aloqalarning bekor qilinishi va ishlab chiqarishning pasayishi barcha tovar bozorlarida taqchillikning o‘sishiga olib keldi. 1995-yil o‘rtalariga kelib import bojlarining bekor qilinishi, imtiyozli kreditlash va boshqa chora-tadbirlar natijasida taqchillik muammosining olib tashlanishiga muvaffaq bo‘lindi. U yoki bu siyosatni ishlab chiqish shartlari qattiq yoki yumshoq bo‘­lishi mumkin. Siyosat usullarini tanlash va amalga oshirish davlatning maqsadlariga, umumiqtisodiy siyosat, tovar bo­zorlaridagi raqobat va boshqa omillarga bog‘liq.

Bojxona siyosatini olib borishda mamlakatdagi real vaziyatni hisobga olish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tar­tibga solishning bevosita va bilvosita usullarini birga­likda olib borish maqsadga muvofiqdir. Bojxona siyosatida qo‘llanuvchi iqtisodiy usullarga asosan tarif usullari, ma’muriy usullarga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’qiqlashlar cheklashlar, jazolar yoki aksincha ruxsat berishlar kiradi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarning samaradorligini baholash uchun ko‘pgina ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Shulardan quyidagilarni alohida ko‘rsatamiz:

1. Eksportning valyuta samaradorligi ko‘rsatkichi. U tashqi bozorda tovarlar sotishdan tushgan sof valyuta tushimining mamlakatda ularni ishlab chiqarish va tashishga kilingan xarajatlarga, agar tovarlar kreditga sotilgan bulsa, kredit ta’sirining koeffitsentini xisobga olgan xoldagi nisbatini ifodalaydi. Tovar kreditga sotilganida eksportni samaradorligi odatda kamayadi, birok kredit berilmasa, tovarlarni tashqi bozorda sotish kupincha kiyinlashadi, ba’zan esa umuman mumkin bulmaydi.

2. Importning valyuta samaradorligi ko‘rsatkichi mamlakatga olib kelingan tovarlarning ularni ishlab chiqarishning ichki shart-sharoitlari buyicha ularni sotib olish va chegaragacha etkazib keltirishga kilinadigan tulik valyuta xarajatlariga nisbatidir.

Eksportdan ko‘rilgan zararlar ko‘pincha importdan olingan daromadlar bilan qoplanishi tufayli, yuqorida aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlarni to‘g‘rilash uchun tuzatish koeffitsiyentlari: import uchun eksport ekvivalenti samaradorligi koeffitsiyenti va shunga muvofiq eksport uchun import ekvivalenti samaradorligi koeffitsiyent joriy etiladi. Eksport uchun koeffitsiyent muayyan mamlakatga tovarlar eksport qilishdan tushngan jami valyuta tushimini ularni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlarga bo‘lishdan chiqqan sondir, import uchun koeffitsiyent esa import qilingan tovarlarni mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan taqdirda sarflanishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni bu tovarlar haqini to‘lash va keltirishga ketgan valyutadagi xarajatlar summasiga bo‘lish natijasidir. Chet el valyutalarining xarid kuchi bo‘yicha ham tuzatish kiritiladi.

3. Tashqi savdo ayriboshlash samaradorligining ko‘rsatkichi suratdagi import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan taqdirda ularga yoki ular o‘rnini bosuvchi tovarlarga qilinadigan barcha xarajatlar)ni ko‘rsatuvchi sonni maxrajdagi eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga va tashishga sarflangan barcha xarajatlarni bildiradigan songa bo‘lishdan chiqqan bo‘linmani bildiradi. Bu ko‘rsatkichni hajm (qiymat) jihatidan teng bo‘lgan eksport va import uchun aniqlash kerak. Mutanosib bo‘lmagan qismi uchun eksport yoki importning samaradorlik ko‘rsatkichi (qaysi biri ko‘pligi) alohida-alohida aniqlanadi. Uskunalarni import qilish samaradorligini baholaganda vaqt va sifat omiliga tuzatish kiritilishi mumkin.

4. Litsenziya sotib olish samaradorligi ko‘rsatkichi shunday nisbatdirki, uning suratida chet eldan sotib olingan yangi texnologiyaga yoki boshqa yangilikka litsenziyadan vaqt omilini hisobga olgan holda foydalanishdan keladigan samara miqdori, maxrajida esa litsenziya haqini to‘lash uchun zarur bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar turadi. Litsenziya olish-sotish munosabati bilan tovar ayriboshlash va xamkorlik kilishning faollashuvi va foydasi singari omillar xam xisobga olinadi.

Bojxona siyosati davlat tashqi savdo faoliyatining bir qismi bo‘lib, tovarlarni eksport va import qilishning shart-sharoitlari, hajmi va tarkibini tartibga solib turadi. Bojxona siyosatining mohiyati bojxona - tarif qonunchiligida, bojxona ittifoqlari va konvensiyalari, erkin iqtisodiy hududlar, tarif blokadalari va boshqalarni tashkil etishda namoyon bo‘ladi.

Bojxona siyosatining mohiyatini ko‘rib chiqishdan ol­din bu tushunchaga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi.

Bojxona siyosati - bu bojxona ishi sohasida ro‘y be­rayotgan o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga yordam beruvchi va davlatning iqtisodiy (ichki va tashqi) manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi qonunchilik, ijrochilik va nazorat qilish xarakteridagi chora - tad­birlar tizimidir.

Bu bojxona siyosatining umumiy ta’rifidir. Bu ta’rifni yanada aniqlashtirish uchun bojxona siyosatini davlat iqtisodiy (tashqi va ichki) siyosatining tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqamiz.

Bojxona siyosati bilan davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosati o‘zaro bog‘liqdir. Proteksionizm siyosa­tini o‘tkazishdan maqsad ichki bozorni tashqi raqobatdan himoya qilish hisoblanadi. Unga xos bo‘lgan xususiyat ichki bozorlarda ishlab chiqarilayotgan va import tovarlar bilan bo‘ladigan raqobatga bardosh berolmaydigan tovarlarga qo‘yiladigan import bojlarining yuqoriligidir. Demak, bojxona siyosatining davlat ichki iqtisodiy siyosati bilan bog‘liq quyidagi o‘ziga xos tomonlari yaqqol ko‘zga tashla­nadi:

Birinchidan, bojxona siyosati davlat ichki iqtisodiy siyosatining tarkibiy elementi hisoblanadi. O‘tish davri sharoitida u yangi iqtisodiy tizimni shakllantirishning muhim omillaridan sanaladi va ichki iqtisodiy siyosatning qator vazifalarini hal etish uchun xizmat qiladi:



  • ichki iqtisodiyotning har tomonlama rivojlanishini rag‘batlantirish;

  • ichki bozorni himoya qilish;

  • tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshirishda ko‘­maklashish;

  • byudjetga daromadlar tushishini ta’minlash.

Ikkinchidan, bojxona siyosati davlat ichki iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida davlat manfaatla­rini, korxonalar, xo‘jalik birlashmalari, tadbirkorlar va fuqarolarning haq-huquqlarini himoyalash vazifasini ham bajaradi. Bojxona siyosatining huquqni himoya qilish vazifasi esa bojxona nazorati dastaklaridan foydalanish samaradorligiga asoslanadi.

Uchinchidan, bojxona siyosati tashqi iqtisodiy fao­liyatini amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri sifatida davlatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini hi­moyalash va ro‘yobga chiqarish maqsadlariga xizmat qiladi.

Puxta o‘ylangan va barqarorlashgan bojxona siyosati milliy iqtisodiyotni jahon bozorlaridagi keskin o‘zga­rishlardan saqlashga va uning umumjahon xo‘jaligiga in­tegratsiyalashuvini faollashtirishga jalb qilinadi.

Bojxona siyosati kontseptsiyalarini ishlab chiqish boj­xona boshqaruvi amaliyoti uchun muhimdir. Ularni ishlab chiqish esa aniq maqsadlarni qo‘yishdan va ularni amalga oshirishdan oldin boshlanadi. Ba’zi hollarda kontseptsiyalar amaliy bojxona siyosatidan orqada qolishi mumkin. Bunday hollarda u tajribalar jarayonida shakllanadi va ko‘pincha samarasiz bo‘lib chiqadi.

Ko‘pchilik davlatlarning tadbirkorlari xorijiy raqobatchilarni o‘z milliy bozorlariga kiritmaslik uchun bor kuchlarini ayamaydilar. Ularning manfaatlari aniq, chunki, xorijiy raqobat bo‘shashishga qo‘ymaydi, ishlab chiqarishni doimo yangilashga, xarajatlarni kamaytirishga, tovar va xizmatlar sifatini oshirishga majbur qiladi. Iste’molchilar manfaati esa ko‘proq sifatli va imkoni boricha arzon tovarlarga ega bo‘lishda o‘z ifodasini topadi. Tovarning kelib chiqishi va uni ishlab chiqarishdan kimlarning manfaat ko‘rishi va boshqalar ular uchun ahamiyatga ega emas.

Bu holat dunyoning ko‘pchilik mamlakatlaridagi iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklarning doimiy manbaidir. Hukumat o‘z iqtisodiy siyosatini shunday olib borishi kerakki, mamlakat o‘z bozorlarida import tovar­larning paydo bo‘lishidan yutqazishi emas, balki yutishi kerak.

Bojxona siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardir:


  • tashqi savdoning rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • davlatning iqtisodiy o‘sishini jadallashtirish;

  • xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishdan foyda olish;

  • mamlakat savdo va to‘lov balansining ijobiy qoldig‘ini ta’minlash;

  • davlat byudjeti daromadlarini o‘stirish;

  • xorijiy davlatlar va ular ittifoqlarining diskriminatsion aksiyalariga qarshi harakat olib borish;

  • davlatning savdo - siyosiy mavqeini mustahkamlash;

  • korxonalar, tashqilotlar va tadbirkorlarning tashqi bo­zorga chiqishini ta’minlash;

  • milliy iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga ko‘maklashish;

  • mamlakat xalq xo‘jaligining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish;

bozor faoliyatiga shart - sharoit yaratish.

Bojxona siyosatining asosiy usullari va dastaklari davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonida ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi bojxona siyosatining asosiy printsiplarini ko‘rib chiqamiz. Ular Jahon savdo tashkiloti (JST) hujjatlarida qayd etilgan bojxona siyosatining xalqaro tajribalariga hamda O‘zbekiston Res­publikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosati prinsipla­riga asoslangan.



3. Bojxona xizmati va uning tashkil qilinishi.
Davlat savdo va iqtisodiy aloqalarni olib borar ekan milliy iqtisodiyotni ma’lum sohalariga maqsadli ta’sir o‘tkazadi. Bu ta’sir maxsus usullar majmui yordamida amalga oshiriladi:

  • ma’muriy;

  • iqtisodiy.

Ma’muriy vositalar hukumat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga asoslanadi. Ma’muriy tartibga solishning klassik vositalari uch turga bo‘linadi: ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish. Masalan, davlat organlari u yoki bu tovarning (qurol-yarog‘, spirtli ichim­liklar, dori-darmonlar) importini ta’qiqlashi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini bojxona nazoratidan o‘tishga majbur qilishi mumkin va hakozo. Ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish, litsenziyalar berish yoki ulardan voz kechish, qonunlar va qonuniy hujjatlarni qabul qilish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.

Tartibga solishning notarif usullari mohiyatiga ko‘ra bojxona siyosatining ma’muriy vositalari hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi:



  • tashqi iqtisodiy bitimlarni litsenziyalash va kvotalash;

  • tovarning bojxona tozalovidan o‘tishi bilan bog‘liq cheklovlar;

  • tovarni sertifikatlash;

  • import rejimiga asoslangan to‘lovlar bilan bog‘liq cheklovlar;

  • milliy tarkibiy, texnik va sanitar talablar bilan bog‘liq cheklovlar;

  • davlatning import operatsiyalarida qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar va h. k.

BMT notarif usullarni quyidagicha tasniflaydi;

  • birinchi tur - importni bevosita cheklashga qaratilgan usullardan foydalanish;

  • ikkinchi tur - tashqi savdoni turli rasmiyatchiliklarni joriy etish hisobiga cheklashga qaratilgan usullardan foydalanish (bojxona rasmiyatchiliklari, texnik me’yor va andozalarga nisbatan o‘ta talabchanlik va h.k);

  • uchinchi tur - bevosita eksportni rag‘batlantirishga yoki importni cheklashga yo‘naltirilmagan usullardan foy­dalanish.

Agar davlat litsenziyalash yoki kvotalashni amalga oshirsa, u holda bojxona bu rasmiyatchiliklarning bajari­lishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Bundan tashqari, umumiy tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda bojxona vakillari ishtirok etishadi yoki ularning fikr­lari bu siyosatni ishlab chiqishda albatta, e’tiborga oli­nadi.

Bojxona boshqaruvining iqtisodiy vositalariga, das­tavval, eksport va import tovarlarga nisbatan belgilanuvchi bojxona tarifi va soliqlari kiradi. Ular bozor munosa­batlarini shakllantirish sharoitida markaziy o‘rinni egallaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy usullariga bojxona tariflari kiradi. Davlat importdan boj (soliq solishning bir ko‘rinishi) undirish orqali xorijiy tovarlar narxining o‘sishiga zamin yaratadi va bu tovarlarning raqobatbardoshligini pasaytiradi.

Davlat tovarlar eksportidan boj undirish orqali ularning mamlakatdan chiqib ketishini to‘xtatib turadi. Odatda, eksport bojlari tovarlarning chiqib ketishi (qandaydir sabablarga ko‘ra) maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki tovarga bo‘lgan talab o‘z iste’molchilari o‘rtasida qondirilmagan hollarda qo‘llaniladi.

U yoki bu rejimni qo‘llashda yo nisbatan yuqori, yo nis­batan past tarif ishlatiladi. Hozirgi davrda bojxona ta­riflari 100 dan ortiq mamlakatda qo‘llanilmoqda. Bojxona tariflarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:



  • sanoatni rivojlangan mamlakatlar tariflari;

  • rivojlanayotgan mamlakatlar tariflari.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarning bojxona ta­riflari, odatda, ko‘pustunli bo‘ladi, ya’ni bir tovarning o‘zi kelib chiqqan mamlakatiga bog‘liq ravishda turli boj da­rajalariga ega bo‘lishi mumkin. Nisbatan yuqori bojlarni o‘zida jamlagan umumiy tarif stavkalari ustuni mumkin qadar qulaylik berish rejimidan foydalanmaydigan mamlakatlarda keng tarqaladi. Mumkin qadar qulaylik tug‘dirish rejimi deganda, o‘zaro kelishayotgan davlatlarning xalqaro savdo va iqtisodiy kelishuvlar doirasida bir-biriga nisbatan xuquq va imtiyozlar yaratib berishni ko‘zda tutadigan shart-sharoitlar tushuniladi (masalan, MDH mamlakatlari).

Sanoati rivojlangan mamlakatlar bojlarning mamla­katlar iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olgan holda ko‘ptomonlama tartibda kelishib oldilar va 1948-yil 1-yanvarida Savdo va Tariflar bo‘yicha Bosh SHartnomani (GATT) amalga kiritdilar. Bu shartnoma urushdan keyingi davrdan boshlab a’zo mamlakatlarning savdo rejimlarini tartibga solib kelmoqda. Uning asosiy maqsadi tashqi savdo siyosatini bojxona tariflari yordamida amalga oshirish va bu tariflarni pasaytirish bo‘yicha doimiy kelishuvlar olib borish edi. GATT doirasida sanoat tovarlariga qo‘llaniladigan tashqi savdo bojlariga bag‘ishlangan ko‘p­tomonlama muzokaralarni olib borish natijasida 1990-yillar o‘rtalariga kelib bu tovarlarga nisbatan o‘rnatilgan bojlar miqdori 85-90% ga qadar qisqardi. Bu esa tashqi savdo munosabatlarining bosqichma-bosqich erkinlashib borayotganidan dalolat beradi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning bojxona ta­riflari ham rivojlanayotgan mamlakatlardan tovarni im­port qilishda preferentsial (imtiyozli) bojlar ustunidan foydalaniladi. Rivojlangan mamlakatlarning rivojla­nayotgan mamlakatlar tovari uchun joriy qilgan preferen­tsial bojlari BMT (YUNKTAD) doirasida tashqil etilgan Umumiy preferentsiyalar tizimiga kiradi.

Bojxona tariflarining cheklash funksiyasi, asosan, bir qator tovarlarga nisbatan yuqori boj stavkalarini saqlash orqali yoki import qilinayotgan mahsulotning qayta ishlanish darajasiga bog‘liq ravishda boj stavkalarini oshirib borish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Rivojlangan mamlakatlarda o‘z qayta ishlash sanoatla­rini himoya qilish maqsadida tariflarni bojlar eskala­tsiyasi (tariflar stavkalarini bir texnologik zanjir halqalarida qatnashayotgan tovarlarning qayta ishlanish darajalariga bog‘liq ravishda oshirishdir) asosida qurish usuli qo‘llanilmoqda. Odatda, sanoat xom ashyosini import qilish bojlarsiz yoki juda past miqdordagi bojlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Masalan Buyuk Brita­niyada xom-ashyo importi 0 stavkali bojlarga ega, mamla­katda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar importiga nisbatan 15-20% va undan ham yuqori boj stavkalari belgilanadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham importni tartibga solishda bojxona tariflarining roli katta. Bu mamla­katlarga olib kirilayotgan ko‘pchilik tovarlardan undiri­layotgan bojlarning o‘rtacha darajasi sanoati rivojlangan mamlakatlarnikidan bir muncha yuqori. Bu avvalo sanoat­ning yosh tarmoqlarini himoya qilish zaruriyati bilan bog‘liq.

Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarning bojxona tariflariga bojlar bilan bir qatorda fiskal yig‘imlar va turli xil soliqlar ham kiritiladi. Bundan tashqari, ta­riflarga ko‘pincha ma’muriy va ichki soliqlar ham qo‘shiladi. Ko‘pchilik mamlakatlar tariflarida o‘ziga xos bojlar qo‘llaniladi (ayniqsa, Singapur, Tailand va Indo­neziyada). Milliy tariflar bilan bir qatorda bir qancha mamlakatlarning bojxona ittifoqlari ko‘rinishidagi bojxona-tarif birlashmalari ham amal qiladi.

Shu tariqa davlatlar o‘z rivojlanish xususiyatlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda umumiqtisodiy siyosatni amalga oshirishda yordam beruvchi bojxona siyosatlarini belgilaydilar.

Boj-tarif orqali tartibga solishning amaldagi mexanizmi mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan boj siyosati va bojxona organlari tomonidan davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning asosiy shartidir.

Boj tarifi – bojxona chegarasini kesib o‘tuvchi tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlari stavkalaridir. 1995-yil 3-noyabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlarining yagona tovarlar nomenklaturasi (TN) bo‘yicha Kelishuv imzolangan. Bundan tashqari 1983-yil 14-iyunda tovarlarni kodlashtirish bo‘yicha xalqaro Konvensiya qabul qilingan. Boj tariflarini belgilashda tovarlar nomenklaturasi ushbu xalqaro me’yoriy hujjatlarga mos bo‘lishiga e’tibor beriladi.

Boj tarifi funksiyalari ichida proteksionistik va fiskal funksiyalari alohida ahamiyatga ega. Boj tarifining proteksionistik funksiyasi milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoyalash bilan bog‘liq. Mamlakatga import qilinayotgan tovarlarga turli boj to‘lovlarining joriy etilishi ularning ichki bozorda sotilish narxini oshiradi va buning natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarining raqobatbardoshliligi oshadi.

Boj tarifining fiskal funksiyasi boj to‘lovlarini joriy etish orqali mamlakat byudjetining daromad qismiga mablag‘larning tushishini ta’minlaydi.

4. Mamlakatimizda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari.
Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, tashqi savdo aylanmasi 2007 yildagi 15719,6 mln. doll.dan 2008 yilda 19077,0 mln. doll. hajmiga qadar, ya’ni 21,4 foizga oshdi (13.1-rasm).

Ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Bu esa ishonchli to‘lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilmoqda.


Tashqi savdo aylanmasi hajmining o‘sishi, mlrd. AQSh doll.



13.1-rasm
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tendentsiyasi va xomashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xomashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston uchun an’anaviy eksport xomashyosi bo‘lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 9,2 foizga tushdi (13.1-jadval).
13.1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida

eksport va import dinamikasi, mln. AQSh doll.

Ko‘rsatkichlar



2007 yil

2008 yil

O‘sish sur’ati,

%da

Eksport

8991,5

11572,9

128,7

Import

6728,1

7504,1

111,5

Jadvaldan ko‘rinadiki, 2008 yilda eksport hajmi 28,7 foizga, import hajmi esa 11,5 foizga ortgan. Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi hisobidan sifat jihatidan o‘zgarmoqda.


Tayanch iboralar:


Tashqi iqtisodiy faoliyat, savdo, xizmat, hisob-kitob, kapital, kvota, embargo, ish kuchi migratsiyasi, eksport, import, boj to‘lovi, bojxona, tarif, notarif, bojxona organlari.

Nazorat savollari:


1. Bojxona xizmatining ahamiyati nimadan iborat?

2. Tashqi savdo operatsiyalarining qanday turlari bor?

3. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning qanday usullari mavjud?

4. Tashqi iqtisodiy faoliyat qanday me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi?



Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T: «O‘zbekiston», 2009

2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T. «O‘zbekiston», 1995

3. Хodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G‘ofurov U.V., To‘хliyev B.K. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. -T.: Iqtisodiyot, 2009

4. Nurmatov N.J. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz qishloq infratuzilmasining rivojlantirilishi. Toshkent, «Meriyus», 2010

5. Salimov B.T., O‘raqov N.I. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. -T. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004

6. Стровский Л.Е., Казанцев С.К., Паршина Е.А. и др. Внешнеэкономическая деятельность предприятия. Учебник для вузов. –М.: ЮНИТИ, 1999




2


1Ислом Каримов. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори.-Тошкент: Шарқ, 1998. 3-19-б.

2 Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.: O‘zbekiston, 2012. – 5-бет.

3 Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференциянинг очилиш маросимидаги нутқи //«Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.: O‘zbekiston, 2012. – 4-бет.

4 Президентимиз Ислом Каримовнинг “Юксак билимли ва интелектуал ривожланган авлодни тарбиялаш мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти” мавзусидаги халқаро конференциянинг очилиш маросимидаги нутқи// Халқ сўзи, 2012 йил 18 февраль.

5 Таълим-тарбия истиқлол кўзгусида // маърифат, 2010 йил 30 сентябрь.

6Ислом Каримов. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Баркамол авлод орзуси. –Т.: «Шарқ» нашриёт-матбаа концерни. 1998. – 81-б.


7Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2009 йил 30 мартда қабул қилинган ПҚ-1083 сонли “Қишлоқ қурилиш банк” очиқ турдаги акциядорлик тижорат банкини ташкил қилиш тўғрисида”ги Қарори

8Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2009 йил 29 январдаги ПҚ-1051-сонли Қарори.

9Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2009 йил 25 майда қабул қилинган 148-сонли Қарори.

10Президентнинг “Қишлоқ жойларда уй-жой қурилиши кўламини кенгайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 2009 йил 3 августдаги Қарори.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin