1-mavzu. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari


EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix12.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-maruza

 
 EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR 
Ekologik ilmiy-tadqiqotda ko’pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda 
ekotizimlarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. ekologiyada tajriba va 
modellashtirish uslublaridan nisbatan keng foydalaniladi. 
Tajriba-tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma’lum tabiiy 
jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma’lum ob’ektga (individ, populatsiya, 
biogeotsenoz) ta’sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan 
taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarni o’zgarishiga qarab xulosa 
qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba hech vaqt 
taqqoslashsiz olib borilmaydi. 
Ilmiy tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi. 
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi
shuningdek hodisaning ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot bilan to’ldirish yoki yangi 
nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Modelь “ishlamay qolsa”, ya’ni 
haqiqatga uncha to’g’ri kelmasa, EHM tomonidan o’zgartirishlar kiritilishi va 
yaxshilash zarurligini aytib beradi.

 EKOLOGIYA FANINING VAZIFALARI 
Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada to’laroq 
qondirishga qaratilgan holda antropogen betsenozlarni qayta ko’rib chiqish va 
barqarorligini oshirishga qaratilishi kerak. “Inson va biosfera” deb atalgan yirik 
xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida hamda insonni o’rab turgan 
atrof-muhitni tadqiq qilishning aniq ilmiy yo’nalishlari ko’rsatib berilgan: 
Hayot jarayoni qonuniyatlarini o’rganish, shuningdek insonning tabiiy 
tizimlarga va biosferaga bo’lagan ta’sirini bir butun holda o’rganish. 
Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, 
inson faoliyati natijasida o’zgargan tabiatdagi o’zgarishlarni oldindan bilib olish va 
1
Begon and others. Ecology. UK. 2006. P. 10-12.



biosferada kuzatilayotgan jarayonlarni boshqarish va nihoyat insonning yashash 
muhitini saqlash. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin