1-mavzu. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari


O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix12.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#126793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-maruza

 
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish 
 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganidan boshlab Rio-de-
Janeyro shaxrida bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada qabul qilingan ekologik 
siyosatni ya’ni atrof muhit holatini yaxshilash aholi salomatligini 
mustaxkamlashga qaratilgan ishlarni muvofaqqiyatli amalga oshirib kelmoqda . 
Ekologik muammolarni hal etishning asosisy yo’nalishlari Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo’mitasi,Vazirlar maxkamasi,turli nodavlat tashkilotlari 
hamda davlat tomonidan qabul qilingan Atrof hitni muxofazasi,gigienik,biologik 
xilma-xillikni saqlash bo’yicha milliy xarakat rejalari va strategiyalarida o’z aksini 
topgan. 
Bozor iktisodiyoti sharoitida davlatning eng muhim vazifasi aholi sonini 
o’sishi,shaxarlarning transport orqali yuk tashishi, sanoat va qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini rivojlantirish bilan bo’g’liq ravishda atrof muhit muxofazasini 
muammolarini hal etish ya’ni tabiiy resurslarni qayta ishlash va ulardan oqilona 
foydalanish masalalari turibdi. O’tish davrida shubxasiz tabiiy resurslardan 
foydalanish darajasi o’zgaradi va atrof muhitnining ifloslanishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Bunday sharoitda Tabiatni muhofaza qilish davdat qo’mitasi tomonidan 
tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanish va kam chiqindili texnologiyalardan 
foydalanish kabi ekologik siyosatni qo’llashni taqoza etadi.Shunga qaramasdan 
respublikada quyidagi ekologik muammoalar hal etilmay qolmoqda: 
1.Orol bo’yidagi ekologik tang ahvol; 
2.Yer, suv, biologik resurslarning qisqarishi ; 
3.Yer, suv, biologik xilma-hillikga va atmosfera havosini sifatiga qo’shni 
davlatlarning ta’siri; 
4.Taiiy holatni va uning ifloslanish manbalari shuningdek tabiiy 
resurslardan foydalanishni nazorat qilish uchun yetarli texnik va metodik 
imkoniyatlarning cheklanganligi; 
5.Atrof muhit holatini analitik nazorat qilish uchun maxsus asbob 
uskunalarning ishlab chiqarish korxonalarining mavjud emasligi; 



6.Tog’-kon chiqindilari, avvalgi uran konlari ayniqsa ularning chegara 
xududlardagi holati; 
7.Sanoat va maishiy turmushdagi chiqindilarning qayta ishlovchi va 
o’zlashtiruvchi tizimning takomillashmaganligi; 
8.Tabiiy atrof muhit va ularning ifloslanish manbalari hamda tabiiy 
resurslardan foydalanish holati bo’yicha yetarli ekologik bank tizimi ma’lumotlari 
etarli bo’lmasligi; 
Tabiiy atrof muhitni muhofaza qilish va va tabiiy resurslardan samarali 
foydalanish masalalari makroiqtisodiyotni isloh qilish jarayonida uning diqqat 
markazida turmog’i lozim. 
O’zbekiston Respublikasi atrof muxit va tabiatni muhofaza qilish 
sohasidagi birinchi navbatdagi vazialari quydagilar hisoblanadi: 
1.Jamiyatning ta’lim olish va intellektual potentsialini o’sishini 
ta’minldovchi sharoitni yaratish; 
2.Atrof muhit holatini yaxshilash uchun hamda global ekologik 
muammoalarni hal etish uchun yetarli mablag’lar ajaratilishi kerak; 
3. Genetik fondni, turlar xilma xilligi va landshaftlarni saqlash; 
4.Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish; 
5.Maxsus muxofazaga olingan xududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar 
ishlab chiqish kerak; 
6.Atrof muxitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo’yicha nazorat tizimini 
takomillashtirish va rivojlantirish; 
7.Xususiylashtirish jarayonida ekologik talablarga rioya qilish va atrof 
muxitga zarar keltirgani uchun javobgarlik kabilarni nazorat mexanizmlarini 
yaratish; 
8.Ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar 
sohasida ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish; 
9.Ekologik axborotlar va atrof muxit monitoringi bo’yicha bank tizimini 
yaratish; 
10.Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasining tabiatni muxofaza qilish 
ishlari bo’yicha faoliyatini yoritib turuvchi markazlashgan axborot tizimini 
yaratish;
11.Ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yanada rivojlantirish; 
12.Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo’yicha bosqichma-bosqich 
dasturlar ishlab chiqarish; 
13.Xalq xo’jaligining turli soxalarida ekologik toza texnologiyalar 
chmqindilarning zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlarni 
hayotga tadbiq etish hamda ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishin davom ettirish; 
14.Atrof muxit muxofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari 
bo’yicha jamiyatdagi ekologik tashkilotlar bilan o’zaro xamkorlikni kuchaytirish 
va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin