ANTIK VA XVII-XIX ASRLARDAGI EKOLOGIK TADQIQOTLAR Hozirgi davrdagi bilimlarimizning shakllanishida qadimgi yunon olimlarining
xizmati katta. Masalan, Aristotel (e.av. 384-322 y.y) o’zining “Hayvonlar tarixi”
degan asarida suvda va quruklikda yashovchi hayvonlar, shuningdek suzuvchi,
havoda uchuvchi va o’rmalovchi kabi hayotiy shakllarni ajratgan. Ulardan tashqari,
organizmlarning yashash joylari, yolg’iz yoki gala bo’lib yashash, oziqlanishi va
boshqalar qiziqtirgan. Tirik organizmlarning tuzilishi va hayoti Aristotelning
shogirdi Teofrast (e.av. 380-271 y.y) ishlarida ham uchraydi. Teofrast
o’simliklarning yashash joylarini hisobga olib, ularni o’t, chala buta, buta va daraxt
kabi hayotiy shakllarga bo’ladi.
XVII-XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim
guruhlarini o’rganishga qaratilgan edi. J.Byuffon ishlarida hayvonlarning
tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri, J.B.Lamark o’simlik va hayvonlarning
evolyutsion o’zgarishlarida eng muhimi tashqi muhit ta’siri ekanligi, ekologik
g’oyalarning rivojlanishida Ch.Darvinning organik olam evolyutsiyasi haqidagi
ta’limoti ilgari surilgan. Nemis biologi Ernest Gekkel 1866 yilda fanga
“ekologiya” tushunchasini birinchi bo’lib kiritdi va unga ta’rif berdi. ekologiya
mustaqil fan sifatida XX asrning boshlarida vujudga keldi. Uning rivojlanishiga
G.F.Morozov,
V.N.Sukachev,
V.G.Ramenskiy,
K.Raunkier,
Ch.Elton,
M.S.Gilyarov, N.S.Serebryakov, A.Tensli, G.Odum, Yu.Odum va boshqalar katta
hissa qo’shdi. Yirik rus olimi V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratdi
va biosferaning holati inson faoliyati bilan bog’liqligi haqida xulosa keldi.
O’RTA OSIYO ALLOMALARINING EKOLOGIYA HAQIDAGI QARASHLARI O’rta Osiyolik allomalar al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va
boshqalar hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrlarda tabiat va undagi
muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli
fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy “Bilginki, daryoning ko’zlari
yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi” deb ta’kidlagan edi. Buyuk
alloma suvlarni ortiqcha sarflash hozirgi kundagi Orol fojiasi kabi noxo’sh
hodisalarni keltirib chiqarishini nazarda tutgan bo’lsa, ehtimoldan holi emas. Abu
Nasr Forobiy odam a’zosining tuzilishi va unda kelib chiqadigan o’zgarishlar,
ya’ni kasalliklar, ovqatlanish tartibining buzilishi, kasallikning oldini olish chora-
tadbirlari, shuningdek, tabiiy sun’iy tanlanishlar haqida ma’lumotlar qoldirgan.
Abu Rayhon Beruniy asarlarida o’simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari,
ularning tarqalishi, tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi va xo’jalik ahamiyati haqida
ma’lumotlar topish mumkin. Abu Ali Ibn Sino inson sog’lig’ini saqlash, parhez,
gigiena to’g’risida, kasalliklarni, jumladan, asab kasalliklarini davolashda jismoniy
usullar yaxshi natija berishini aytgan. U kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri
4
muhimligini, ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikrlar bayon
etgan.