1-mavzu. Eksperimental psixologiya:
tushuncha, tarixi, Eksperimental
psixologiyaning xozirgi davrdagi xolati
Reja:
1.
Fiziologik psixologiya paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari.
2.
G.Gelmgols- psixofiziologiyaning asoschisi sifatida.
3.
V.Vundtning eksperimental psixologiya va yo’nalishlariga doir amaliy
izlanishlarning moxiyati va E Titchenerning laboratoriya metodlari.
4.
Psixologiya fani metodologiyasi.
5.
Eksperimental psixologiyaning xozirgi davrdagi paradigmasi.
6.
Ilmiy tadqiqotning bosqichlari, turlari
a
Psixologik eksperiment tushunchasi.
b
Tor ma’noda va keng ma’noda eksperiment so‘zining tushunchasi.
.
Tayanch iboralar
: Metod, metodologiya, kuzatish metodi,
tajribani
rejalashtirish, empirik metodlar, proektiv metod.
____________________________------
Pozitivizm asoschisi O. Kant XIX asr o’rtalarida inson bilimi rivojlanishi haqidagi
ta’limotni taklif qildi. U bilimning uchta ketma-ket bir-birini almashtiradigan
shakllarini qarab chiqqan.
1)
diniy urf – odatlar va individual
ishonishga asoslangan,
2)
falsafiy – u yoki bu ta’limot muallifining intuitsiyasiga, o’z ma’nosi jihatidan
oqilona va aqliy ko’rinishga asoslangan.
3)
Pozitiv-maqsadli kuzatish va eksperiment yo’lida faktlarni eslab qolishga
asoslangan ilmiy bilim.
«Psixologiya» -.
Birinchidan, odamlarning «psixika» haqidagi kundalik bilimlari tuzilmasi kabi
boshqa odamlarning xatti-harakati o’zining va boshqalarning ruhiy hayoti
rivojlanishining asosi va qonuniyatlari bo’lgan psixologiya. Bu «kundalik psixologiya»
bugungi kunda ilmiy psixologiya tarmoqlaridan birining kuzatish predmeti bo’lib qoldi
Ikkinchidan «falsafay psixologiya» ham mavjud bo’lib,
psixik reallik tabiati
haqida savol eng asosiy hisoblanadiFalsafiy psixologiya» doirasi ichida hozirgi kunda
psixika yoki uning alohida tuzilishlari ostidagi modellari yaratilayapti psixologiya»
atamasi XIX asrda paydo bo’lgan fanni ba’zida o’zini-o’zi boshqaradigan reallik,
moddiy asosi bo’lgan, ya’ni aks ettiruvchi va inson xatti-harakatini boshlab turuvchi
mexanizmi va atroflicha metod bilan tekshirilgan psixika to’grisidagi fandir
Eksperimental psixologiya turli xil psixik vaziyatlarni
eksperimental metodlar
yordamida tadqiq qilishni o’rganadi
.
Psixologiyaning eksperimental deb atalishiga
uning metodi sabab bo’lgan. Agar falsafa umuman olganda tabiat qonunlarini o’rgansa,
eksperimental psixologiya esa fan sohasida hayvon va insonning xususiyatlarini anglab
olishga yordam beradi.
Eksperimental psixologiya fani sohasidagi bilimlar,
ilmiy xulosalar nafaqat
eksperiment, balki kuzatish, so’roq va boshqa metodlar yordamida to’plangan
Psixologiya fanining falsafa ichidan ajralib chiqishiga ikkita asosiy omil sabab bo’lgan:
1.
Psixologiya ilmiy muammolarga boyib borishi va yaqin istiqbollarning
vujudga kelishi. 2.
Psixolog olimlarning
tadqiqot olib borishi uchun
yangi vositalar paydo bo’lishi.
Eksperimental psixologiyaning
maqsadi
psixologik eksperiment o’tkazishning malaka
va ko’nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat.
Eksperimental psixologiyaning