Nazorat savollari EHM avlodlari nechta va ularning bir-biridan farqi nimalardan iborat?
Kompyuterlar qaysi asosiy qurilmalardan tashkil topgan?
Shaxsiy EHM sinflari nechta va ularni ta’riflab bering.
Shaxsiy EHMlarning asosiy xossalari qaysilar?
Axborotlashtirilgan jamiyatda elektron hisoblash mashinalari va tizimlarining tutgan o’rni va ahamiyati.
Tizim vazifalari nimalardan iborat.
Tizim strukturasi nima.
Tashkil etish usuli va funksional tashkil etish nima.
Elektron hisoblash mashinalarining klassifikasiyasi.
Hisoblash texnikasi vositalarini tezligi bo’yicha qanday guruxlarga ajratiladi.
Elektron hisoblash mashinalarining umumiy tuzilishi tamoyillari.
Shaxsiy EHMlarning tuzilish tamoyillari.
Mavzuga doir test. 1. Birinchi hisoblash qurilmasini ko’rsating.
A) abak B) cho’t C) arifmometr D) kalkulyator
2. Abak necha yillik tarixga ega?
A) besh yuz yillik B) ming yillik
C) ikki ming yillik D) olti ming yillik
3. Logarifmik lineykadan nima maqsadda foydalanilgan?
A) to’g’ri burchakli uchburchak chizish uchun
B) egri chiziq grafigini chizish uchun
C) arifmetik amallarni bajarish uchun D) barcha javoblar to’g’ri
4. Logarifmik lineykalar qachon yaratilgan?
A) XIX asrda B) XVII asrda C) XI asrda D) ikki ming yil oldin
5. Birinchi ommaviy arifmometrni kim yaratgan?
A) Paskal B) Leybnis C) Bebbij D) Napoleon
6. Birinchi ommaviy arifmometr qayerda yaratilgan?
A) AQShda B) Angliyada C) Fransiyada D) Rossiyada
7. Kompyuterning mikroprosessoridagi tranzistorlarning bir sekundda o’z holatini o’zgartirishlarining soni nima deb ataladi?
A) kompyuterning takt chastotasi B) kompyuterning quvvati
C) kompyuterning sinfi D) kompyuterning takt uzunligi
8. Qaysi dasturlanadigan mexanik qurilma avval paydo bo’lgan?
A) mexanik soatlar B) musiqali sandiqchalar
C) to’quv stanoklari D) analitik mashina
9.Birinchi analitik mashina kim tomonidan o’ylab chiqilgan?
A) Paskal B) Leybnis C) Bebbij D) Napoleon
10. Kim birinchi dasturchi nomi bilan tarixda qolgan?
A) Paskal B) Ada Lavs C) fon Neyman D) Algol
11. Bebbijning analitik mashinasi necha qismdan iborat bo’lishi kerak edi?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
12.Bebbijning analitik mashinasi hisoblash natijalarini qayerga chiqarishi mo’ljallangan edi?
A) perfokartaga B) perfolentaga
C) chop etish qurilmasiga D) ekranga
13.Tarixdagi birinchi analitik mashina qayerda o’ylab topilgan?
A) AQShda B) Angliyada C) Fransiyada D) Rossiyada
14. Tarixdagi birinchi mexanik tabulyator qayerda ishlatilgan?
A) AQShda B) Angliyada C) Fransiyada D) Rossiyada
15. Elektron hisoblash mashinalari haqidagi qaysi tasdiqlar to’g’ri:
1) ular elektr quvvati bilan ishlaydi;
2) ular elektron asboblar asosida yasaladi?
A) 1 B) 2 C) 1 va 2 D) hech biri
16. Elektron hisoblash mashinalari qaysi sanoq sistemasi asosida ishlaydi?
A) ikkilik B) o’nlik C) o’n oltilik D) o’ttiz ikkilik