1. Quyidagi urg’u ma’no farqlaydigan so’zlarning ma’nolarini izohlang, gap tuzing.
Namuna: Bozordan suzma sotib oldim. Sen sovuq suvda suzma.
Suzma (ot)- suzma (fe’l)
Surma (ot)- surma(fe’l)
Atlas (mato)- atlas (xarita)
Olma (ot)- olma (fe’l)
Yangi (sifat)- yangi (ravish)
Yigitcha (ot)- yigitcha (ravish)
Qishloqcha (ot)- qishloqcha (ravish)
Qizgina (ot)- qizgina (yuklama)
Bosma (ot)- bosma (fe’l)
Ishlar (ot)- ishlar (fe’l)
Bog’lar (ot)- bog’lar (fe’l)
Qo’llar (ot)- qo’llar (fe’l)
2. Keltirilgan so’zlarning talaffuziga e’tibor bering. Urg’uning o’zgarishi bilan ma’noda farqlanadigan so’zlarni ajratib yozing va shular asosida gaplar tuzing.
Tortma, akademik, o’quvchimiz, tok, etik, ko’zlar, chang, tort, ishchi, bolada, qo’lla, xiyla, belcha, beshala, bog’lar, ishlar, botir, burun, o’ylar, qizcha, bolagina, qizgina, texnik, olma, gulsiz, atlas, kesma, tugma, matematik…
3. Quyidagi so’zlarning urg’usini qo’yib ko’chirib yozing. So’ng ularning talaffuziga e’tibor bering.
Qachondir, zakovat, yozamiz, do’stlarcha, yuzta, fidokor, hammamiz, hech qanday, har bir, o’qish, o’qishing, o’qishimiz, o’qishimizda.
4.Gaplarni bir-biriga solishtiring. So’z ma’nolarining urg’uga ko’ra farqlanayotganiga diqqat qiling.
1. Chin inson birovga yaxshilik ko’zlar. Ko’zlar inson qalbining oynasidir.2. Bog’lar yil sayin ko’payib bormoqda. Balki, endi arqonni mahkamroq bog’lar. 3. O’zbek qizlariga atlas ko’ylak juda yarashadi. Geografiya o’qituvchimiz darsga atlas olib kirdi.
5. Quyidagi so’zlar urg’usini qo’ying.
Pillakor, tantana, mamlakatimiz, daryolarga, sog’lomlashtirish, ajdodlar, temuriylar, musobaqa, ko’kalamzorlashtirish.
6. Urg’usi oxirgi bo’g’inga tushmagan so’zlarni ko’chirib yozing.
Qizaloq, lekin, binokor, hamma, yoqimli, keldi, ruchka, gazeta, piyola, olma, temirchi, respublika.
7.Quyida keltirilgan gaplardagi tagiga chizilgan so’zlarning urg’usini qo’yib ko’chiring.
1. Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi.
2. Texnik ishlar shuncha ko’payib ketdiki, bosh qashishga vaqt yo’q.
3. Masal, asosan, epik asar turlaridan bo’lib, unda kishilar xarakteriga xos xususiyatlar hayvonlar va o’simliklarga ko’chiriladi.
4. Ey hurmatli, arzimni bir tinglasalar,
Mening hech bir gunohim yo’q.
Menga g’azab qilmasalar.
5. Olma eksa bog’iga har kim,
Mehmoniga ol, ye, demasmi?
“Olma” mening mehmondo’st xalqim
Odatiga yot so’z emasmi?
6. Qani, ayt, maqsading nimadir sening,
Nega tilkalaysan bag’rimni, ohang,
Nechun kerak bo’ldi senga ko’z yoshim,
Dostları ilə paylaş: |