Tub va yasama so’zlar
Tarkibi asos va yasovchi qo’shimchalarga bo’linmaydigan so’zlarga tub so’zlar deyiladi. Masalan, olma, temir, quyosh kabi. Asosga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi orqali hosil qilingan yangi asos sodda yasama so’zlar deyiladi. Masalan, toshloq, temirchi, bilimsizlik, sertashvish.
Mashq.1. So’zlarni tub va yasama so’zlarga ajratib, jadvalga joylashtiring.
Ixtirochi, kuldon, suhbatlashmoq, ixtiro, tinim, qisqich, to’g’ri, gul, ixtirochilik, tinmoq, qisilmoq, tindirmoq, noto’g’ri, to’g’rilanmoq, tinimsiz, guldor, gulchilik.
Tub so’zlar
|
Yasama so’zlar
|
|
|
2.Gaplardan yasama so’zlarni ajratib ko’chiring.
Umr bag’oyat qisqa va u mohiyat-e’tibori bilan zo’r saodatdir. Eng qiyini o’zingni anglay bilishingdir. Bilim yodlash bilan emas, fikrlash bilan orttirilgandagina haqiqiy bilimdir. Jami narsaga o’zingni mashaqqatli tajribang orqali yetishmog’ing lozim. Odam nima yegani bilan emas, nimani hazm etsa, o’sha bilan yashaydi. Aksari bilag’onlar aqlsizdir. G’irt nodonlik bu hali u qadar illat emas, sayoz o’zlashtirilgan bilimlarni jamlash undan battarroqdir. Aqlli kishilar- bebaho qomus. Oqilona ish tutish uchun birgina aqlning o’zi kamlik qiladi. Sergaplik istagi jo’n aql alomatlaridan biridir.
Quyida o’zbek tilida qo’llanadigan shakl yasovchi qo’shimchalarni keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: |