Topshiriq. 1. Quyidagi gaplarni namunadagidek tahlil qiling. U+lar ili+q kun+lar+da bir+pas ish+la+sh+ar harorat past+ay+i+shi bilan o’z ish+lari+ni bajar+ish+ga qaror qil+ish+ardi
Ili+q, Ish+la, past+ay - affiksatsiya usuli bilan yasalgan yasama so’z
Birpas, qaror qilishardi - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama so’z . Jami yuqoridagi gapda 5ta yasama so’z mavjud.
1. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo aboddir.
2. Salimjon qo’ylarni birma-bir erinmay sanadi.
3. Boboxon goh o’chirg’ichga, goh bug’doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq bolasiga qarab hang-mang bolib qolgan edi.
4. Bir bola ulg’aygach, otasi unga ishlab pul topib kelishni buyurdi.
5. Shirinsuxan , oqko’ngil insonlar bilan hayot go’zal.
6. Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz do’stini.
2. Yasama so’zlarni aniqlang. 1. Oramizda kasbdoshining yutug’i, obro’sini ko’rolmaydigan, tirnoq ostidan kir izlaydiganlar, oldingizda yasama kulib quvnoq so’zlashib, aslida poyingizni qirqishni o’ylaydiganlar ham bor.
2. Ekinlar sovuqdan qovjirab qolgan edi.
3. Ona sertilakdir, ona serduo.
4. Ular o’zlarining eng nodir asarlarida do’stlikni, vatanparvarlikni, mehr-muhabbatni ulug’laganlar.
5. Adabiyot o’qituvchisi jurnalni stol ustiga qo’ydi-da, dumaloq ko’zoynagini burni uchiga qo’ndirib sinfga razm soldi.
6. Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
7. Siz tuzgan ul tuzuklarni o’qib kun-tun,
Tiklanarmiz, yechimlarni topgay tugun.
8. Sababsiz kulgi yomon tarbiya natijasidir.
9. Salim aka bu yerlarni hosildor yerga aylantirish istagidami?
10. Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi.
11. Mahmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko’zlari katta ochildi.
12. Ushbu to’plamda tinchlik haqida she’rlar bor.
13. Sanab sanog’iga yetolmadi.
14. Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bo’lganday keskin gapirdi.
15. Barmog’ida sarg’ish, ko’kimtir bo’yoq izlari bor edi.
16. Uning chaqnoq ko’zlari, siyrak qoshi, o’ychan turishi katta bardoshi, sadoqatini aks ettirib turadi.
17. Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmasa, uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi.
18. Vatan tuyg’usi - bu ozod xalqning munosib farzandi mustaqil mamlakatning fidoyi fuqarosi bo’lmoqqa intilish tuyg’usidir.
19. Rostgo’ylik adabning ustuni, insoniylikning asosidir, sergaplik esa ayovsiz dushmandir.
20. Bilimdon va madaniyatli odam bilan, johil, nodon, savodsiz o’rtasida katta farq bor. Bu dunyoning go’zalligi, boyligi, betakror saxovati, ilm-hunar, san’at tufaylidir.
21. Men uning bu uyda yolg’izlikda qiynalib yashaganligini angladim.
22. Otin bibi qari, jiddiy , sersavlat xotin.
23. Uning jussasi kichkina bo’lsa ham, ko’zlari chaqnoq, qarashlari o’tkir, istarasi issiq, ovozi esa jarangdor edi.
24. Ayniqsa, Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki beradi.
25. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish uchun xalq mafkuraviy jihatdan qurollangan bo’lishi kerak.
26. Dunyoviy bilimga ega odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlarni tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir.
27. Iste’dodli , bilimdon yoshlar o’qish uchun chet ellarga yuborilmoqda.
28. Oqqirov kaslligi g’o’za barglarida uy quradi, tuproqda o’simlik chirindilari orasida qishlaydi.
29. Odobli va adolatli inson qo’lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do’stlikni mustahkamlaydi.