1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Berilgan zid ma’noli so’zlarning qanday turkumga mansub ekanligini aniqlang



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə91/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

3.Berilgan zid ma’noli so’zlarning qanday turkumga mansub ekanligini aniqlang.
Mehnatsevar -dangasa, kelmoq-ketmoq, yolg’onchi- rostgo’y, ost-ust, toza-iflos, qisqa-uzun, urush-tinchlik, kulmoq- yig’lamoq, kecha-kunduz, yo’g’on-ingichka, katta-kichik, avval-keyin, ozg’in-semiz, ilgari- hozir, baland-past, tonggi-tungi, toza-kir.
Paronimiya hodisasi (talaffuzdosh so’zlar) haqida
So‘zlar orfoepik va orfografik jihatlardan bir-biriga yaqinlashib, shakliy jihatdan o‘xshab qolishi mumkin.
Aytilishi va yozilishiga ko‘ra birbiriga yaqinlashib qolgan so‘zlarga paronimlar deyiladi: oxur-axir-oxir, yoriq-yoruq, borlik-borliq kabi. O‘zbek tilidagi paronimlar deyarli yasama so’zlarda uchraydi. Paronimiya hodisasining paydo bo‘lishida nutqiy jarayonlar, xususan, intonatsiya, urg’u, bo‘g’in muhim rol o‘ynaydi. Paronimlik bir va bir necha so’z turkumida uchrashi mumkin.Paronimiya hodisasi badiiy adabiyotda so‘z o‘yinlari, qochirimlar yasashda keng ishlatiladi. Masalan: kurort so‘zining ko‘r ot, uzum so‘zining o‘zim, jinoyat so‘zining jin oyat tarzida qo‘llanilishi bunga misol bo‘la oladi. Umuman olganda, tilda paronimlarning ham o‘z o‘rni bor.
Mashq. 1. Quyida berilgan paronim so’zlarning ma’nosini bilib oling, ularning talaffuziga e’tibor bering.
1. Abzal- ot-ulovni egarlash yoki aravaga qo’shish uchun zarur asboblarning jami.
Afzal-yaxshi, a’lo, ortiq so’zlarining ma’nodoshi.
2. Daho -kuchli zehn va iste’dod. Daha - shaharning ma’muriy bo’linishi.
3. Amr - buyruq, farmon. Amir - o’tmishdagi davlat rahbari.
2. Nuqtalar o’rniga qavs ichidagi paronimlarning mos keladiganini qo’yib ko’chiring, kerakli o’rinlarga qo’shimchalar qo’shing.
1. Boburning Kobul … topilgan emas. Mashina … tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi.(devon-dovon)
2. Mirzakarimboyni Toshkentning to’rt … biladi. O’zbek xalqi ichidan o’nlab … yetishib chiqqan (daha-daho).
3. Ot … shayladi, o’q-anjomin boyladi. Sizning har bir so’zingiz biz uchun tilladan … (abzal-afzal).

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin