1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/37
tarix02.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#137630
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Методика Лекция узб латын


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Tasdiqlayman


_________________
Sirtqi ta’lim bo’lim boshlig’i
M.Nasirov
2023- yil « »_________


G umanitar va ijtimoiy fanlarni masafodan o’qitish kafedrasi
METODIKA FANLARNI O’QITISH TEXNOLOGIYASI”
FANIDAN O‘QUV USLUBIY MAJMUA
(bakalavr ta’lim yo‘nalishi 3-kurs uchun)



Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo`nalishi:

100000 –
110000 –
60110200 –

Gumanitar
Pеdagogika
Maktabgacha ta’lim

Nukus – 2023-2024


O’quv metodik majmua
MAZMUNI



Tarkibi

Bet

1.

O’quv materiallar




1.1

Lekciya materiallar




1.2

Seminar mashg’ulotlari uchun materiallar




1.3

Amaliy mashg’ulotlar uchun materiallar




2.

Mustaqil-ishlar




3.

Glossary




4.

Ilovalar




4.1

Namunaviy fan dastur




4.2

Ishchi fan dastur




4.3

Tarqatma materiallar




4.4

Testlar




4.5

Baholash mezonlari




4.6.

Qo’shimcha materiallar






1-Mavzu: Maktabgacha ta`lim fanlarini o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha ta`lim turkum fanlarini o`qitish qonuniyatlari va tamoyillari
Reja:
1. Maktabgacha ta`lim fanlarini o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida.
2. Maktabgacha ta`lim turkum fanlarini o`qitish qonuniyatlari.
3. Maktabgacha ta`lim turkum fanlarini o`qitish tamoyillari.


Tayanch iboralar: Ta`lim, yaxlit tizim, maktabgacha ta`lim, o`qitish qonuniyatlarining o`ziga xosliklari, tamoyillari, ta`limning tarbiyaviy xususiyati, ilmilik, tizimlilik, ko`rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik va faollik- ta`limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi); ta`limning tushunarliligi; guruhli va individual ta`lim birligi; ta`limning o`quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik hamkorlik, tamoyillari.


1.1. Maktabgacha pedagogika fanlarini o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo`lib, paida-«bola» va gogike- «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta`lim berishning mohiyati va muammolarini o`rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash, unga ta`lim berish muammolarini o`rganadi.
Maktabgacha pedagogika-maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma`naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o`rganadi. Shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish va ularda ahlokiy fazilatlarni shakllantirish va ularni maktab ta`limiga tayyorlash muammolarini o`rganadi.
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati-uniga ta`lim berish va uni tarbiyalashga asosiy e`tiborni qaratadi.
Maktabgacha pedagogika-tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o`rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo`nalishlarda tashkil etiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin