1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə7/37
tarix02.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#137630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
M. Kodjaspirov bo`yicha:
Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta`lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog`liqligi.
Inson tabiati bilan bog`langanlik qonuniyati:
-shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli;
- ta`lim va tarbiyaning ta`lim oluvchilarning yosh va individual o`ziga xosliklariga bog`liqligi.
Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati:
- tarbiya, o`qitish, ma`lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o`zaro bog`liqligi;
- o`quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o`zaro aloqasi.
M.Kodjaspirovning mazkur tasnifi Yu.K.Babanskiyning tasnfiga juda yaqin. Yagona pedagogik jarayonning qonuniyatlari, aynan akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan sodda va tushunarli ochib berilgan:
Ta`lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog`liq holda amalga oshadi.
Tarbiya, o`qitish, ma`lumot va rivojlanishning o`zaro bog`liqligi qonuniyati.
Tarbiya va o`zini-o`zi tarbiyalashning birligi qonuniyati.
Ta`lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli qonuniyati.
Pedagogik jarayonda ta`lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o`zaro aloqadorlik qonuniyati.
Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o`zaro aloqadorlik qonuniyati.
Yagona pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli qarashlar mavjud. Hatto ba`zi pedagoglar ularni qonuniyat sifatida e`tirof etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, qonuniyatlar ob`ektiv, eng muhim, barqaror, o`zgarishda, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Pedagogik jarayon qonuniyat-laridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar (printsiplar) deb ataymiz.
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining ham hozirgacha turli tasniflari adabiyotlarda o`z aksini topgan. Agar ularni sinchiklab o`rganib chiqilsa, tasniflarning bir-biriga yaqinligini ko`rish mumkin. Shu sababli biz quyida ko`pchilik tomonidan tushunarli deb topilgan ikkita (Yu.K.Babanskiy, B.T.Lixachev) tasnifini berishni ma`qul deb topdik.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin