1-mavzu: nomanfiy butun sonlar ustida arifmеtik amallarni o‘rgatish mеtodikasining umumiy masalalari. Reja


-MAVZU:O`NLIK MAVZUSIDA ARIFMЕTIK AMALLARNI O`RGATISH METODIKASI



Yüklə 209,27 Kb.
səhifə3/9
tarix01.01.2022
ölçüsü209,27 Kb.
#106754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy

2-MAVZU:O`NLIK MAVZUSIDA ARIFMЕTIK AMALLARNI O`RGATISH METODIKASI.SONNI UNING XONA QO‘SHILUVCHILARINING YIG‘INDISI KO‘RINISHIDA IFODALASH.

Reja:

1.O`nlik mavzusida qo`shish va ayirishni o`rgatish metodikasini umumiy masalalari.

2. 1-sinfda o`nlik ichida qo`shish va ayirishni o`rgatishning bosqichlarini darslik asosida tahlili.

3.Mavzuni o`rgatishga doir misollarni bajarishni ko`rsatish.Xona qo`shiluvchilari ko`rinishda ifodalashga oid misollar keltirish.

O`nlik mavzusida hisoblash(qo`shish va ayirish)ni o`rgatish bevosita shu konsentrda nomerlashni o`rgatish bilan birga olib boriladi. Mavzuni o`rgatish ko`rgazmalilik va amaliy masalalarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Chunki bu mavzular 1-sinfda savodxonlik davrida o`rgatiladi. Shuning uchun o`quvchilarga ko`rgazmalar yoki hayotiy voqialar(o`zlari ko`rgan) asosida mazmuni ochib beriladi va tasavvur uyg`otiladi.

Bu mavzu ustida ishlashda quyidagi asosiy maqsadlar amalga oshiriladi:

1. O`quvchilarni qo`shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtiriladi.

2. Hisoblash usullaridan o`quvchilarning ongli foydalanishlarini ta'minlash:

a) “sonni qismlari bo`yicha” qo`shish va ayirish usuli.

b) “o`rin almashtirish” xossasidan foydalanib qo`shish usuli.

v) sonlarni ayirishda (8-5), qo`shishning tegishli holini (8=5+3) bilishdan yoki yig`indi va qo`shiluvchilardan biri bo`yicha ikkinchi qo`shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig`indi va qo`shiluvchilar orasidagi bog`lanishlarni bilganlikka asoslangan ayirish usuli.

3.10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini avtomatizmga yetkazish.

Amaliy topshiriqlar:

1.10 ichidagi sonlarga nol (0) sonini qo`shishni va ayirishni o`rgatish metodikasini ko`rsatib bering.

2+0=, 5+0, 8+0=, 0+4=, 0+7=, 8-0=, 6-0=, 3-0=, 7-0=.



2.10 ichidagi sonlarga 1,2,3,4 ni qo`shish va ayirishni o`rgatish metodikasiga doir mashqlarni bajarib ko`rsatish.M: 1+1, 2+1, 3+1, 4+1, ... 9+1. 10-1, 9-1, 8-1, 7-1,....1-1.


Yüklə 209,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin