Korxona dirеktori: (imzo) B. S. Karimov.
Bosh hisobchi: (imzo) X. A. Samiyеv.
Agar xatga biror-bir hujjat ilova qilinayotgan bo‘lsa, xatning quyi qismi chap tomoni hoshiyasiga "Ilova" so‘zi qo‘yiladi, so‘ng tartib raqami bilan ilova qilinayotgan hujjatlar nomi, nusxasi va bеti ko‘rsatilgan holda bеriladi. Har bir ilova qilinayotgan hujjat nomi alohida qatorda joylashadi.
Shaxsiy xat bir kishining ikkinchi bir kishiga yuborgan yozishmasi bo‘lib, unda muallif suhbatdoshi bilan g’oyibona muloqotga kirishadi. Ularda badiiy, so‘zlashuv, publitsistik yoki muallif tanlagan uslubdan foydalanishi mumkin. Shuningdek, ularda o‘ta shaxsiy masala, ichki kechinma, oilaviy muammolar, kundalik turmush, ijtimoiy hayot yorqin aks ettiriladi.
Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko‘ra ikki xil bo‘ldi:
1. Shaxsiy- xususiy xatlar(maktub, noma)
Bunday xatlar o‘ta shaxsiy mazmunga ega bo‘ladi va uning mavzusi bir kishiga taalluqli bo‘ldi. Bunday xatlarni begonalar o‘qishi, uning mazmunini bilishi shart emas. Agar uning mazmunidan muallifning ruxsatisiz o‘zgalar boqif bo’lsa, bu madaniyatsizlik hisoblanadi. Bunday xatlar turiga harbiy xizmatdagi yigitlarning onasi, otasi, do‘sti yoki boshqa yaqinlariga jo‘natgan xatlarini kiritish mumkin. Ularda adabiy til me’yorlariga hamma vaqt ham amal qilinmaydi. Ko‘proq ichki kechunmalar, salomnomalar, minnatdorchilik so‘zlari bayon qilinadi. Matn izchillikka ega bo‘lmaydi, hamma xohlagan usulda yozadi. Hazil-mutoiyba, qochiriq, gina, afsus, taklif, e’tiroz kabi mazmunda bo‘lib, oddiy so‘zlashuvdagi ifodalardan ko‘proq foydalaniladi. Ular orasida badiiy asar darajasiga ko‘tarilgan nomalar ham bor. Mazkur maktublarning namunaviy nusxalarini Xorazmiy “Muhabbatnoma” asarida bitib ketgan.
2. Shaxsiy-ijtimoiy xatlar.
Bunday xatlar ham garchi bir kishiga qarab yozilgan bo‘lsa-da, undagi mazmun barchaga tegishli, ya’ni ijtimoiylik kasb etadi. Shuning uchun ular ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qlinadi. Bunday xatlarni ochiq xatlar deb atashadi. Ularda adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinadi. Publitsistik yoki badiiy uslubda yoziladi. Suhbatdoshga hurmat, yuksak madaniyat darajasida turib murojaat qilinadi. Fikr bildirish erkin, mulohaza xolis bo‘lishi kerak.
2004 yil may oyida adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulovga ijtimoiy mazmundagi xat yozgan.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, xatda muallifning fikr-mulohazalari, ichki kechinmalari, dunyoqarashi, maqsadi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun xat, noma kishilik jamiyatida asosiy o‘rinlardan biriga ega. Xat yozish malakasi va uning turlari haqida tushunchaga ega bo‘lmasdan turib, nutq madaniyatiga erishib bo‘lmaydi.
Hozirgi ma’muriy-boshqaruv faoliyatida ko‘plab xat turlaridan foydalaniladi. Ular bir-birlaridan o‘z xarakteri, mazmuni, qo‘llanish doirasi bilan farq qiladi. Eng avvalo, ular tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) ichki xatlar, 2) tashqi xatlar.
Xizmat yozishmalari tashkilotning faoliyati davomida boshqa fuqaro va tashkilotlar bilan aloqasini yo‘lga qoyish uchun ishlatiladigan xatlardir. Xizmat xatlari o‘z xususyati va mazmuniga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Aloqa xati, kafolat xati, og’ohlantish xati, ilova xati, tushuntirish xati, da’vo xati, eslatish xati, so‘rov xati,tabrik xati, taklif xati, ultimatum, bayonot kabi xatlar shular jumlasidandir.
Rasmiy xatlar korxona, tashkilot zimmasidagi vazifalarni amalga oshirishda muhim o‘ringa ega bo‘lib uni tayyorlash bir muncha qiyinchiliklarga ega. Bu murakkabliklar avvalo barcha rasmiy xatlarning rasmiy til uslubida bo‘lishi bilan bog’liq.
Rasmiy xatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish eng avvalo davlat tilining barcha me’yoriy qonun-qoidalarini bilishlikni talab qiladi. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman olganda esa, faoliyati ish qog’ozlari bilan bog’liq har bir xodim o‘zbek tilining imlo qoidalarini, tinish belgilarini, uslubiy talablarini bilishi zarur. Busiz aniq, lo‘nda va mantiqli hujjat tayyorlab bo‘lmaydi. Qisqasi, xatlarni o‘zbek tilining o‘z imkoniyatidan kelib chiqib tashkillash kerak.
Rasmiy xat tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto, fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, fe’lning harakat nomi shaklidan keng foydalaniladi. Masalan: “…bayramga tayyorgarlikning borishi haqida …”, “qarorning bajarilishi”, “…maqsadida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.”, “…darsliklar bilan ta’minlash maqsadida…”, “…yuborish uchun…” va hakazo.
Fe’l shakllarining qo‘llanishida ham bir muncha o‘ziga xosliklar bor. Chunonchi, majhullik nisbatidagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgah zamon va hozirgi –kelasi zamondagi so‘zlarning ishlatilishi ko‘proq uchraydi: topshirilsin, qo‘llanilsin, amalga oshorilsin, tayinlansin, tasdiqlansin, bo‘shatilsin, qaror qilindi, tayinlandi, eshitildi, ta’kidlandi, ko‘rsatib o‘tildi, ogohlantirildi kabi.
Xatlarda gap qurilishi odatda tayyor qoliplardan keng foydalaniladi. Masalan, “Sizga …ni ma’lum qilamiz”, “… haqiqatdan ham yashaydi”, “bajarish maqsadida”, “…ga asosan buyuraman”, “…ga kafolat beramiz”, “…ni ko‘rib chiqib amaliy yordam berishingiz topshiriladi” kabi.
Bu kabi tayyor sintaktik qoliplardan foydalanish xatlarni tayyorlash jarayonini va ularning mazmunini tegishli shaxs idrokiga tezroq singishini ta’minlaydi. Xatlarning axborot sig’imini kuchaytirish maqsadida, fikrni teran, aniq, lo‘nda bo‘lishi muhimdir. Shuning uchun xat tilining ortiqcha so‘z va iboralardan tozalash, turli qaytariqlardan holi bo‘lishi maqsadga mos keladi. Hatto ba’zi umum ma’noga ega bo‘lgan shartli qisqartmalardan foydalanish mumkin. Masalan: professor – prof., kilometr –km, sh.k. –shu kabi, va h-- va hakazo, vazifasini bajaruvchi – v.b. ba boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |